+27C

+27C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Rossiyada migratsiya siyosati yanada qatʼiylashishi mumkin

Rossiyada hukmron «Yagona Rossiya» partiyasi migrantlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan «nol darajali toqat» tamoyilini joriy etishni taklif qilmoqda. Bu taklif partiyaning xalq dasturi loyihasidan o‘rin olgan.
Siyosat
46 11:28 | 26.08.2026 11:28

Hujjatga ko‘ra, xorijliklar Rossiya qonunchiligini buzgan taqdirda, ularga nisbatan javobgarlik muqarrar ravishda qo‘llanishi kerak. Shu bilan birga, migratsiya siyosatida Rossiya fuqarolarining manfaatlari, xavfsizligi hamda ijtimoiy-mehnat huquqlari ustuvor bo‘lishi lozim.


Yana bir taklif — transport infratuzilmasi obʼektlarida migratsiya nazoratining yagona tizimini yaratish. U orqali qonunbuzarlarni aniqlash va noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.


Partiya xorijiy ishchi kuchini jalb qilish tartibini ham tizimlashtirish tarafdori. Bunda migrantlarni muayyan hududlar va ish beruvchilarning haqiqiy ehtiyojidan kelib chiqib jalb qilish, shuningdek, xorijliklarni raqamli identifikatsiya qilish va ularning Rossiyaga kirish hamda mamlakatda bo‘lish qoidalariga rioya etishini nazorat qilishni kuchaytirish taklif etilgan.


Rossiya qonunlarini buzgan yoki mamlakatning anʼanaviy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgan xorijliklarni chiqarib yuborish jarayonini ham alohida nazorat qilish taklif qilinmoqda. Bunday shaxslarga Rossiyaga qayta kirish imkoniyatini ham cheklash taklif etilgan.


Avvalroq Rossiyada xorijlik ishchilar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 30 foizga oshirish, barcha pul o‘tkazmalaridan 3 foizlik yig‘im undirish, migrantlarni nafaqat o‘zlari, balki voyaga etmagan farzandlari uchun ham mehnat patenti to‘lovini amalga oshirishga majburlash takliflari ilgari surilgan edi.


Shuningdek, ayrim hududlarda xorijliklar patent asosida ishlay olmaydigan sohalar ro‘yxati kengaytirildi. Rossiyada xususiy shaxslar qo‘lida ishlaydigan mehnat migrantlari o‘zlari va Rossiyada yashovchi oila aʼzolari uchun daromad solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirishi nazarda tutilgan qonun loyihasi ham ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, migratsiya sohasidagi davlat bojlari sezilarli darajada oshirildi. Davlat dumasi xorijliklarning Rossiyada bo‘lish talablarini kuchaytiruvchi qonunni qabul qildi. Ayni paytda migrantlar uchun mobil telefonda raqamli profil joriy etish tizimi ham tatbiq etilmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat