Jabrlanganga moddiy yordam ham, ta'til ham berilmadi
Toshkent viloyatidagi “Zhonctzan chemical” MСhJ qo'shma korxonasida ishlovchi Yo.Rustamov ish paytida tan jarohati oldi. Lekin unga davolanishi uchun moddiy yordam uyoqda tursin, ta'til ham berilmadi.
Shundan so'ng, Yo.Rustamovga muolajalar qilayotgan, uning turmush o'rtog'i N.Rustamova O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashiga zarar undirilishini va davolanish uchun rasman ta'til berilishini so'rab murojaat qildi. Kengashning mehnat-texnik hamda mehnat-huquq inspektorlari tomonidan holat atroflicha o'rganildi. Natijada jabrlanuvchiga foydalanilmagan mehnat ta'tili hamda davolanishi uchun jami 44 mln. so'm miqdorida mablag' undirib berildi.
Shuningdek, Bo'ka tumanida joylashgan “Qarshi stroy sentr” MСhJda ishlovchi N.Xudoyberdievning o'tgan yilning noyabr oyi ish haqi hamda mehnat ta'tili uchun haq to'lanmaganligi to'g'risidagi murojaati ham o'rganildi. Inspektorlarning sa'y-harakatlari tufayli, korxona tomonidan N.Xudoyberdievga jami 12 mln so'm mablag' to'lab berildi.
Mashrab Mirzaev,
Shokir Xazratkulov,
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Toshkent viloyati kengashi inspektorlari
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0