Tibbiyot xodimlari 5 kunlik ish rejimiga o'tadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2025 yildagi PQ-336-son qarori 5-bandiga ko'ra 2026 yil 1 apreldan boshlab davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi:
5 kunlik ish haftasiga o'tkaziladi;
bayram va dam olish kunlarida navbatchilik asosida ishlash yo'lga qo'yiladi.
Ish rejimini 5 kunlik ish haftasiga o'tkazish uchun Mehnat kodeksi talablariga ko'ra quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1. Mehnat kodeksining 137-moddasi 5-qismiga asosan ommaviy ravishda xodimlarni mehnat shartlari o'zgarayotganligi uchun muassasaning kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan dastlabki maslahatlashuvlarni o'tkazish (2026 yil 1 fevralgacha).
2. Ish rejimi belgilangan ichki hujjatlarni: jamoa shartnoma (agar belgilangan bo'lsa), ichki mehnat tartib qoidalari va ish vaqti jadvallarini kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishgan holda o'zgartirish (2026 yil 1 fevralgacha).
3. Mehnat kodeksining 137-moddasi 2-qismiga asosan kamida 2 oy oldin xodimlarga (kunduzgi xodimlarga) mehnat shartlari o'zgarishi haqida yozma shaklda imzo qo'ydirib, ogohlantirish xati berish (2026 yil 1 fevralgacha).
4. Ichki hujjatlarga kiritilgan o'zgartirishlar bilan barcha xodimlarni tanishtirish (2026 yil 1 aprelgacha).
5. Xodimlar (kunduzgi) bilan mehnat shartnomalariga o'zgartirishlar kiritish (2026 yil 1 aprelgacha).
Ichki hujjatlarga o'zgartirish kiritishda Mehnat kodeksining 184, 477 va 478-moddalari va vazirlar Mahkamasining 14.11.2024 yildagi 758-son qarorining 4 va 8-ilovalarida belgilangan haftalik va kunlik ish vaqti me'yorlariga rioya etish kerak.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0