Valyuta UZS
  • USD

    12 410.99-85.95

  • EUR

    14 237.89-167.33

  • RUB

    158.38-1

+40C

+40C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+40c

  • Hozir

    +40 C

  • 18:00

    +39 C

  • 19:00

    +37 C

  • 20:00

    +34 C

  • 21:00

    +32 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +28 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 24-June

+40C

  • Hozir

    +40 C

  • 18:00

    +39 C

  • 19:00

    +37 C

  • 20:00

    +34 C

  • 21:00

    +32 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +28 C

  • Seshanba, 24

    +40 +20

  • Chorshanba, 25

    +37 +20

  • Payshanba, 26

    +30 +20

  • Juma, 27

    +33 +20

  • Shanba, 28

    +34 +20

  • Yakshanba, 29

    +34 +20

  • Dushanba, 30

    +34 +20

  • Seshanba, 01

    +33 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Sportchiga ma'naviyat nega kerak?

Mutaxassis mulohazalari
Sport
544 14:45 | 06.02.2025 14:45

Sportda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi, degan gap bor. Bitta harakatni unday emas, bunday bajarish, raqibning taktikasini anglamaslik ortidan oltin kumushga, yoki kumush oltinga aylanib ketishi mumkin. Yoki bo'lmasa, sport – bu paxta terish emas. Katta paxtazorga bugun 10 nafar odamni kiritib yuborib, agar ular terishga ulgurmasa, ertaga yana 20 nafar odam qo'shsangiz, butun paxtazordagi hosil terilishi mumkin. Ammo sportning o'z chuqur ilmi bor.


Biz so'nggi olimpiadadagi natijalarni yo'qotib qo'ymaslik, yanada yuksaltirish uchun ana shu ilmni puxta o'rganishimiz, egallashimiz lozim. Avvalo, har bir sportchi kuchli tayyorgarlik va texnikaga ega bo'lishi, tinimsiz o'z ustida ishlashi bilan birga, yuksak ma'naviyatga, keng dunyoqarashga ega bo'lmog'i lozim. Sababi, ma'naviyati yuksak bo'lmagan sportchi ozgina yutuqlaridan havolanib, kibrlanib ketadi.


Biz Parij – 2024 olimpiadasi sport yulduzlarimizni ana shunday kibrlanib ketishidan asrashimiz zarur. Sport kibrni yoqtirmaydi. Qolaversa, kibrga berilgan sportchi e'tibortalab bo'lib qoladi. Ma'naviyati yetarli bo'lmagani tufayli har xil ko'cha kuchlarining ta'siriga tushishi, o'z yo'lidan og'ishib ketishi mumkin. Oqibatda oldingi yuksak natijalarini takrorlolmay qoladi, tezda “so'nadi”.


Los Anjelesdagi marramiz – kuchli o'ntalikka kirish!
Joriy yil Frantsiyada kechgan Olimpiada sovrindorlariga Davlat mukofotlarini topshirish jarayonida Prezidentimiz 2028 yilgi Los Anjelesda bo'ladigan musobaqalarda kuchli o'nlikdan joy olishimiz kerakligi, buning uchun barcha chora-tadbirlar, tayyorgarliklar ko'rilishi lozimligini ta'kidladilar. Albatta, bu juda katta marra. Tasavvur qiling, bu natijaga erishish uchun biz kamida Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya kabi davlatlardan birining natijalaridan o'zib ketishimiz kerak.


Bu oson emas. Buning uchun Diyora Keldiyorovaning ortida huddi uning o'zi kabi tirishqoq, kamida 5-6 nafar “Diyora”, yana 5-6 nafar Bahodir Jalolovdek sportchilarimiz, har bir yo'nalishda ular darajasida tayyorlangan “yonib turgan” aqlan va jismonan kuchli yoshlarimiz kerak. Hozirdanoq xalqaro darajadagi musobaqada qatnashishga munosib sportchilarimizni saralab, ular bilan qanday ishlash rejasini tuzib, kuchli tayyorgarlikni boshlashimiz lozim.


Shu bilan birga, har bir sport yo'nalishida dunyodagi eng kuchli sportchilarning, bo'lajak raqiblarning uslubi, taktikasini diqqat bilan aqlan va qalban o'rganib, kuzatib borish maqsadga muvofiq. Eng muhimi, sportchilarimiz oxirgi yuksak natijalariga maxliyo bo'lib qolmasligi, o'zlarini tinimsiz rivojlantirib borishlari zarur. Zero, sport xatolarni kechirmaydi. U tinimsiz mehnatni, yetuklikni talab qiladi.


Hamroqul Rofiev,
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi,
sport jonkuyari


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport
Kayfiyat fasli
0 1552 11:23 | 02.10.2023
Sport