+37C

+37C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

“Telefon raqamlarini ism-familiyalar bilan saqlamang!” – mutaxassis kiberfiribgarlikdan himoyalanish yo‘llarini tushuntirdi

Jamiyat
80 12:01 | 11.08.2026 12:01

Bugun O‘zbekistonda kiberhujumlarning beshta asosiy belgisi tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Telegram profiliga notanish qurilmalarning ulanishi, sizga tanish shaxslarning telegram profillari orqali qarz so‘rash yoki “.apk” ilovalari, shuningdek, SMS orqali tasdiqlash kodlari kelishi, o‘zini kiberxavfsizlik yoki bank xodimi sifatida tanishtirgan notanish shaxslarning sizga kiberhujum bo‘layotganligi haqidagi ogohlantirishlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali yutuqli o‘yinlar, onlayn pul ko‘paytirish, treding xizmati, musodara tovarlar savdosi kabi xizmatlarning tavsiya etilishi shular jumlasidan.




Andijonda kasaba uyushma faollari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassisi Shamsiddin Sharifjonov yuqoridagi masalalarga batafsil to‘xtalib, bu boradagi xavf-xatardan saqlanish uchun muhim tavsiyalar berdi.

Qayd etilishicha, zaruriyat bo‘lmagan taqdirda bank kartalarini sms xabarnoma xizmatiga ulamaslik kerak. Telegram profiliga begona shaxslar ulangan taqdirda “faol seanslar” xizmati orqali begona qurilmalarni chiqarib yuborish yoki akkauntni o‘chirish, telegramda ikki bosqichli himoya usulini ishga tushirish, bank kartalaridan pul echilish holatlari sodir bo‘lganda, zudlik bilan “112” raqamiga xabar berish orqali tranzaktsiya faolligini to‘xtatib qolish, kredit bitimi tuzishga taqiq qo‘yish kabi jihatlarga eʼtiborli bo‘lishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Mutaxassisga ko‘ra, telefoningiz kontaktidagi tanishlaringiz raqamlarini “Anvar Karimov” yoki “Karimov Anvar Karimovich” kabi ko‘rinishda to‘liq yozmaslik ham muhim ahamiyatga ega. Yo‘qsa, kiberfiribgarlar egallab olingan biror telegram profilidan undagi kontaktlar egalariga ism-familiyasi bilan murojaat etgan holda turli idoralar nomidan soxta rasmiy xatlar yuborib, boshqalarni ham chuv tushirishi ehtimoldan holi emas.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7422 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat