SQB Surxondaryoda «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlarini boshladi
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida «O‘zsanoatqurilishbank» Surxondaryo viloyatida o‘ziga biriktirilgan mahallalarda «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlarini boshladi.
Sariosiyo tumanining «Sharafobod» va «Yoqutli bog‘», Denov tumanining «Yangi Hazorbog‘» mahallalarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni tartibga keltirish va aholi yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Tadbirlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va «mahalla ettiligi» vakillari ishtirok etmoqda. Ko‘chalar hamda jamoat joylari obodonlashtirilib, chiqindilar tozalanmoqda, daraxtlar parvarish qilinib, yangi ko‘chatlar ekilmoqda, devorlar oqlanmoqda.
Shuningdek, bank aholi daromadini oshirishga xizmat qilayotgan namunaviy loyihalarni boshqa xonadonlarda ham joriy etish ishlarini amalga oshirmoqda. «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari bankka biriktirilgan boshqa mahallalarda ham bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0