Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 965.34-14.82

  • EUR

    14 525.07-81.5

  • RUB

    161.34-0.29

+34C

+34C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+34c

  • Hozir

    +34 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 16-May

+34C

  • Hozir

    +34 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 16

    +34 +20

  • Shanba, 17

    +32 +20

  • Yakshanba, 18

    +24 +20

  • Dushanba, 19

    +24 +20

  • Seshanba, 20

    +27 +20

  • Chorshanba, 21

    +30 +20

  • Payshanba, 22

    +33 +20

  • Juma, 23

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Senat 2025 yil uchun Davlat byudjeti to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senatning ikkinchi yalpi majlisida “2025-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida”gi Qonun muhokama etildi.
Iqtisod
1130 14:19 | 18.12.2024 14:19

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo'chqorovning ta'kidlashicha, 2025-yil uchun Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun aholi farovonligini oshirish, kambag'allikni qisqartirish, ijtimoiy soha xizmatlari sifatini yanada oshirish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish va atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan. Unga ko'ra 2025-yilda iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda inflyatsiya darajasi 7 foiz atrofida bo'lishi prognoz qilinmoqda.


Xususan, Qonunda o'rta muddatda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik vazifasidan kelib chiqib, 2025-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 431 trln so'm, xarajatlar esa 480,5 trln so'm miqdorida shakllantirilgan.


Davlat byudjeti daromadlari 308,5 trln so'mni, xarajatlari esa 344,8 trln so'mni tashkil etmoqda. Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari va xarajatlari (byudjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) tegishincha 66,4 trln so'm va 62,8 trln so'm miqdorida rejalashtirilmoqda.


Qonunda keyingi yilda ham xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganligi saqlab qolingan bo'lib, Davlat byudjeti xarajatlarining 52 foizi yoki 177,7 trln so'mi ijtimoiy sohaga yo'naltirilmoqda.


Senatorlar Qonunni muhokama qilish jarayonida byudjet daromadlarini oshirishga, byudjet mablag'larini maqsadli sarflashga alohida e'tibor qaratdi va o'z fikrlarini bildirdi.


Qonunda 2025-yil uchun Davlat byudjeti xarajatlarida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari uchun 3,6 trln so'm ko'zda tutilgan. Sog'liqni saqlash sohasiga esa 41,3 trln so'mni yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 19,8 foizga oshgan holda ajratish rejalashtirilmoqda.


Shuningdek, Prezidentning farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 2025-yilda hududlardagi dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilish, mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish hamda davlat ahamiyatiga molik tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha belgilangan tadbirlar uchun ham mablag' ajratish ko'zda tutilmoqda.


Senatorlar o'z chiqishlarida Qonunda byudjet daromadlari bazasini kengaytirish, mamlakatda aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish, kambag'allikni qisqartirish, ta'lim, sog'liqni saqlash sohalarini hamda mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, tabiatni asrashni rag'batlantirish masalalariga e'tibor qaratilganini ta'kidladi.


Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1271 11:15 | 26.10.2023