+34C

+34C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Raqamli charchoq asoratlari

Raqamli texnologiyalar, aqlli qurilmalar, internet, ijtimoiy tarmoqlar, sunʼiy ong va hokazo olamshumul yangiliklar barcha sohalarni qamrab olmoqda. Dunyo olimlari bu jarayonlarning odam organizmiga taʼsiri sezila boshlagani, ularga «raqamli» charchoq xavf solayotgani to‘g‘risida ogohlantirmoqdalar. Bu balodan yoshu qari birday aziyat chekmoqda, ammo uning oldini olish, salomatlikka salbiy taʼsirini kamaytirish uchun hamma ham birdek kurashayotgani yo‘q.
Jamiyat
198 11:18 | 19.07.2026 11:18

Raqamli charchoq – ko‘p vaqtni ekranlar qarshisida o‘tkazish natijasida kelib chiqadigan ruhiy toliqish turidir. Undan aziyat chekadiganlarning ko‘pchiligi ish va dam olish vaqti orasidagi farqni deyarli sezmaydi. Doimiy charchash, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik kabi bir qancha belgilarni surunkali his etadi.


Ingliz tilida «digital fatigue», «zoom fatigue» yoki «technology fatigue» kabi nomlar bilan ataladigan raqamli charchoqning kelib chiqishi va oldini olish bo‘yicha internet manbalaridan etarli bilimga ega bo‘lish mumkin. U, odatda, telefon, planshet, noutbuk yoki kompyuter monitori, televizor va hokazolarga uzoq muddat qarashimiz natijasida yuzaga keladi.


Endi o‘ylab ko‘ring, siz sutkaning necha soatini ekranlarga qarab o‘tkazasiz?! Buni aniqlash uchun turli tadqiqotlar o‘tkazilgan. 2025 yil boshidagi izlanishlar natijasiga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha odamlar kuniga 6 soat 40 daqiqa vaqtini ekranlarga qarab o‘tkazadi. Bu esa inson uyg‘oq soatlarining 42 foiziga teng (butun jahon aholisi uyg‘oq soatlarining o‘rtacha statistikasiga ko‘ra).


Ekrandan foydalanish vaqti (Screen time) uzayishining inson hayotiga salbiy taʼsirlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
– Avvalo, ko‘zlarning zo‘riqishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi va boshqa muammolar;
– Kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, stress, asabiylik, tez zerikish, diqqatning buzilishi kabilar.


Oqibatda kishida jizzakilik, sabrsizlik va injiqlik kuchayadi.
Inson ko‘zlariga uzoq vaqt taʼsir etgan nurlar uyqu sifatini buzadi. Tabiiy yorug‘likning kamayishi, uxlashdan oldin ekranlarga uzoq vaqt termulish uyqu garmonlari etarli darajada ishlab chiqarilmasligiga olib keladi. Qolaversa, bu qarash odamlar bilan kam muloqot qilish, deganidir. Demak, zangori nurlar bilan doimiy yaqinlik insonning ijtimoiylashmasligi, yaʼni real munosabatlarning virtual munosabatlarga ko‘chishiga olib keladi.


Muammoning yana bir jihati bor. So‘nggi xalqaro izlanishlar natijasiga ko‘ra, ekranlardan kunlik foydalanish vaqtining eng yuqori ko‘rsatkichi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ga to‘g‘ri kelar ekan (9 soatu 37 daqiqa).


Texnologik rivojlanish ancha yuqori bo‘lgan boshqa davlatlarni kuzatsak, Xitoyda bu raqam 5 soatu 35 daqiqa, Germaniyada 5 soatu 28 daqiqa, Frantsiyada 5 soatu 23 daqiqa va hokazo. Tilga olingan davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa jihatlardan qay biri oldinda, qay biri orqada ekanligi ayon. Birgina misol, 2024 yilda Evropa Ittifoqining rasmiy statistika agentligi (Eurostat) eʼlon qilishicha, Germaniyada ish bilan taʼminlangan aholining 6,5, Frantsiyada 8,3 foizi kambag‘allik chizig‘idan pastda yashaydi. Xitoy esa allaqachon, 2020 yilda mamlakatda bunday qatlam butunlay tugatilganini eʼlon qilgandi. Jahon bankining 2024 yilgi maʼlumotlariga qaraganda, xuddi shu ko‘rsatkich ekranlarga tikilib vaqt o‘tkazish bo‘yicha statistikaning eng yuqori pog‘onasida turgan Janubiy Afrika Respublikasi aholisining 63 foiziga teng. Yaʼni bu mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi kambag‘allikdan qutula olgani yo‘q.


Raqamlardan qanday xulosa chiqarish kerakligi o‘zingizga havola. Zarur maqsadlar, ish, o‘qish, uzoqdagi yaqinlarimiz bilan aloqa o‘rnatish kabi muhim holatlardan tashqari ekran vaqtini cheklash, real hayotda faolroq bo‘lish, odamlar bilan muloqot qilish yoki biror kasb-hunar, ilm bilan shug‘ullanish nafaqat sizning salomatligingiz, balki butun jamiyat, mamlakat rivojiga taʼsir qiladi.


Afsuski, maʼlumotlar hamda tahliliy maqolalarda yurtimiz aholisining o‘rtacha ekranlar qarshisida sarflanadigan vaqti aniq ko‘rsatilmagan. Ammo bugun ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida telefon o‘yinlari va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketish avj olmoqda.
Atrofingizdagi telefon va kompyuterlarga ko‘p vaqtini sarflaydiganlarni bir kuzating, ularda yuqorida keltirilgan raqamli charchoq alomatlarini yaqqol sezasiz. Agar o‘zingiz shunday muammodan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, tashvishlanmang, bu borada aniq echimlar mavjud. Bu noxush holatning oldini olish uchun ish va o‘qishdan bo‘sh vaqtimizni ko‘proq oila davrasida, muzey, teatrlar yoki boshqa ko‘ngilochar maskanlarda o‘tkazishimiz, faol sport turlari yoki boshqa sevimli mashg‘ulotimiz bilan shug‘ullanishimiz lozim. Qurilmalar bizni o‘ziga bandi qilib olmasin, ulardan to‘g‘ri va unumli foydalanishni o‘rganaylik!


Muhammadali PO‘LATOV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7257 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat