Urush nogironlari va ishtirokchilariga transportda imtiyozlar beriladi
Yangi qaror bilan urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan ayrim shaxslarni transportdan imtiyozli foydalanish tartibi belgilandi.
2026 yil 1 oktyabrdan:
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga:
- havo transporti;
- temir yo‘l transporti;
- shaharlararo avtobuslarda bepul yoki 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari beriladi.
Chiptalar «Uzbekistan Airways» va boshqa rezident aviakompaniyalar, «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning vakolatli bo‘linmalari, avtovokzal va avtostantsiyalar tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi maʼlumotlar asosida beriladi.
Imtiyozli chipta olish uchun faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat — ID-karta yoki biometrik pasport talab etiladi.
Bunda:
- havo transportida — «ekonom» tarif;
- temir yo‘l transportida — «ekonom», platskart yoki kupe joylariga chipta beriladi.
- 2027 yil 1 yanvardan esa imtiyozli toifadagi fuqarolarga avia, temir yo‘l va shaharlararo avtobus chiptalarini «Ijtimoiy karta» («Baraka») mobil ilovasi orqali bepul yoki imtiyozli narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Transport xizmatlari xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0