“Sirdaryo IES” filialida “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida amaliy o‘quv-seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi «Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 819-son qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Sirdaryo IES” filialida «Xavfsiz mehnat asoslari» mavzusida amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati Kengashi, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda “Sirdaryo IES” filiali hamkorligida o‘tkazildi.
O‘quv-seminari davomida mehnat munosabatlaridagi yangiliklar, 819-son qaror talablari, korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, masʼullar tomonidan ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir so‘ngida savol-javoblar o‘tkazilib, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surgan faol xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur tadbir ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda mehnatni muhofaza qilish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0