O'tgan yili yurtimizda 12 milliondan ortiq kiberhujumga urinish holatlari qayd etilgan–ma'sul
Konferentsiya davomida mutaxassislar kiberjinoyatlarning tobora ko'payib borayotganiga alohida to'xtalishdi. Shu narsani yodda tutish kerakki, kiberjinoyatlar an'anaviy jinoyatlarga qaraganda o'ta tezkor, ko'lami keng, masofa bilmaydigan, hudud va vaqt tanlamaydigan, aniqlash mushkul bo'lgan jinoyatlar turiga kiradi.
Shunday ekan, savol tug'iladi. Xo'sh, biz bugun shunday jinoyatlarga qarshi kurashishga tayyormizmi? Davlat organlarimiz, mutaxassislarimiz bilim va malakasi yetarlimi? Ularni talabga javob beradigan moddiy-texnik bazasi bormi? Idoralar va banklar o'rtasida o'zaro hamkorlik yetarlimi?
Eng asosiysi, bizning qonunlarimiz talabga javob beradimi, ular bunday illatga qarshi tura oladimi?
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo'mitasi raisi Jahongir Shirinov bu haqda shunday raqamlarni ochiqladi.
– Bugun jamiyatimizda birgina kiberjinoyatlar ko'lami qolgan barcha boshqa an'anaviy jinoyatlar soniga yetib bormokda. Statistik ma'lumotlarga kura dunyoda kuniga bir yarim millionga yaqin kiberjinoyatlar sodir etilar ekan.
Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yili yurtimizda 12 milliondan ortiq kiberhujumga urinish holatlari qayd etilgan.
Eng yomoni ularni fosh etishdagi muammolar, ayrim nopok shaxslarni jazodan qutulib qolishiga, jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta'minlanmasdan qolishiga va oxir-oqibat jabrlangan aholida mas'ul davlat organlaridan norozilik kayfiyatini shakllanishiga sabab bo'ladi.
Bugun biz hatto “kiberkorruptsiya” degan atamadan foydalanishni boshladik.
Albatta, bugungi kunda O'zbekistonda axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi qator chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Bu masalada, Davlat Rahbarining alohida qaror va farmonlari ham qabul qilindi. Banklar tomonidan shubhali moliyaviy amaliyotlar haqida tezkor xabar berish, soxta qo'ng'iroqlarni cheklash tizimini joriy qilish ustida ish olib borilmoqda. Bugungi kunda biz parlament vakillarini tashvishga solib turgan muhim masalalardan biri – bu sun'iy intellekt! Aniqrog'i, sun'iy intellektni qo'llashni huquqiy tartibga solish masalasi!
Hammamiz juda yaxshigina foydalana boshladik, ancha ishimizni yengillashtirib oldik. Lekin, sun'iy intellektdan foydalanish jilovini qo'lga olmasak, ertaga undan g'arazli maqsadda foydalanmoqchi bo'lganlar uchun juda katta imkoniyat yaratib qo'yamiz.
Konferentsiya davom etmoqda.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0