Ramazon Hayiti bayramida necha kun dam beriladi?
Ramazon hayiti sanasi rasman e'lon qilinmagan bo'lsa-da, bayramning birinch kuni 30 yoki 31-mart kunlariga to'g'ri kelishini inobatga olib, Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan, dam olish kunlarini taxmin qilish mumkin.
Agar Ramazon oyi 29 kunlik bo'lsa, Hayit bayramining birinchi kuni 30-mart – yakshanbaga to'g'ri keladi. Bunda ham ish haftasining turidan qat'iy nazar barcha xodimlar uchun 31-mart – dushanba dam olish kuni bo'ladi. Сhunki, qonunchilikda dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to'g'ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko'chirilishi belgilangan.
Eslatma! Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko'rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to'xtatib qo'yish mumkin bo'lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko'chirilmaydi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilinsa, Ramazon hayitida 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari mumkin:
- 29-mart– shanba;
- 30-mart – yakshanba;
- 31-mart – dushanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 2 kun dam olishlari mumkin:
- 30-mart – yakshanba;
- 31-mart – dushanba.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Ramazon hayiti uchun beriladigan qo'shimcha dam olish kunlari belgilanishi yoki dam olish kunlari ko'chirilishi ham mumkin.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0