Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 979.998.06

  • EUR

    13 392.75-2.06

  • RUB

    135.341.48

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 12-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • Chorshanba, 12

    +2 +20

  • Payshanba, 13

    +4 +20

  • Juma, 14

    +4 +20

  • Shanba, 15

    +4 +20

  • Yakshanba, 16

    +4 +20

  • Dushanba, 17

    +6 +20

  • Seshanba, 18

    +7 +20

  • Chorshanba, 19

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Og'ir yurish” yohud Shimoliy Koreyadagi o'ttiz yil avvalgi ochlik

Shimoliy Koreya doimo tashqi dunyoni qiziqtirib kelgan o'ziga xos yopiq davlat bo'lgan. Boshqa davlatlarning go'zal manzillari yo betakror tabiati gapirilsa, KXDR o'ziga xos qattiq qonunlari, raketa sinovlari, ismi va jismi jahon matbuotida tez-tez ko'rinib turadigan rahbari bilan mashhur.
Iqtisod
773 10:24 | 11.02.2024 10:24


Afsuski, Shimoliy Koreya jahonda eng past turmush darajasiga ega davlatlardan sanaladi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot ming AQSh dollariga ham yetmaydi. Buning ustiga mamlakatda tez-tez oziq-ovqat yetishmovchiligi va katta-kichik ocharchiliklar yuz berib turadi. Shunday ocharchiliklardan eng dahshatlisi bor-yo'g'i o'ttiz yil avval sodir bo'lgandi.



“Og'ir yurish”


1994-1999 yillarda Shimoliy Koreyada o'ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yuzaga keldi. Buning o'ziga xos sabablari bor edi. Ulardan eng asosiysi SSSRning qulashi bilan bog'liq bo'lgan. Сhunki KXDR Sobiq Ittifoqdan kattagina yordam olib turardi. Sotsialistik lagerning qulashi, markazlashgan rejali iqtisodiyotning samarasizligi Shimol davlatining boshiga og'ir kunlarni olib keldi.


SSSR parchalanib ketganidan so'ng, iqtisodiy ko'mak, chegirmali energiya resurslari etkazib berish to'xtatildi. Shimoliy Koreyaning yuqori darajada subsidiyalangan va qaram qishloq xo'jaligi inqirozga uchradi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, ommaviy axborot vositalari aholiga oziq-ovqat iste'molini kamaytirish, kuniga uch mahal emas, balki ikki mahal ovqatlanish sog'liq uchun foydali ekanini targ'ib qila boshladi.


Mamlakatdagi g'alla zaxiralari 1994 yilga kelib tugadi. Arzon sovet neftini etkazib berish to'xtatildi va natijada Shimoliy hukumat bir vaqtlar tayangan KXDRning murakkab elektrlashtirilgan sug'orish tizimida jiddiy uzilishlar boshlandi.


1994 yili mamlakat tarixidagi eng past hosil olindi. 1995 yilda kuchli yomg'irlar, tayfunlar va toshqinlar kuzatildi. Shimoliy Koreyada toshqin va noqulay ob-havo ko'p kuzatiladi, bu xuddi Yaponiyadagi zilzilalarga o'xshaydi.


Shunday qilib, iqtisodiy muammolar va tabiiy ofatlar uyg'unligi natijasida 2 million tonnaga yaqin g'alla taqchilligi yuzaga keladi (KXDRda iste'mol miqdori 5-5,5 million tonna donni tashkil etgan), natijada 330 ming gektar yer unumdor qatlamini yo'qotdi. Suv toshqinlari oqibatida 5,2 million kishi uy-joyidan ayrildi. Suv toshqinlari va tayfunlar KXDRga katta zarar yetkazdi, bu mamlakat yillik yalpi ichki mahsulotining 3/4 qismini tashkil etdi, bu esa o'sha paytda 15 milliard dollarga teng edi. Umuman olganda, butun hududning 75 foizi tabiiy ofatlardan zarar ko'rgan.


Ma'lumotlarga ko'ra, besh yillik ocharchilikda qancha odam qurbon bo'lgani haqida aniq raqam yo'q. Turli manbalarda 1994-1999 yillarda 10 mingdan 2 milliongacha kishi qurbon bo'lgani aytiladi. Shimoliy Koreyaning yopiq siyosati ma'lumotlarni aniqlashtirishda qiyinchilik tug'dirgan. Masalan BMT ekspertlari 2 million qurbon haqida gapirsa, Shimoliy Koreya hukumati 10 ming kishi ochlikdan o'lganini iddao qilgan. Jon Xopkins universiteti olimlari naq 2,5 million qurbon haqida bong urgan.



Xalqaro reaktsiya


Naqadar kulguli bo'lmasin, KXDRning boshiga og'ir tashvish tushganda yordamga uning “dushmanlari” keldi. Bu payt postsovet hududi og'ir o'tish davrini boshidan kechirayotgan, Xitoy esa o'z taraqqiyot yo'lidan odimlab borayotgandi. KXDR ta'lim dargohlarida dushman va qaroqchi deya o'qitiladigan va targ'ib qilinadigan AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreya mamlakatga yordam karvonlarini yubora boshladilar.


Eng katta yordamni qondosh mamlakat – Janubiy Koreya ko'rsatdi. Janub davlati shimollik og'asiga naq 3,5 milliard dollarlik ko'mak berdi. AQSh yordami bir milliard dollarni tashkil qildi, Yaponiya va Xitoy 2 million tonna oziq-ovqat jo'natdilar. Yevropa Ittifoqi esa KXDRga mazut yoqilg'i mahsulotini yetkazdi.


Ochlik davrida Shimoliy Koreyaning deyarli butun tarixi davomida mavjud bo'lgan ratsion kartalari yordamida oziq-ovqat tarqatish tizimi (bu SSSRda urush va boshqa og'ir davrdardagi kartochka tizimiga o'xshab ketadi) amalda to'xtadi – mamlakat aholisining aksariyati o'z ratsion kartalarini sotib ololmadi. Bunday sharoitda odamlar yashashning boshqa usullarini izlashga majbur bo'ldilar. Natijada Xitoyga qochqinlar oqimining sezilarli darajada oshishi, shuningdek, butun mamlakat bo'ylab bozorlarning o'z-o'zidan paydo bo'lishi berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, ochlik davrida 150-160 mingdan oshiq kishi Xitoyga qochib o'tdi.



Ocharchilikning tugashi


Taxminan 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida KXDRda oziq-ovqat bilan bog'liq vaziyat nisbatan barqarorlashdi va ommaviy ocharchilik holatlari to'xtadi. KXDR bo'yicha xalqaro ekspertlarning fikricha, bunga mamlakatda bozor tizimining paydo bo'lishi va xalqaro yordam tufayli erishildi. Shimoliy Koreyaning rasmiy pozitsiyasiga ko'ra, inqirozdan chiqish yo'liga koreys xalqi “qo'mondon Kim Сhen Ir atrofida qat'iylik bilan” birlashgani va “rahbariyatni qo'llab-quvvatlagani” tufayli erishildi.


2012 yilda bir qator xalqaro ekspertlar KXDRda g'alla hosili ko'paygani, oziq-ovqat importi qisqargani va tashqi bozordan o'g'itlar xaridi oshgani haqida xabar berdi.


2013 yilda mamlakatda oziq-ovqat ishlab chiqarish taxminan 5 foizga oshdi. Mamlakat rahbariyati asosiy e'tiborni g'alla ekinlariga qaratdi – ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va o'g'itlardan foydalanish natijasida ularning hosili yiliga 5 million tonnaga yetkazildi. 2013 yilgi hosil butun Shimoliy Koreyani boqish uchun yetarli bo'ldi. 2014 yilda esa ahvol yanada yaxshilandi.



Ochlik xavfi saqlanib turibdi


Afsuski, hozir ham ocharchilik ko'lankasi Shimoliy Koreya xalqi boshidan ko'tarilgani yo'q. Jumladan, 2023 yil yozida KXDR yana bir ocharchilik yoqasida turgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Xavotirlarni hatto BMT oziq-ovqat dasturi ham tasdiqladi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq qiyinchiliklar bunga asosiy sabab sifatida ko'rsatildi. Rasmiy Pxenyan xavfsizlik va virusni ro'kach qilib chegaralarni taqataq yopdi. Oqibatda eng muhim tovarlar yetkazib berish qiyinlashib qoldi.


BBCga sirli ravishda intervyu bergan shimoliy koreyaliklar mamlakatda yana ocharchilik va o'lim boshlagani haqida xabar berdilar. Jumladan, 2023 yil iyunda e'lon qilingan suhbatda bir fuqaro uch nafar qo'shnisi ochlikdan o'lganini aytgan.


Albatta, Shimoliy Koreya hukumati bu ma'lumotlar yuzasidan izoh ham berib o'tirgani yo'q. Buning o'rniga mamlakatning AQSh va Janubiy Koreya bilan munosabatlari tobora taranglashib bormoqda.


Abror Zohidov



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid