Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +17 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +17 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +14 +20

  • Dushanba, 06

    +13 +20

  • Seshanba, 07

    +14 +20

  • Chorshanba, 08

    +11 +20

  • Payshanba, 09

    +10 +20

  • Juma, 10

    +10 +20

  • Shanba, 11

    +12 +20

  • Yakshanba, 12

    +10 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Eron – xavotirlar changalida

2025 yilning 28 dekabrida boshlangan Erondagi norozilik namoyishlari tarixi bir qarashda 2019 va 2022 yillarda kuzatilgan oldingi norozilik to'lqinlarini eslatib yuboradi. O'shanda bunday chiqishlar yoqilg'i narxlari oshishi yoki 22 yoshli kurd qizi Mahsa Aminiyning halok bo'lishi bilan boshlangan edi. Biroq hozirgi inqirozning mohiyati butkul o'zgacha. Uni qo'zg'atgan asosiy omil – iqtisodiy bo'hron, mazmuni esa mafkuraviy inqirozdir.
Siyosat
851 16:11 | 14.01.2026 16:11

Foto: ishonch ChatGPT


Eron pul birligi – riyolning kursi qora bozorda bir dollar uchun 1,4-1,45 milliongacha quladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, inflyatsiya 42 foizdan oshgan, mustaqil ekspertlar esa uni 60-70 foiz atrofida deya baholamoqda. Oziq-ovqat va dori-darmon narxlari nazoratdan chiqqan. O'rta tabaqaning yemirilishi, suv va energiya tanqisligi ham aholi turmush darajasini yomonlashtirgani rost. Lekin, eng yomoni, jamiyatda hukm surgan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmayapti.


Eronda hamisha hokimiyat bilan jamiyat o'rtasida norasmiy kelishuv amal qilgan. Ya'ni siyosiy yopiqlik va qat'iy mafkura nisbatan ijtimoiy barqarorlik, subsidiyalar hamda tashqi siyosiy to'qnashuvlar orqali qo'llab-quvvatlangan milliy g'urur tuyg'usi bilan qoplangan. Bugun ana shu ikki ustun ham eng zaif nuqta, deya baholanmoqda. Iqtisodiy vaziyat xalqqa himoyalanganlik hissini bermayapti. Suriyadan tortib Isroil bilan to'qnashuvgacha bo'lgan siyosiy qadamlar na g'alaba, na hurmat va na harbiy qud­ratga ishonch taqdim eta oldi.


Huquqni muhofaza qilish tuzilmalari ma'lumotlariga ko'ra, bugunga kelib, namoyishlarda halok bo'lganlar 35-40 nafarni, hibsga olinganlar esa 2000 nafardan ortiqni tashkil etgan. Noroziliklar nafaqat Tehron, Isfahon, Sheroz, Mashhad kabi yirik shaharlarni, balki davlat nazorati kuchsizroq, radikallashuv esa tezroq kechadigan kichik shahar va viloyatlarni ham qamrab olgan.


AQShda joylashgan inson huquqlarini himoya qiluvchi HRANA tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, qurbonlar soni kamida 538 nafarni tashkil etgan. Ular orasida 48 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimi ham bor. Inson huquqlari himoyachilarining ta'kidlashicha, aktsiyalar ishtirokchilaridan taxminan 10,6 ming nafari hibsga olingan. Eron rasmiylari bu borada hech qanday ma'lumot taqdim etmagan.


Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar axborot xurujlarini ishga soladi. va bunday vaziyatda har qanday ma'lumotga ham ko'r-ko'rona ishonavermaslik kerak.


CNNning xabariga ko'ra, AQSh prezidenti Donal'd Tramp seshanba kuni Eronga nisbatan ­keyingi qadamlarni muhokama qilish maqsadida Milliy xavfsizlik kengashi a'zolari bilan yig'ilish o'tkazadi.


Tramp Eronda ommaviy norozilik namoyish­lari ishtirokchilariga nisbatan kuch ishlatilgani munosabati bilan mamlakatga qarshi qator ehtimoliy harbiy variantlarni ko'rib chiqmoqda. Amerikalik amaldorlarning ma'lum qilishicha, muhokama etilayotgan choralar orasida noroziliklarni bostirishda faollik ko'rsatayotgan xavfsizlik xizmatlariga zarbalar berish; rejimga tegishli harbiy ob'ektlar va inshootlarga qarshi kiberoperatsiyalar o'tkazish; hokimiyat vakillari yoki Eron iqtisodiyotining ayrim tarmoqlariga, xususan, energetika yoki bank sektoriga nisbatan sanktsiyalar joriy etish; shuningdek, namoyishchilarga internetga kirish imkonini beradigan Starlink kabi texnologiyalarni taqdim etish masalalari bor. Biroq Tramp tomonidan ko'rib chiqilayotgan variantlar orasida Eron hududiga qo'shin kiritish masalasi nazarda tutilmayapti.


Eronning 1979 yili ag'darib tashlangan so'ng­­gi shohi Muhammad Rizo Pahlaviy o'g'li Rizo Pahlaviyning 8 yanvardagi da'vatlaridan so'ng mamlakatda norozilik namoyishlari yanada faollashdi. Xuddi shu kuni mamlakat internetdan uzib qo'yildi va hanuz ishlamayapti. Eronning qator shaharlarida norozilik aktsiyalari politsiya bilan to'qnashuvlarga aylandi va tuzumga qarshi shiorlar yangramoqda.


Eron prezidenti Mas'ud Pizishkiyon yakshanba kuni xalqqa murojaatida norozilarga iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va mavjud muammolarni hal etishga va'da berar ekan, tartibsizlik­larda AQSh va Isroilni aybladi. Shuningdek, radikal kuchlar oddiy fuqarolar talablaridan o'z maqsadlari yo'lida foydalanmasligi uchun odamlarni ko'chalarga chiqishga chaqirdi.


Bu orada Rizo Pahlaviy AQSh prezidentiga Eron masalasida hamkorlik qilish taklifi bilan chiqdi.


Ana shu voqealar silsilasida bir jihat e'tiborga molik. Hozirgi namoyishlarda bozor ahli, ya'ni mayda savdogarlar muhim o'rin tutyapti. Ular tarixan Islom Respublikasining asosiy tayanchlaridan biri hisoblangan. Ular 1979 yili ulamolarning hokimiyatga kelishida ham muhim rol' o'ynagan edi. Bugun esa aynan o'sha savdogarlar do'konlarini yopib, ko'chalarga chiqishmoqda. Ular inqilobga tashna yoshlar ham, liberal ziyolilar ham emas, balki adolatga ishonchi qolmagan an'anaviy jamiyat o'zagidir.


Keling, Erondagi inqirozga arab faylasufi Ibn Xaldun fikrlari asosida nazar tashlab ko'raylik. Asabiya – Ibn Xaldun ta'limotidagi asosiy tushunchalardan biri bo'lib, u ijtimoiy birdamlik, guruhiy ong va umumiylik hissini anglatadi. Bu birdamlik qon-qarindoshlik aloqalari, do'stona munosabatlar yoki uzoq muddatli hamkorlik va birga yashash tajribasi negizida shakllanadi. Asabiya davlatlar va tamaddunlar vujudga kelishi hamda ularning saqlanib qolishida hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. U yemirila boshlasa, davlat ma'lum muddat o'z inertsiyasiga ko'ra harakatda davom etadi, ammo uning parchalanishi vaqt masalasiga aylanadi. Bugungi Eron aynan ana shu – asta-sekin yemirilish bosqichida turibdi.


Tashqi omil esa mamlakat ichkarisidagi jarayonlarni yanada kuchaytiryapti, xolos. Donal'd Tramp amalda insonparvarlik bahonasida kuch ishlatish borasidagi norasmiy taqiqni bekor qildi. Uning «Agar Eron hokimiyati namoyishchilarni o'ldira boshlasa, AQSh juda kuchli zarba beradi», degan bayonotlari, bir tomondan, norozilik harakatlariga ma'naviy ishonch va tashqi qo'llab-quvvatlov hissini bersa, ikkinchi tomondan, tuzumni falaj ahvolga solishi mumkin: qat'iylik tashqi zarbani kuchaytirsa, yumshoqlik ko'chalarni nazorat qilib turgan qo'rquvni yemirib tashlaydi.


