Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 979.998.06

  • EUR

    13 392.75-2.06

  • RUB

    135.341.48

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 12-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • Chorshanba, 12

    +2 +20

  • Payshanba, 13

    +4 +20

  • Juma, 14

    +4 +20

  • Shanba, 15

    +4 +20

  • Yakshanba, 16

    +4 +20

  • Dushanba, 17

    +6 +20

  • Seshanba, 18

    +7 +20

  • Chorshanba, 19

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Ishchilari eng ko'p maosh oladigan davlatlar haqida bilasizmi?

Dunyodagi eng yuqori maosh to'laydigan davlatlarni tanlashda ishchilar o'rtacha yillik daromadi, soliqlar va yashash xarajatlari kabi omillar katta rol' o'ynaydi. Quyida 2024-yilgi ma'lumotlarga asoslangan eng ko'p maosh to'laydigan o'nta davlat va ular haqida tahliliy ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.
Iqtisod
1426 11:33 | 01.11.2024 11:33

Shvetsariya, o'rtacha yillik daromad: $85,000 - $110,000
Bank-moliya, farmatsevtika, texnologiya kabi sohalarga talab yuqori. Shvetsariya yuqori malakali ishchilar uchun qulay sharoit yaratadi. Soliqlar nisbatan past, yashash sifati yuqori. Ayni paytda, yashash xarajatlari ham yuqori, ammo o'rtacha maosh ularni qoplay oladi. O'tgan yili ham shveytsariyaliklar oyiga o'rtacha 8111 dollar maosh olgan. Gap soliq va boshqa chegirmalardan tashqari ish haqi haqida ketmoqda.


Lyuksemburg, o'rtacha yillik daromad: $75,000 - $100,000
Lyuksemburg Yevropaning moliyaviy markazlaridan biri bo'lib, bank-moliya sohasida katta imkoniyatlar yaratadi. Mamlakat kichik bo'lsa-da, uning yillik daromadi yuqori. Lekin yuqori maosh yashash xarajatlari bilan muvozanatda.


Singapur, o'rtacha yillik daromad: $70,000 - $95,000
Singapur Osiyodagi eng qimmat mamlakatlardan biri bo'lib, yuqori malakali ishchilarni jalb qilishda yuqori maosh taklif etadi. Bu yerda texnologiya va moliya sohalari rivojlangan, soliqlar nisbatan past.


AQSh, o'rtacha yillik daromad: $65,000 - $90,000
AQShda yuqori maoshlar texnologiya va sog'liqni saqlash sohalarida to'lanadi. Biroq, bu yerda maoshlar shtatlar va shaharlar bo'yicha farqlanadi. Masalan, San-Frantsisko yoki N'yu-Yorkda yashash xarajatlari yuqori, ammo maoshlar ham shunga mos tarzda to'lanadi.


Birlashgan Arab Amirliklari, o'rtacha yillik daromad: $60,000 - $85,000
Amirliklarda moliya, qurilish, neft' va gaz sohalarida katta maosh to'lanadi. BAAda soliqlar yo'q, bu esa mamlakatni yuqori maosh va daromadga ega qiluvchi davlatlar qatoriga kirishiga sabab bo'lgan. Dubay va Abu-Dabida chet ellik ishchilarga juda ko'p imkoniyatlar mavjud.


Norvegiya, o'rtacha yillik daromad: $55,000 - $80,000
Norvegiyada iqtisod yaxshi rivojlangan, neft' va gaz, texnologiya kabi sohalardagi insonlar eng ko'p maosh oladi.


Avstraliya, o'rtacha yillik daromad: $55,000 - $75,000
Avstraliyada eng ko'p daromad texnologiya va sog'liqni saqlash sohalarida kuzatiladi. Ishchilar uchun sharoitlar yaxshi va yashash sifati yuqori. Ayniqsa Sidney va Melburn kabi shaharlarning yashash tarsi havas qilarli darajada.


Kanada, o'rtacha yillik daromad: $50,000 - $70,000
Kanadada qurilish va tibbiyot sohalarida maoshlar yuqori. Bu mamlakat chet ellik ishchilar uchun qulay yashash sharoitlarini ham taklif etadi. O'zbekistondan ham ko'pgina yurtdoshlarimiz bugun qonuniy tarzda ushbu davlatga yo'l olmoqda.


Germaniya, o'rtacha yillik daromad: $50,000 - $65,000
Germaniya muhandislik, avtomobil' sanoati, texnologiya va tibbiyot o'ta rivojlangan. Ishchilar uchun qulay sharoitlar va xavfsizlik darajasi alohida e'tiborga olingan. Yurtimizdan minglab yurtoshlarimiz tibbiyot, qishloq xo'jaligi va qurilish ishlarida ushbu davlatga jalb qilinmoqda.


Daniya, o'rtacha yillik daromad: $50,000 - $65,000
Daniya sog'liqni saqlash va texnologiya sohalarida yuqori daromadli ish o'rinlari bilan mashhur. Bu mamlakatda ishchilar uchun kuchli ijtimoiy ta'minot tizimi mavjud va yashash sharoitlari yuqori darajada.
Yuqoridagi mamlakatlar yuqori maosh va yashash sharoitlari bilan ajralib turadi, ammo yashash xarajatlari ham o'rtacha daromadlar bilan mos ravishda o'sib boradi. Bu davlatlarda texnologiya, moliya, tibbiyot va muhandislik sohalarida malakali ishchilarga eng yuqori daromadlar taklif qilinadi.


Feruza Rahimova,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid