+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

“Zamonaviy fizikaning onasi”, ikki karra Nobel' mukofoti sovrindori Mariya Kyurining hayoti va faoliyati haqida

Mariya Kyuri (qizlik familiyasi Sklodovskaya), fizika va kimyo sohasida yangi omillarni kashf qilish borasida ko'p va ajoyib ishlar qilgan ayol.
O'zgacha rakurs
1831 13:03 | 09.03.2024 13:03

U 1867 yili Pol'shaning poytaxti Varshavada kambag'al oilada dunyoga keladi. Mariyaning o'zidan tashqari yana to'rt nafar uka-singlisi bor edi. Uning otasi o'qituvchi bo'lgan. Onasi esa sil kasalligidan aziyat chekkan. Qiz hali maktab o'quvchisi bo'lgan davridayoq onasidan ayriladi.


Mariyada o'quvchilik davridayoq fizika va kimyoga katta qiziqish uyg'onadi. U qunt bilan o'qib, 24 yoshida guvernantlik qilib ishlab yurgan davrida yetarlicha pul yig'ib, Parijga borishga muvaffaq bo'ladi va u yerda Sorbonna universitetini muvaffaqiyatli tugatadi.


Parijda bo'lajak eri bilan uchrashadi va u bilan birga fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar borasida uzoq sayohat qildi va shu bilan birga yangi radioaktiv elementni birgalikda kashf etishdi. Aynan shu kashfiyot ortidan Nobel' mukofotiga sazovor bo'lishdi.
Mariyaning hayoti boshidan oxirigacha tadqiqotga bag'ishlanadi. Shuning uchun ham o'limidan so'ng “Zamonaviy fizikaning onasi” deb nom olgan.


Ikki karra Nobel' mukofoti sovrindori
Mariya ikki marta Nobel' mukofotiga sazovor bo'lgan yagona ayol. U birinchi mukofotni turmush o'rtog'i P'er Kyuri bilan birga 1903 yilda fizika sohasida oldi. Ikkinchi mukofot esa faqat unga topshirildi.


Zamonaviy fizikaning onasi
Mariya Kyuri zamonaviy fizikaning onasi deb atalgan. Сhunki u tarixda qo'rg'oshin qopqog'i bilan muhrlangan tobutda dafn etilgan yagona odam edi. Shunday qilib, ayolning tanasi shu qadar radioaktiv ediki, uning tobut qopqog'ini 2,5 santimetrlik qo'rg'oshin varag'i bilan to'ldirishga majbur bo'lingan.


Radioaktiv narsalar
Mariya Kyuri 80 yildan ko'proq vaqt oldin vafot etdi. Ammo shu paytgacha uning barcha shaxsiy buyumlari, jumladan, kiyim-kechaklari, yozuvlari, uyidagi mebellari shu qadar radioaktivlikni o'z ichiga oladiki, hozir ham odamni o'ldirishi mumkin. Frantsiya uning barcha shaxsiy narsalarini o'zining shaxsiy mulki deb atadi va ularni Parijdagi Frantsiya Milliy kutubxonasiga joylashtirdi.

Xavfsizlik shakli
Parij kutubxonasiga tashrif buyurgan har bir kimsa Mari Kyuri buyumlarini ko'zdan kechirish uchun taqdim etiladigan bo'limda Nobel' mukofoti laureatining buyumlari xavfsiz emasligidan xabardor ekanliklarini va ko'rsatmalar bilan tanishganliklarini bildiruvchi maxsus hujjatga imzo chekishi kerak. Narsalar radiy 226 bilan singdirilgan. Bu element juda uzoq parchalanish davriga ega, ayolning buyumlari sog'liq uchun xavfsiz darajasiga yetishi uchun 1,5 ming yildan ko'proq vaqt kerak bo'ladi. Bundan tashqari, barcha tashrif buyuruvchilar himoya kostyumini kiyishlari shart.

Tumor
Ayol nafaqat radioaktiv elementlar bilan ochiq ishlashdan qo'rqmadi, balki ko'krak zanjirida ham tumor taqib olgan. Tumor kichik ampula shaklida bo'lib, u radiy bilan to'ldirilgan. Mariya hech qachon radiatsiyadan qo'rqmagan va ehtiyot choralarisiz, himoya vositalarisiz ishlagan.


Ijtimoiy faol
Mariya nafaqat olim, fizik va kimyogar edi. U boshqa ijtimoiy sohalar bilan ham shug'ullangan. Hayoti davomida turli mamlakatlarda joylashgan 85 ta ilmiy va boshqa jamoa ishida qatnashgan. Hayoti davomida u 20 ta ilmiy stipendiyaga sazovor bo'lgan.


Sorbonna professori
1902 yilda Mariya Parij universitetida doktorlik darajasini oldi. U Sorbonna universitetida o'qituvchilik lavozimiga taklif qilingan birinchi professor ayol bo'ldi.


Radiatsiyaning hujayralarga ta'siri
Mariya hayoti davomida eri bilan birga o'ttizdan ortiq ilmiy maqolalar nashr etdi. Ammo eng yutuqli maqola radiatsiyaning hujayralarga ta'siri haqida edi. Ular radioaktivlik bilan ishlash jarayonida har qanday o'simtadan ta'sirlangan hujayralar oddiy sog'lom inson hujayralariga qaraganda tezroq yo'q qilinishini aniqlagan maqola yozdilar.

Radiy va poloniy
Uzoq izlanishlar va uranit elementi bilan ishlash jarayonida Mariya va uning eri radioaktiv elementni olishga muvaffaq bo'lishadi. U ham radioaktiv edi va aynan ikkita element kashf etilgandan so'ng Kyuri elementlar uchun yangi atama – “radioaktiv”ni kiritdi.

Radium instituti
Ilmiy izlanishlar va birgalikdagi hayotning boshidanoq Mariya va uning eri universitet ochishni orzu qilishgan. Mariya Frantsiya hukumatidan yordam olgach, u Radium institutini qurishga va ochishga muvaffaq bo'ldi. Muassasa faqat fizika va kimyo bo'yicha tadqiqotlar olib borishga qaratilgan. Bir necha yil o'tgach, institut ochilgandan so'ng, Mariya tibbiyotda tajribalar o'tkazishga qaror qildi.



Oilaviy hayoti
Ayol butun umri davomida radioaktivlik bilan ishlaganiga qaramay, ikki nafar sog'lom qiz farzand ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Mariya Kyurining to'ng'ich qizi Iren onasining izidan borib, ilmiy ish bilan ham shug'ullangan. O'qishni tugatgandan so'ng u onasi singari kimyogarga turmushga chiqdi. Keyin u va eri Mariya bilan bir xil sohada, radioaktiv elementlar bilan ishlash borasida Nobel' mukofotiga sazovor bo'lishdi.
Eng qizig'i, Mariya Kyuri radioaktivlik sababli emas, balki, aplastik anemiyadan 1934 yili 66 yoshida vafot etdi.




Mariya Kyuri xotirasi
Mariya Kyuri radioaktiv elementlarni tadqiq qilishga qo'shgan ko'p hissasi uchun butun dunyo bo'ylab bir nechta universitetlar, jamoat joylari va binolari, bir nechta ko'chalari va ikkita muzeyga ega bo'lganligi bilan esga olindi. Shuningdek, ikki karra Nobel' mukofoti sovrindorining hayoti haqida ko'plab kitoblar, biografiyalar va bir qancha fil'mlar suratga olingan.


Dilorom Xudoyberganova tayyorladi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs