VAShINGTON GAPIRADI, BERLIN eshitadi
1943 yilning 29 iyul' kuni tongda nemis generali Yodlga vazirlik pochtasidan muhrlangan maktub keladi. Uning jildida o'ta maxfiylikni anglatuvchi
«U» belgisi, ichida esa Ruzvel't va Сherchillning transatlantika orqali o'tkazgan suhbatining yozuvli matni bor edi.
AQSh prezidenti va Angliya bosh vaziri suhbatlari o'ta maxfiy o'tgan. Uning dushman tomoniga yetib borishi xayolga ham kelmagan. Buning ustiga, mutaxassislar suhbatdoshlar nima haqda gaplashayotganini yashiradigan muhim kodlar qo'yilganiga amin edilar.
Qolaversa, Amerikaning «Bell telefon sistems» firmasi har qanday suhbatni tinglash va qayd etishning oldini olish maqsadida ishchi to'lqinni mayda diapazonlarga bo'lib yuborgani bois inson tovushining tezligini o'zgartirishga olib keladigan maxsus dastur ham ishlab chiqqan edi.
1939 yilning kuzida ixtiroga «A-3» nomi beriladi va Ruzvel'tning abonentlar bilan suhbatlari o'tadigan radiotelefon kabeliga ulab qo'yiladi. Biroz vaqt o'tgach, yanada takomillashtiriladi.
Bundan tashqari, suhbat xavfsizligini ta'minlash uchun boshqa qator choralar ham ko'riladi. Muhandislarning alohida guruhi prezidentning shaxsiy xalqaro aloqasiga tajovuzning oldini olishni muntazam nazorat qilib turgan. Masalan, elektron blok suhbat davomida radioto'lqinni o'zgartirib bergan.
Shunday qilib, dushmanning maxsus xizmati suhbatni tinglashga kirishgandan so'ng ko'p o'tmay efirda sokinlik hukm suradi. Shuning uchun AQShda ham, Angliyada ham transatlantika kabeli orqali suhbatlar mutlaqo xavfsiz ekaniga ishonch bo'lgan.
Xo'sh, yirik davlatlar rahbarlarining telefon suhbatlari shu qadar kodlashtirib tashlangan bo'lsa, u holda nemislar muvaffaqiyatga qanday erishganlar?
Ma'lum bo'lishicha, 1939 yilning kuzida nemis razvedkasining amerikalik agenti o'z rahbariga Ruzvel'tning okeanorti suhbatlarini yozib olish imkonini yaratib beradigan «skremblere» – maxsus uskuna to'g'risida chop etilgan gazeta maqolasini yuboradi. Jihoz go'yoki Oq uyning podvalida joylashgani aytiladi.
Material rahbariyatni qiziqtirgani aniq. Unda nafaqat suhbatlarni qayd etish, balki bevosita kabeldan olinadigan yuqori chastotali signalni o'rganishga qiziqish ham ortadi.
1941 yilning yoziga kelib, tadqiqotga kirishiladi. Pochta xizmati bilan birga muhandis Vetterleyn boshchiligidagi konstruktorlar guruhi bu ish bilan shug'ullanadi. Ish jadal ketadi va sentyabr' oyiga kelib, jihozni kodlash va dekodlashning dastlabki namunalarini o'rganishga erishiladi.
1942 yilning mart oyiga kelib, ish nihoyasiga yetadi va Gollandiyaning Eyndxoven shahrida yirik maxsus antennalar joylashtirilgan stantsiya ishga tushiriladi. Uskuna shu darajada mukammal ediki, qayd etilgan suhbatlar shu joyning o'zida matn holiga keltirilardi. Tovushni yozib olish jarayonida kodlar almashayotgan yigirma soniya ichida so'zlarning bor-yo'g'i bir necha bo'g'inlarigina efirdan yo'qolib qolardi, xolos.
Suhbatni yozib olishdan boshlab, to uning mazmunini qog'ozga tushirgunga qadar Berlindagi mutaxassislar ko'pi bilan ikki soat vaqt sarflar edilar. Bu o'sha davrda razvedka xizmatlarining maxfiy ma'lumotlarni tezkor olishning eng maqbul usuli edi.
Abror XON



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0