Valyuta UZS
  • USD

    12 456.2545.26

  • EUR

    14 461.71223.82

  • RUB

    158.36-0.02

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 05:00

    +23 C

  • 06:00

    +23 C

  • 07:00

    +24 C

  • 08:00

    +27 C

  • 09:00

    +29 C

  • 10:00

    +31 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +38 C

  • 16:00

    +36 C

  • 17:00

    +36 C

  • 18:00

    +35 C

  • 19:00

    +34 C

  • 20:00

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 25-June

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 05:00

    +23 C

  • 06:00

    +23 C

  • 07:00

    +24 C

  • 08:00

    +27 C

  • 09:00

    +29 C

  • 10:00

    +31 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +38 C

  • 16:00

    +36 C

  • 17:00

    +36 C

  • 18:00

    +35 C

  • 19:00

    +34 C

  • 20:00

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • Chorshanba, 25

    +23 +20

  • Payshanba, 26

    +22 +20

  • Juma, 27

    +20 +20

  • Shanba, 28

    +19 +20

  • Yakshanba, 29

    +21 +20

  • Dushanba, 30

    +19 +20

  • Seshanba, 01

    +19 +20

  • Chorshanba, 02

    +20 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Rossiyaning so'nggi imperatori: 130 yil avval taxtga o'tirgan va sudsiz otib tashlangan podshoh

Bundan rosa 130 yil muqaddam, 1894 yil noyabr oyida Rossiya imperiyasida hokimiyat tepasiga yosh va tajribasiz Nikolay Aleksandrovich Romanov keldi va Nikolay II nomini oldi. O'sha paytda Rossiya dunyoning eng yirik imperiyalaridan biri sanalsada, Yevropaga qaraganda ancha qoloq, xalqning ijtimoiy kayfiyati ham shunga yarasha edi.
Siyosat
897 16:00 | 06.11.2024 16:00

Nikolay II ning urinishlariga qaramay oxir-oqibat davlat parokandalikka yuz tutdi va ikkita inqilobni boshdan kechirdi. Nikolayning davri ikki inqilob, rus-yapon urushi, Birinchi jahon urushi kabi hodisalar bilan ham eslanadi. Uning o'zi esa 1918 yilda oilasi bilan Yekaterinburgdagi yerto'lada bolsheviklar tomonidan otib tashlandi.


undefined

Nikolay II 1868 yilda tug'ilgan. Bolalikda Nikolay va uning aka-ukalarining o'qituvchisi Rossiyada yashagan ingliz Karl Osipovich Xit edi. Yosh merosxo'r 1885-1890 yillarda universitetning yuridik fakul'tetining davlat va iqtisodiy bo'limlari kursini tugatgan. Uning siyosiy tarix, rus adabiyoti, ingliz, nemis va frantsuz tillarini o'rganishga alohida e'tibor qaratilgan. Nikolay ingliz tilini ona tiliday bilardi. Shuningdek, besh yil davlat arbobi uchun zarur bo'lgan harbiy ishlar, huquq va iqtisodiy fanlarni o'rganishga bag'ishlandi. Umuman olganda Nikolayning bolaligi va yoshligi ancha tinch va kutilmagan hodisalarsiz o'tgan.


Rossiyaning bo'lg'usi hukmdorining hayotning ilk tarsakisini 1890-yillarda totib ko'rdi. U shu yillarda Uzoq Sharq va Yaponiya bo'ylab sayohatga chiqdi. Nikolay va Yunoniston shahzodasi Jorjning Yaponiyaga tashrifi chog'ida yapon politsiyachisi Tsuda Sanzo uning hayotiga suiqasd uyushtirdi. Politsiyachi qo'lga olinishidan oldin rus valiahdining boshi, qo'li va qulog'iga jarohat yetkazishga muvaffaq bo'ldi.


Na foto: tsesarevich Nikolay v Novocherkasske, 1891 god.

«Day Bog, chtobi nastupivshiy god proshel tak je schastlivo i spokoyno, kak proshliy», — napisal Nikolay, nachinaya svoy dnevnik za 1894 god. Odnako za eto vremya v jizni Nikolaya proizoshli kardinal'nie peremeni. «V nachale goda naslednik bil prejde vsego molodim gvardeyskim ofitserom, bol'shaya chast' jizni kotorogo bila posvyashena chteniyu, tantsam, kon'kam, opere i yego vozlyublennoy Matil'de Kshesinskoy [s ney Nikolay obshalsya s 1890 po 1894 god. Ix otnosheniya prekratilis' yeshe do pomolvki Nikolaya]. Сherez 12 mesyatsev on stal Vserossiyskim imperatorom, nositelem absolyutnoy (v teorii, po krayney mere) vlasti nad ogromnoy imperiey. I on bil jenat», — pisal ob etom periode istorik Dominik Liven.


1894 yilning noyabrida imperator Aleksandr III to'satdan vafot etdi. U 1888 yilgi temiryo'l halokatida qattiq jarohatlangandi. Otasining kutilmagan vafoti va hokimiyat tepasiga kelish yosh Nikolayni biroz dovdiratib qo'ydi. Lekin u tajribasizligiga qaramay faol siyosat olib bora boshladi. Ayniqsa tashqi siyosatda muhim qadamlar tashlandi. Bu vaqtda Germaniya imperiyasining nufuzi o'sib kelayotgandi. Nikolay Frantsiya va Angliya bilan do'stona aloqalar o'rnatishga intildi. Imperatorning Sankt-Peterburgda birinchi marta omma oldida chiqishi 1895 yil 17 (29) yanvarda Qishki saroyning Nikolay zalida zodagonlar, zemstvolar va shaharlar deputatlari oldida so'zlagan nutqi bo'ldi. Nutqning qisqacha mazmunida podsho davlat boshqaruviga zemstvo va boshqa organlarning ishtirokiga yo'l qo'ymaslik va avtorkratiyani mustahkamlash edi.


Imperator va uning rafiqasi toj kiyish marosimi 1896 yil 14 (26) mayda bo'lib o'tdi. Rasmiy tadbirning yomon tashkil etilishi dahshatli tirbandlikka olib keldi, unda rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 1379 kishi halok bo'ldi, yana bir necha yuz kishi jarohat oldi. Fojia jamiyatda juda og'ir taassurot qoldirdi. Mazkur qonli voqea va undan keyingi 1905 yil 9 yanvar («Qonli yakshanba») voqealari munosabati bilan Nikolay II radikal muxolifat tomonidan «Qonli» laqabini oldi.


Na foto: Nikolay i Alisa, yego kuzen Vil'gel'm II, koroleva Viktoriya i yee doch' Beatrisa, vnuk Aleksandra II i prints Saksen-Koburg-Gotskiy Al'fred v nemetskom gorode Koburg, aprel' 1894 goda.

Molodoy Nikolay mechtal jenit'sya na Aliks (kak on nazival svoyu budushuyu jenu, nemetskuyu printsessu Alisu Gessen-Darmshtadtskuyu) s 1889 goda. No togda printsessa ne ponravilas' ottsu Nikolaya, Aleksandru III. Spustya pyat' let, vvidu bolezni imperatora i otsutstviya drugoy podxodyashey nevesti, a takje blagodarya staraniyam sestri Aliks, kotoraya bila jenoy knyazya Sergeya Aleksandrovicha, reshenie vse-taki bilo prinyato. Tsesarevich otpravilsya v Koburg, gde 5 (17) aprelya poprosil ruki printsessi.


«Qonli yakshanba» Nikolay hukmronligida alohida o'rin tutadi. Aynan bu voqea Rossiyada yetilib borayotgan inqilobiy kayfiyatning ilk uchqunlari edi. Unda Peterburg ishchilari bilan hukumat askarlari to'qnashdi. 9 yanvardagi «Qonli yakshanba»da 200 nafargacha ishchi halok bo'ldi, yana yuzlab kishilar qamoqqa olindi. O'sha kuni kechqurun imperator Nikolayga Sankt-Peterburgdagi voqealar haqida xabar berildi. Imperator hodisalar haqida kundaligiga quyidagi bitiklarni qoldirgan: «Qiyin kun! Sankt-Peterburgda ishchilarning Qishki saroyga borish istagi natijasida jiddiy tartibsizliklar yuz berdi. Qo'shinlar shaharning turli joylarida o'q otishga majbur bo'ldi, ko'plab qurbonlar va yaradorlar bor edi. Yo parvardigor, qanchalik og'riqli va qiyin!». Lekin hukmdor muxoliflari qon to'kilishida yaqqol uni aybladi va hatto u haqda «Xalq jallodi» nomli maqola ham yozildi.


Shunga qaramay Nikolay davrida ma'lum ijobiy yutuqlarga ham erishildi, Rossiyada ayrim sohalarda yuksalish bo'ldi. Rossiya imperiyasi tabiiy fanlar va muhandislik ta'limida yaxshi natijalarga erishdi, oliy texnik, harbiy muhandislik va tijorat maktablari talabalari soni 40-45 mingga yetdi va shu tariqa 1904 yilga kelib jahon yetakchisiga aylandi. 1897 yil yanvarda rubl' uchun oltin standartni o'rnatgan pul islohoti o'tkazildi. Oltin rublga o'tish sababi milliy valyutaning qadrsizlanishi edi: pul kursi islohoti muvaffaqiyatli va iqtisodiy zarbalarsiz amalga oshirildi. 1885-1913 yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlarining o'sish sur'ati o'rtacha 2% ni, sanoat ishlab chiqarishining o'sish sur'ati esa yiliga 4,5-5% ni tashkil etdi. Donbassda ko'mir qazib olish 1894 yildagi 4,8 million tonnadan 1913 yilda 24 million tonnagacha oshdi. Kuznetsk ko'mir havzasida ko'mir qazib olish boshlandi. Neft' qazib olish Boku, Grozniy va Emba shaxarlari yaqinida rivojlangan.



Rus-yapon urushidagi mag'lubiyat va 1905 yildagi qonli voqealar Nikolayni yon berishga majbur etdi. Natijada mamlakatda konstitutsion monarxiya joriy etish yo'lida islohotlar o'tkazildi. 1905 yil avgustda Davlat Dumasini tashkil etish to'g'risida manifest imzolandi («qonunchilik takliflarini oldindan ishlab chiqish va muhokama qilish, davlat daromadlari va xarajatlari ro'yxatini ko'rib chiqish uchun berilgan qonun chiqaruvchi maslahat muassasasi»). Davlat Dumasi to'g'risidagi qonun va Dumaga saylovlar to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Liberal jamoatchilik nuqtai nazaridan, manifestda rus avtokratiyasining tugashi monarxning cheksiz hokimiyati sifatida belgilandi.


Nikolay II ning bolalari besh nafar bo'lgan: qizlari Olga (1895 yil 3 noyabr'), Tatyana (1897 yil 29 may), Mariya (1899 yil 14 iyun') va Anastasiya (1901 yil 5 iyun'), shuningdek, uning o'g'li Aleksey (1904 yil 2 avgust). Bolaga og'ir kasallik – gemofiliya (qon ivimasligi) tashxisi qo'yilgan.


1914 yilda Birinchi jahon urushi boshlandi, bu Rossiya imperiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatdi va faqat ichki siyosiy ziddiyatni kuchaytirdi. Urush Rossiyaga ko'plab qurbonlar va iqtisodiy qiyinchiliklar keltirdi. Mamlakatda narx-navolar keskin oshib ketdi, inqilobchi kuchlar o'ta faollashdi. Nikolay II ning urushdagi muvaffaqiyatsizliklari natijasida 1917 yilda Petrogradda qo'zg'olon boshlandi, tarixda «fevral revolyutsiyasi» deya nom olgan jarayon oqibatida podshoh o'z ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi. U taxtdan ukasi Mixail foydasiga voz kechgandi, ammo Mixail ham podsho bo'lishni istamadi. Rossiyada hokimiyat Kerenskiy boshchiligidagi Muvaqqat hukumat qo'liga o'tdi.


Oktbyar to'ntarishi va bolsheviklarning hokimiyatga kelishi, Sovet Rossiyasida boshlangan fuqarolar urushi taloto'pida podsho oilasi ham sarsongarchiliklarni boshdan kechirdi.



Nihoyat sobiq imperator oilasi 1918 yil 16 iyuldan 17 iyulga o'tar kechasi Yekaterinburgdagi muhandis Nikolay Ipatievning uyi yerto'lasida otib o'ldirilgan. Hammasi bo'lib 11 kishi halok bo'ldi: imperator Nikolay II ning o'zi, uning rafiqasi Aleksandra Fedorovna, to'rt qizi - Olga, Tatyana, Mariya va Anastasiya, o'g'li Aleksey, ularning xizmatchisi Aloysius Trupp, xizmatchi Anna Demidova, shuningdek, Romanovlar oilaviy shifokori Yevgeniy Botkin va oshpaz Ivan Xaritonovlar ham otib tashlandi. Hukmni Yakov Yurovskiy ijro etgan. U podsho oilasiga Ural ijroiya qo'mitasi hukmini o'qib bergan. So'ngra otishma boshlandi, ammo ko'pchilik vaqtida o'lim topmadi. Ular malika va Nikolayning to'ng'ich qizi Olgani o'ldirishga muvaffaq bo'ldi, ammo qolgan bolalar birinchi o'qqa tutishdan omon qoldi. Nikolayning xasta o'g'li Aleksey xonadan qochishga urindi, ammo Yurovskiy uni tutib olib, boshiga urdi va qulog'iga ikki marta o'q uzdi. Sobiq imperator oilasi egnida juda qimmatbaho ashyolar bor edi va Yurovskiy askarlar uni o'g'irlab ketishidan ham xavfsirardi.


Podsho oilasining otib tashlanishi borasida ko'plab faraz va taxminlar aylanib yuradi. Ular bolsheviklar tomonidan otib tashlangani aniq edi, o'sha paytdagi rahbar Leninning bunga munosabati esa noma'lum. Ayrim manbalarga ko'ra, Lenin va Troitskiyda podshoni Birinchi jahon urushi va boshqa muammolar sabab sud qilish fikri bo'lgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, yangi Rossiyaning Buyuk Britaniya va Germaniya hukumatlari bilan munosabatlari taxtdan voz kechgan imperatorning taqdirida katta rol' o'ynagan: bu davlatlarning rahbarlari Romanovlar bilan qon-qarindoshlari bo'lgan va bol'sheviklar undan foydalanishni xohlashgan. Lekin bu amalga oshmadi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat