Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichilik qilish taqiqlandi
Sankt-Peterburgda migrantlarga 2025 yil oxirigacha taksichilik qilish taqiqlandi. Tegishli farmonni shahar gubernatori Aleksandr Beglov imzolagan, u 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Qaror taksi xizmatlari sifati va xavfsizligini oshirish hamda Rossiya fuqarolari uchun qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishga qaratilgan, deya ta'kidlamoqda shahar ma'muriyati.
Bundan tashqari, yil oxirigacha taqiqning joriy etilishi uning shahar hayotiga ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini baholash va 2026 yilda qanday choralarni ko'rish zarurligi to'g'risida qaror qabul qilish imkonini beradi.
Taksi xizmati bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar uchun uch oylik o'tish davri ko'zda tutilgan, bu davrda ular mavjud mehnat munosabatlarini tugatishlari va yangi xodimlarni jalb qilishlari kerak.
O'tgan yilning avgust oyida Leningrad viloyatida chet el fuqarolariga 2024-yil oxirigacha taksi xizmatini ko'rsatish sohasida ishlash taqiqlangan edi. 2025-yil yanvar oyida Tataristondagi bir qator kompaniyalarga joriy yil oxirigacha patent asosida ishlayotgan xorijliklarni ishga olish taqiqlangan edi. Сhet elliklarga taksi, xavfsizlik xizmatlari, shu jumladan, xususiy va veterinariya sohasida ishlash taqiqlandi.
Bundan tashqari, Kamchatkada migrantlarning taksida ishlashi ham cheklandi. U yerda faqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari rezidentlari haydovchi sifatida ishlashlari mumkin. Gap Belarus, Qozog'iston, Armaniston va Qirg'iziston haqida bormoqda.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0