+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Odam savdosimi yoki..? O‘nlab yillardan buyon barham topmayotgan muammo bo‘yicha mulohaza

OAV sahifalarida “falon qizlarni xorijga sotib yuborayotgan shaxs qo‘lga tushibdi” degan sarlavhali xabarlarni uchratib qolamiz. Lekin hammasini bila turib yo‘lga chiqayotgan ayollar kammi? Turkiya bilan munosabatlar yo‘lga qo‘yilganiga 35 yil bo‘ldi, ayol-qizlar eksporti yo‘lga qo‘yilganiga esa 30 yildan oshdi. Bu ulkan sanoatga aylandi. BAA, Janubiy Koreyaga qizlar sotilishi yo‘lga qo‘yilganiga 25 yil bo‘ldi, deyiladi. Bu yo‘nalishiga 30 yildan oshgan. Afsuski eʼtiqodga ham, qarashlarga ham, erkak bilan o‘rtadagi yosh farqiga ham qaralmayapti. Asosiy talab – pulni oldindan olish!
Jamiyat
27 11:28 | 25.08.2026 11:28

Ishsizlik va boshqa muammolar ortidan kelib chiqayotgan mazkur illat jamiyatdan butunlay supirib tashlanganicha yo‘q. Albatta, besh qo‘l barobar emas, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi degan gaplar ham bor. Millionlab o‘zbeklar chet elda halol mehnat qilib, tirikchilik qilmoqda. Biroq o‘zbekistonliklar ham globallashuv taʼsirida odam savdosi, firibgarlik va boshqa muammolarga aralashib qolishmoqda.



Odam savdosi va unga qarshi kurash degan jumlalarni chorak asrdan buyon eshitib kelamiz. Bu narsa ayniqsa, 2000-yillarning boshidan buyon bot-bot quloqqa chalina boshladi. Keyinchalik uning oldini olishga qaratilgan ishlar ham kuchaydi – targ‘ibot tadbirlari, qarorlar, plakatlar, tushuntirish ishlari va hokazo. Ammo muammo to‘liq echilmay qolaverdi. To‘g‘ri, odam savdosidan jabr ko‘rganlar huquqi bir qadar taʼminlandi, huquq-tartibot idoralari ham hushyorlikni oshirdi. Ammo davlat harakat qilgani bilan ayrim fuqarolar mazkur masalaga engil qaragani, baʼzilarning esa firibgarlarning tegirmoniga suv qo‘ygani masalaning ochiq qolishiga sabab bo‘lmoqda.



Masalan, Turkiyaga yoki BAA, bundan tashqari Janubiy Koreyaga borib, u erda nomaqbul ishlar bilan shug‘ullanayotgan, yoki mahalliy fuqaroga turmushga chiqib, og‘ir ahvolga tushib qolayotgan ayollarimiz bor. Afsuski, ularning ham ko‘pchiligi boylik umidida shunday ahvolga tushmoqda. Xorijga borib “Meni aldashdi, sotib yuborishdi” deya ko‘zyosh qilayotgan qizlarning ko‘pchiligi nima maqsadda borayotganini yaxshi bilishadi.



Turkiya bilan munosabatlar yo‘lga qo‘yilganiga 35 yil bo‘ldi, ayol-qizlar eksporti yo‘lga qo‘yilganiga esa 30 yildan oshdi. Bu ulkan sanoatga aylandi. Ammo 10-15 yildan beri o‘rtakashlarning hojati qolmadi – yosh qizlarning o‘zlari yo‘llarini topib borishyapti. BAA, Janubiy Koreyaga qizlar sotilishi yo‘lga qo‘yilganiga 25 yil bo‘ldi, deyiladi. Bu yo‘nalishiga 30 yildan oshgan. Afsuski eʼtiqodga ham, qarashlarga ham, erkak bilan o‘rtadagi yosh farqiga ham qaralmayapti. Asosiy talab – pulni oldindan olish! Baʼzi o‘zbek ayollari shu qadar ustomonki, minglab Koreya yigitlarini chuv tushirib ketishgan.


30 yildan beri industriyaga aylangan juvonlar eksporti nega yo‘qolib ketmayapti? Bilʼaks, gurkirab rivojlanmoqda. Chunki ayrimlarda bir amallab viza olish, jaraqlatib pulni ishlash maqsadi bo‘lgan xolos.



Diqqat: albatta, hamma ayollar ham yomon emas. Halol mehnati bilan pul topayotganlar juda ko‘pchilik. Lekin “yomonning ozi” ham ko‘p!



Odam savdosi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyodagi asosiy muammolardan biri sanaladi. Maʼlumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ayni paytda taxminan 25 milliondan ortiq inson majburiy mehnat yoki boshqa turdagi ekspluatatsiya (zamonaviy qullik) qurboni sifatida saqlanmoqda.



Jins va yosh bo‘yicha taqsimotga qaraydigan bo‘lsak, aniqlangan odam savdosi qurbonlarining qariyb 70–75 foizini ayollar va qizlar tashkil etadi. Ularning katta qismi jinsiy ekspluatatsiya yoki majburiy nikohlar tuzog‘iga tushadi. Qurbonlarning uchdan bir qismi esa voyaga etmagan bolalardir. Eng yomon tomoni, odam savdosi juda daromadli “kasb” bo‘lib, u bilan shug‘ullanuvchilar yiliga o‘rtacha 150 milliard dollarga yaqin daromad oladi. Ushbu insoniyat fojiasiga barham berish butun dunyo muammosiga aylangan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va huquqiy nizolarni hal qiluvchi ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi.



Barcha aniqlangan holatlarning taxminan 38 foizi majburiy mehnatga, 50 foiziga yaqini esa jinsiy ekspluatatsiyaga to‘g‘ri keladi. Qolgan qismi majburiy nikohlar, tilanchilikka majburlash va organlarni olib tashlash bilan bog‘liq (Xitoy va Janubiy Koreya fuqarolariga turmushga chiqib, og‘ir ahvolga tushgan va hatto videolari ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan ayrim o‘zbekistonlik qizlarni eslang).



Odam savdosi dunyoning barcha qitʼalarida mavjud, biroq ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, qashshoqlik, mojarolar va migratsiya oqimlari tufayli ayrim mintaqalar bu jinoyat uchun asosiy “o‘choqlar” hisoblanadi: Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bu muammo bo‘yicha etakchilardan biri sanaladi. Demografik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, bu mintaqa odam savdosi qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda etakchilik qiladi. Ayniqsa, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida (Myanma, Laos, Kamboja, Tailand) so‘nggi yillarda soxta IT-kompaniyalar va onlayn firibgarlik lagerlariga odamlarni aldab olib borib, majburiy tarzda ishlatish holatlari keskin ko‘paygan. OAVda eʼlon qilingan raqamlarga ko‘ra, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan nikoh yoki jinsiy ekspluatatsiyaga bitta qurbon uchun Janubi-Sharqiy Osiyoda 600-3000 AQSh dollari, Sharqiy Osiyo va Tinch okeanida 10 000-15 000 AQSh dollari to‘lanadi.



Yaqin Sharqda ham bu masala ancha dolzarb sanaladi. Ayniqsa Fors ko‘rfazi davlatlari (BAA, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Qatar va boshqalar) xorijdan keladigan uy xizmatchilari (enagalar, farroshlar) va qurilish ishchilari ko‘p bo‘lgan mintaqa hisoblanadi. Bu erda baʼzi ish beruvchilar tomonidan xodimlarning huquqlarini cheklash, maoshini bermaslik kabi majburiy mehnat alomatlari ko‘p kuzatiladi. Markaziy va Sharqiy Evropadan g‘arbga yo‘nalish: iqtisodiy qiyinchiliklar va ishsizlik yuqori bo‘lgan ayrim hududlardan chiqib ketgan ayollar Evropaning boy mamlakatlariga jinsiy yoki mehnat ekspluatatsiyasi maqsadida tranzit qilinadi. Evropa Ittifoqi hududida ham aniqlangan qurbonlarning salmoqli qismini ayollar tashkil qiladi.



Lotin Amerikasida jinoiy sindikatlar va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘dalar odam savdosi (ko‘pincha majburiy jinsiy ekspluatatsiya va kriminal faoliyatga jalb qilish) bilan shug‘ullanadi. Qo‘shma Shtatlar va Kanada esa dunyo bo‘ylab ko‘plab odam savdosi qurbonlari olib kelinadigan asosiy manzillardan biridir. Aytilishicha, AQShda har yili 200 mingga yaqin odam savdosi bilan jinoyat sodir bo‘ladi.



Afrikaning g‘arbiy mintaqalaridagi qurolli mojarolar, beqarorlik va tabiiy ofatlar sabab ayollar va qizlar nafaqat majburiy mehnat, balki qurolli guruhlar tomonidan nikohlarga majburlash yoki odam savdosi qurboniga aylanish xavfiga har kuni duch keladi.



Afsuski, nazoratning kuchayishi, ajratilayotgan mablag‘lar va targ‘ibotga qaramay odam savdosi (uning asosiy qurbonlari ayollar ekanini taʼkidlab o‘tdik) kamaymayapti. Aksincha, yaqin yillarda uning oshishi kuzatilgan. BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) tomonidan tayyorlangan 2024 yilgi Odam savdosi bo‘yicha global hisobotga ko‘ra, jinoyatchilar ko‘pincha zaif vaziyatlardagi odamlarni nishonga olishadi. Global odam savdosi 2019 va 2022 yillar oralig‘ida 25 foizga oshdi. Eng sezilarli o‘sish Sahroi Kabirdan janubiy Afrika, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Evropada qayd etildi.



Shu o‘rinda maqola boshidagi fikrlarga qaytamiz. O‘zbekiston uchun ham muammo dolzarbligicha qolmoqda. Mamlakatda shukurki, urush ham tabiiy ofat yoki boshqa falokat ham bo‘layotgani yo‘q. 38-39 million kishi rizqini terib yuribdi. Aytib o‘tmasak bo‘lmaydi: odam savdosi jinoyatchilariga ayrim qiz-ayollarimiz bilib turib ergashmoqda. Oson mo‘may daromad topish, chet ellarda rohat-farog‘atda yashash asosiy motiv bo‘lib qolmoqda. Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz: hozirgi globalizatsiya zamonida deyarli hech kim shunchaki yaxshilik qilmaydi.



Hurmatli xotin-qizlar, sizning qo‘yningizni puch yong‘oqqa to‘ldirib, katta-katta vaʼda berishni boshladimi, unday odamlardan uzoqlashing. Etarlicha til va malaka ko‘nikmalaringiz bo‘lmasa, muhojirlikni tanlamaganingiz maʼqul. Kelishgan shahzodaga turmushga chiqib boyib ketish ko‘pincha faqat kinolarda uchraydi, xolos.



Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7520 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat