Sadir Japarov o'zbekistonlik boks murabbiysiga avtomobil sovg'a qildi
Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov o'zbekistonlik boks murabbiysi Akmal Xasanov bilan uchrashib, Munarbek Seyitbek o'g'lining g'alabasiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik belgisi sifatida avtomobil sovg'a qildi.
Jaaparov o'zbek murabbiyining bu harakati Qirg'iziston va O'zbekiston xalqlarining do'stligi va hamjihatligini ulug'laganini alohida ta'kidlagan.
“Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qo'llab-quvvatlab, birdamlik va do'stona munosabatlarni namoyon etayotganini butun dunyo ko'rdi. Men esa birligimizning yanada mustahkamlanishini tilayman”, – deydi Sadir Japarov.
Eslatib o'tamiz, qirg'izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o'g'li Parij Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritdi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0