Bu yerda venesuela misoli harbiy kuch-qudrat namoyishidan ko'ra ko'proq ruhiy ahamiyat kasb etadi. Maduroning qo'lga olinishi butun dunyo elitalariga suveren yetakchilar daxlsizligi davri yakunlanayotir, degan mujda yo'lladi. Buni AQShning Amerika ­qit'­a­­­­sidagi gegemonligini ta'minlash va Yevropa ta'sirini cheklashga qaratilgan siyosiy deklaratsiya bo'lib, vaqt o'tishi bilan AQShning mintaqada o'z imperiya­viy g'oyasini ro'yobga chiqarish vositasiga aylangan Monro doktrinasi ham, XIX asrga qaytish ham deb bo'lmaydi. U agar tuzum ichki barqarorlikni yo'qotsa va global tartib uchun «zaharli unsur»ga aylansa, u legitim nishon sifatida qabul qilinishi mumkin, degan yangi mantiq mahsulidir.


Eron venesueladan farqli o'laroq, chekkada qolib ketmagan. U Yaqin Sharq, energetika, diniy siyosat va tamadduniy qarama-qarshiliklar tutash hudud sanaladi. Shu bois bu yerda to'g'ridan-to'g'ri harbiy aralashuv ancha xavfli. Isroil buni juda yaxshi anglaydi. Shuning uchun uning strategiyasi to'g'ridan-to'g'ri zarbalardan ko'ra, qo'poruvchilik harakatlari, josuslik faoliyati va ruhiy bosim kabi nozikroq o'yin tomon siljimoqda.


Qolaversa, Eron 90 milliondan oshiq aholisi bor, murakkab etnik tuzilmaga ega va strategik hududda joylashgan ko'pmillatli davlatdir. Bu yerda har qanday inqiroz muqarrar ravishda etnik masalani qo'zg'aydi. Aholining yarmidan ko'prog'ini tashkil etuvchi forslardan tashqari, mamlakatda 20-25 million atrofida ozarilar, shuningdek, kurdlar, Huziston arablari, belujlar, lurlar va turkmanlar yashaydi. Hozircha noroziliklar asosan ijtimoiy-iqtisodiy tusga ega, ammo ularning chegara hududlariga ham tarqalishi inqirozni hududiy yaxlitlikka tahdid darajasiga olib chiqishi mumkin. Eronning Turkiyadan tortib Ozarbayjon kabi barcha qo'shnilari mazkur stsenariydan xavotirda.


Ushbu vaziyatda Turkiyaning tutumi, ayniqsa, yaqqol ko'zga tashlanadi. Anqara – mafkuraviy urush mantig'i bilan fikrlamaydigan kam sonli mintaqaviy o'yinchilardan biri. Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan o'z bayonotlarida Erondagi beqarorlik butun mintaqada – Kavkazdan tortib Sharqiy O'rta Yer dengizi hududigacha domino effektini keltirib chiqarishini ta'kidlamoqda. Turkiya na Eronning parchalanishidan, na uni boshqalarning urush maydoniga aylanishidan manfaatdor.


Turkiya yondashuvi nihoyatda pragmatik: Eronning hududiy yaxlitligini saqlash, etnik parchalanishning oldini olish, tashqi kuchlar tomonidan stsenariylar majburan tiqishtirilishiga qarshi turish. Anqara qo'shnilardagi boshboshdoqlik muqarrar ravishda qochqinlar oqimi, radikal guruhlar faollashuvi va kurdlar masalasining keskinlashuvi shaklida chegaralar orqali kirib kelishini yaxshi tushunadi. Zero, Suriyadagi fuqarolar urushi sabab Turkiyaga 3,5 millionga yaqin qochqin kirib kelgan va buning jabrini ham tatib ko'rgan edi.


Ammo Eron aholisi Suriya aholisidan salkam to'rt baravar ko'p. Agar Eronda ichki urush alanga olsa, qochqinlar oqimi shundoq ham iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan Turkiyaga ortiqcha boshog'rig'i bo'lishi shubhasiz. Shu bois Turkiya hozirgi Eron tuzumi ko'plab savollar uyg'otsa ham, inqilobdan ko'ra boshqariladigan evolyutsiyani qo'llab-quvvatlaydi.


Rossiya esa imkoniyatlari cheklangan strategik kuzatuvchi mavqeida qolishi muqarrar. Rasman Moskva bilan Tehron o'rtasida strategik sheriklik to'g'risida shartnoma bor. Ammo u avtomatik ravishda harbiy yordamni nazarda tutmaydi. Rossiyaning yo'li diplomatik bayonotlar, zarurat tug'ilganda, iqtisodiy qo'llab-quvvatlash hamda agressor kim bo'lishidan qat'i nazar, uni qo'llab-quvvatlamaslik tamoyiliga tayanadi, xolos. Rossiya Ukraina bilan uzoq vaqt davom etayotgan mojaroga o'ralashib qolgan bir paytda, undan Eron inqiroziga faol aralashuvni kutish o'rinsiz.


Eronda ro'y berayotgan voqealar falsafiy ma'noda nemis faylasufi, tarix hamda madaniyat falsafasi asoschilaridan biri – Osval'd Shpenglerning tamaddunlar tanazzuli haqidagi mulohazalariga hayratlanarli darajada mos keladi. Gap Eronning davlat sifatida yo'q bo'lib ketishi emas, balki muayyan tarixiy shaklning – mafkuraviy, ilohiy najot loyihasiga tayangan modelning yakunlanishi haqida ketmoqda. Islom Respublikasi XX asr mahsuli, yirik mafkuralar va ikki qutbli qarama-qarshiliklar davri yaratig'idir. Bugun esa dunyo tarixchi va faylasuf Arnol'd Toynbi «tarixiy sinov va javob» davri deb atagan bosqichga kiryapti. Biroq eski javoblar bugun ish bermayapti, yangi javoblar esa taklif etilmayapti.


Samuel Xantington tamaddunlar to'qnashuvi haqida yozgan. Ammo, ehtimol, biz ayni paytda to'qnashuv o'rniga tamaddunlarning o'zi o'zidan charchagan bir holatni kuzatayotgandirmiz. Bugunga kelib, Eron jamiyati tashqi dushman obrazidan ilhom olmayotgandek. O'n yillar davomida tuzumni jips­lashtirib kelgan aksilamerika g'oyalari safarbarlik qudratini yo'qotgandek. Odamlar kelajak bo'lmasa, qurbonliklardan maqsad nima, adolat bermasa, mafkura kimga kerak, degan ancha jo'n, ammo juda xavfli savollarni berayo­tir.


Shu bilan birga, Erondagi tuzumning bir zumda qulashi ehtimoli juda past. Shunki Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi hamda uning tarkibiga kiruvchi beshta shartli kuchdan biri – Basij (Sozmon-e Basij-e mustaz'afin – mazlumlarni safarbar etish tashkiloti) hanuz katta imkoniyatlar va yuqori motivatsiyaga ega.


Eronning kelajagi, ehtimol, inqilobiy portlash yo'lidan emas, balki cho'zilgan transformatsiya traektoriyasi bo'ylab shakllanar. Kosmetik islohotlar, ­kadrlar almashinuvi, nazoratni qisman yumshatish kabi qadamlar ro'y berishi ham mumkin. Tabiiyki, bularning barchasi vaqtdan yutishga qaratilgan bo'ladi. Ammo asosiy masalalar – mafkura, tashqi siyosat, resurslarni taqsimlash kabi savollarga yechim topilmaydi. Demak, inqiroz bartaraf etilmaydi, faqat navbatdagi bosqichga o'tadi, xolos.


Xullas, bugun Eron qulayapti, deyayotganlar adashadi. U – qo'rquv bilan yashab bo'lmaydigan pallaga kirgan davlat. Eng xavflisi ham, eng hal qiluvchisi ham shu. Shunki bunday paytda tuzum yo jamiyat bilan til topishishga, xalqning xohish-istaklarini inobatga olishga majbur bo'ladi yoki tarix sahnasidan asta-sekin chiqib ketadi.


Jahongir NAHANOv
«ISHONCH»



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat