+37C

+37C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Sud eksperti: Bolalar ichimligi va shirinliklar tarkibida “narkotik-og‘u”lar aniqlanmoqda

(Sud eskperti bilan eksklyuziv suhbat)
Madaniyat va ma'rifat
989 20:20 | 29.07.2026 20:20

So‘nggi yillarda sintetik giyohvand moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi vositalar tobora yangi ko‘rinishlarda tarqalmoqda. Ular endilikda kapsula, ko‘z tomchisi, saqich, pechene, bolalar ichimligi va hatto shirinliklar ko‘rinishida ham uchramoqda. Bu esa, ayniqsa, yoshlar va maktab o‘quvchilari uchun jiddiy xavf tug‘diryapti. Mazkur mavzuda Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti Adibaxon Anvarovna bilan suhbatlashdik.



–Hozirgi kunda markazingizga kelib tushayotgan ekspertizalarda qanday o‘zgarishlar kuzatilmoqda?


– Bugungi kunda markazimizga kelib tushayotgan giyohvandlik vositalari bo‘yicha ekspertizalarda sintetik moddalar ulushi sezilarli darajada oshgan. Hozirda ekspertizaga yuborilayotgan giyohvandlik vositalarining qariyb 50 foizini aynan sintetik moddalar tashkil etmoqda. Bu esa bizni jiddiy xavotirga solmoqda. Chunki sintetik giyohvandlik moddalari anʼanaviy giyohvandlik vositalariga nisbatan bir necha barobar kuchli taʼsir ko‘rsatadi. Juda oz miqdori ham inson organizmiga og‘ir zarar etkazishi, ayrim hollarda esa birinchi isteʼmolning o‘zidayoq o‘limga olib kelishi mumkin.


– Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi bo‘limida ekspertiza jarayonlari qanday amalga oshiriladi?


– Dastlab ish belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Shundan so‘ng laboratoriyada modda bir necha bosqichli tahlillardan o‘tkaziladi. Zamonaviy uskunalar yordamida uning turi, miqdori va kimyoviy tarkibi aniqlanadi. Moddaning murakkabligiga qarab ekspertiza bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin.


– Amaliyotingiz davomida, bugungi kunda qaysi yosh toifasida ko‘proq narkotik moddalar qabul qilish holatlari ko‘paymoqda?


– Afsuski, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday holatlar tobora yosharmoqda. Bugungi kunda maktab o‘quvchilari, talabalar va boshqa yoshlar orasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish holatlari ko‘paymoqda. Ko‘pincha ular ijtimoiy tarmoqlar, tanishlari yoki do‘stlari orqali ushbu moddalarni bir marta sinab ko‘rishga undaladi. Ammo aynan o‘sha birinchi isteʼmol keyinchalik qaramlikka sabab bo‘ladi.
Chunki yoshlarni ishontirish osonroq. Ularga “bir marta sinab ko‘r”, “hech narsa bo‘lmaydi”, “muammolaringni unutasan” kabi yolg‘on vaʼdalar beriladi. Birinchi doza odatda tekin yoki juda arzon narxda beriladi. Keyinchalik esa u pullik bo‘ladi va yoshlar moddani sotib olish uchun turli noqonuniy yo‘llarga qo‘l urib ko‘rishi mumkin.


– Bu kabi vaziyatlarda ota-onalar farzandidagi qanday belgilarni eʼtibordan chetda qoldirmasligi kerak?


– Uyquchanlik, jizzakilik, xotiraning sustlashishi, darslarga qiziqishning pasayishi, oiladan uzoqlashish, sababsiz ko‘proq pul so‘rash kabi holatlar jiddiy ogohlantiruvchi belgi bo‘lishi mumkin. Afsuski, ayrim ota-onalar buni oddiy o‘tish davri bilan bog‘laydi. Vaqtida eʼtibor berilmasa, vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin. Amaliyotim davomidashunday voqea ham bo‘lgan edi. Bir ona farzandining xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni sezib, uning sumkasidan topilgan nomaʼlum kapsulani ekspertizaga olib kelgan edi. Laboratoriya tekshiruvlari natijasida kapsula tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda borligi aniqlandi. Yaxshiyamki, ota-ona vaqtida murojaat qilgan va farzandiga zarur yordam ko‘rsatilgan.


– So‘nggi paytda sizni ekspert sifatida eng ko‘p tashvishga solayotgan holat nima?


– Eng katta xavotir shundaki, bugungi kunda giyohvand moddalar oddiy mahsulotlar ko‘rinishida tarqatilmoqda. Amaliyotimizda bolalar ichimligi, Chupa Chups, saqich va pechene tarkibida sintetik yoki boshqa turdagi giyohvand moddalar aniqlangan holatlar uchradi. Bu juda xavfli jihat hisoblanadi. Chunki mahsulotning tashqi ko‘rinishi hech qanday shubha uyg‘otmaydi. Bola ham, ota-ona ham mahsulotning tashqi ko‘rinishidan xavfni sezmaydi. Asl tarkibini esa faqat laboratoriya tahlillari aniqlab bera oladiyu


– Giyohvand moddalar bilan ishlash ekspertlar sog‘lig‘i uchun ham xavf tug‘diradimi?


– Ha. Ayniqsa, yashirin narkolaboratoriyalardan olingan namunalar bilan ishlashda juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Hatto himoya vositalari bo‘lishiga qaramay, ayrim holatlarda moddalarning kuchli hidi ekspertlarning sog‘lig‘iga salbiy taʼsir ko‘rsatgan. Shu sababli barcha ekspertizalar maxsus ventilyatsiya tizimlari va himoya vositalari ostida amalga oshiriladi.


– Suhbatimiz yakunida ota-onalar va yoshlarga qanday murojaat qilgan bo‘lardingiz?


– Bugungi kunda sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki butun jamiyat uchun jiddiy xavfga aylanmoqda. Eng tashvishlisi shundaki, bunday moddalar endi oddiy mahsulotlar ko‘rinishida tarqatilmoqda. Shirinlik, saqich, ichimlik yoki kapsula ko‘rinishidagi mahsulot tashqi tomondan mutlaqo shubha uyg‘otmasligi mumkin. Shu bois har bir ota-ona farzandini bu kabi xavflardan ogoh qilishi, nomaʼlum shaxslar bergan hech qanday mahsulotni qabul qilmaslikni o‘rgatishi kerak.


Farzandlarimiz bilan ochiq va samimiy muloqot qilish bugungi kunda eng muhim himoya vositalaridan biridir. Ular kimlar bilan muloqot qilayotgani, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani, internet va ijtimoiy tarmoqlarda nimalarga duch kelayotgani bilan muntazam qiziqib turish lozim.


Yana bir muhim jihat, bolalarni “yo‘q” deyishga o‘rgatishdir. Do‘sti yoki begona biror kishi “bir marta sinab ko‘r”, “hech narsa bo‘lmaydi”, deb taklif qilganida, rad javobini bera olishi ham ularni ko‘plab xavflardan asrashi mumkin. Biz farzandlarimizning har bir qadamini nazorat qila olmaymiz, ammo ularga to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgata olamiz.


Men nafaqat ekspert, balki ona sifatida ham barcha ota-onalarni farzandlariga yanada eʼtiborli bo‘lishga chaqiraman. Chunki bugun ko‘rsatilgan eʼtibor, o‘tkazilgan bitta samimiy suhbat yoki vaqtida bildirilgan ogohlantirish ertaga farzandingizning sog‘lig‘i, kelajagi, hatto hayotini saqlab qolishi mumkin.



Dildora DO‘SMATOVA
suhbatlashdi
Ishonch.uz




Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat
Madaniyat va ma'rifat