Zamonaviy universitet: bilim, tajriba va xalqaro imkoniyatlar
Bugungi kunda oliy taʼlim tizimi nafaqat bilim berish, balki yoshlarni xalqaro mehnat bozori talablariga tayyorlash, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va dunyo universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirishni ham o‘z oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat universitetlari bilan bir qatorda nodavlat oliy taʼlim muassasalari ham faol rivojlanmoqda. Ularning ayrimlari xalqaro taʼlim standartlarini mamlakatimizga olib kirish, xorijiy universitetlar bilan qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga intilmoqda.
Shunday oliy taʼlim muassasalaridan biri — Xalqaro Nordik universitetidir. Universitet 2022-yilda O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan bo‘lib, nodavlat oliy taʼlim muassasasi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, universitet haqida "Men talaba" platformasida ham uning xalqaro hamkorliklari, taʼlim yo‘nalishlari va qabul jarayonlari haqida maʼlumot berilgan.
Eʼtiborli jihatlardan biri shundaki, universitet faoliyati O‘zbekiston va Finlyandiya Prezidentlari uchrashuvlari chog‘ida ham tilga olingan. Bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik rivojlanayotganining bir ko‘rsatkichi sifatida baholanmoqda. Bugungi kunda zamonaviy oliy taʼlimning asosiy mezonlaridan biri — xalqaro hamkorlikdir. Talabalar faqat auditoriyada nazariy bilim olish bilan cheklanib qolmay, boshqa mamlakatlarning taʼlim tajribasi bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhim.
Xalqaro Nordik universiteti ham Finlandiya, AQSh, Italiya, Janubiy Koreya va Malayziyadagi bir qator universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bunday hamkorliklar orqali talabalar almashinuv dasturlari, qo‘shma taʼlim dasturlari hamda ikki diplom olish imkoniyatlari yaratilgani qayd etilgan.
Albatta, bugungi yoshlarni eng ko‘p qiziqtiradigan savollardan biri — bitirgandan keyingi ish masalasidir. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, universitetni tamomlagan bitiruvchilarning katta qismi ish bilan taʼminlangan. Bu esa oliy taʼlimda nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ham alohida eʼtibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.
Bugungi globallashuv davrida talabalar uchun boshqa mamlakatlarda qisqa muddatli o‘qish, ilmiy almashinuv yoki yozgi amaliyot dasturlarida qatnashish katta tajriba maktabi hisoblanadi. Universitet maʼlumotlarida Finlandiya va boshqa davlatlarda work & travel hamda almashinuv dasturlari mavjudligi haqida ham maʼlumot berilgan.
Universitetni tanlashda faqat reklama yoki chiroyli tashqi ko‘rinishga emas, balki litsenziya, taʼlim sifati, professor-o‘qituvchilar salohiyati, xalqaro hamkorlik, bitiruvchilarning natijalari va o‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha qanday imkoniyatlar yaratilishiga eʼtibor qaratish lozim.
Har bir yoshning maqsadi va qiziqishi turlicha. Kimdir ilmiy faoliyatni tanlaydi, boshqasi tadbirkorlikni, yana kimdir xalqaro kompaniyalarda ishlashni maqsad qiladi. Muhimi, tanlangan oliy taʼlim maskani ana shu maqsadlarga erishishda mustahkam poydevor bo‘la olishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, bugungi O‘zbekiston oliy taʼlim tizimida raqobat kuchaymoqda. Bu esa universitetlarning taʼlim sifati, xalqaro aloqalari va talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Ana shunday jarayonlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirayotgan oliy taʼlim muassasalari yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Siz qaysi universitetni tanlamang, eng muhimi — bilim olishga bo‘lgan intilish, izlanish va o‘z ustingizda muntazam ishlashdir. Chunki bugungi bilim — ertangi muvaffaqiyatning eng ishonchli poydevoridir.
Akmal Ganiev



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
1