+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

The Economist jurnali “Hormuz bo'g'ozini ochish uchun jang qanday kechardi?” sarlavhali tahliliy maqola e'lon qildi

Siyosat
249 19:20 | 28.03.2026 19:20

Hormuzni ochish — bu “bir-ikki kunlik amaliyot” emas, balki uzoq davom etadigan, qimmatga tushadigan va natijasi noaniq bo'lgan o'ta xavfli kampaniyadir.


1. Bu bo'g'oz emas — bu qopqon


Hormuz — qirg'oqdan o'qqa tutiladigan tor yo'lak. Uni himoyasi uchun Eronga “flot saqlash”ning hojati yo'q — minalar, dronlar, raketalar va katerlarning o'zi kifoya. Hozirning o'zidayoq kemalarga qilinayotgan hujumlar qatnovni deyarli nolga tushirdi. Ya'ni, qisman tahdidning o'ziyoq blokada vazifasini o'tamoqda.


2. Amaliyot ko'p bosqichli va cho'ziluvchan bo'ladi


Taxminlarga ko'ra, AQSh amaliyoti kamida uch bosqichdan iborat bo'ladi:
- Havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketa pozitsiyalarini bostirish;
- Dengizni minalar va dronlardan tozalash;
- Kemalarni doimiy ravishda kuzatib borish.


Har bir bosqich haftalab davom etadi. Bu vaqt davomida esa kemalar, aviatsiya va shaxsiy tarkib doimiy zarbalar ostida qoladi.


3. Yo'qotishlar muqarrar


AQSh to'liq ustunlikka ega bo'lsa-da, Eron asimmetrik o'yin olib bormoqda: qimmatbaho kemalarga qarshi arzon dronlar, minalar va qirg'oq raketalari. Birgina xato — va milliardlab dollarlik esminetsdan ayrilish mumkin. Bundan tashqari, ayrim stsenariylar (masalan, asosiy nuqtalarni egallab olish) “o'z joniga qasd qilish missiyalari”ga yaqin deb baholanmoqda.


4. Iqtisodiyot amaliyotdan tezroq qulaydi


Hormuz bo'g'ozi orqali jahon neftining qariyb 20 foizi o'tadi. Qatnovning qisman izdan chiqishi ham 70 yillardan buyon kuzatilmagan eng yirik energetik zarbaga sabab bo'ladi. Ya'ni harbiylar “bo'g'ozni ochgunicha” jahon iqtisodiyoti allaqachon zarba qabul qilib bo'ladi.


5. Muvaffaqiyat qozonilgan taqdirda ham natija noaniq


Agar AQSh bo'g'ozni jismonan “ochsa” ham, uni doimiy nazoratda ushlab turishiga to'g'ri keladi. Eron arzon vositalar yordamida kema qatnovini qayta-qayta izdan chiqarishi mumkin. Bu g'alaba emas, bu — olov ostidagi tor yo'lakni cheksiz qo'riqlash degani.


Boshqacha aytganda: bu “bo'g'ozni ochish” amaliyoti emas, bu — “unda abadiy qolib ketish” amaliyotidir.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat