+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi ijrosi:

RASMIY HISOBOT VA HAQIQIY O‘ZGARIShLAR ORASIDA FARQ BOR
Jamiyat
177 16:32 | 21.08.2026 16:32

Masalan, Olot tumanidagi bir maktabda hatto chiroq ham yo‘q ekan, eng achinarlisi, o‘quvchilarga bilim berish va axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun ajratilgan mavjud kompyuterlar kutubxona yoki o‘quvchilar uchun emas, maktab rahbariyatining boshqa shaxsiy maqsadlari uchun berib yuborilgan.

Bugun prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda qator masʼul tashkilot vakillari ishtirokida «O‘zbekiston – 2030» dasturining yarim yillik ijrosi yuzasidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Unda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi raisi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov yarim yillikda 70 ta vazirlik, idora va tashkilot tomonidan 219 band bo‘yicha 162 ta ko‘rsatkich o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganini, bu umumiy ijro foizida 79 foizni tashkil etganini qayd etdi. Masʼul strategiyaning bajarilishi bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringlarida vazirlik hamda idoralarning taqdim etgan rasmiy hisobotlari bilan joylardagi real vaziyat o‘rtasida farq borligini maʼlum qildi. Shuningdek, bu fikrni so‘zga chiqqan «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ham o‘z kuzatuvlari bilan tasdiqladi.


– Jamoatchilik nazorati davomida Respublikamizning ayrim tumanlarida maktab kutubxonalarining adabiyotlar bilan taʼminlanishi og‘ir ahvoldaligi maʼlum bo‘ldi, – deydi B. Bekmurodov. – Masalan, Olot tumanidagi bir maktabda hatto chiroq ham yo‘q ekan, eng achinarlisi, o‘quvchilarga bilim berish va axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun ajratilgan mavjud kompyuterlar kutubxona yoki o‘quvchilar uchun emas, maktab rahbariyatining boshqa shaxsiy maqsadlari uchun berib yuborilgan. Jahon standartlariga ko‘ra, kutubxonalarda har bir o‘quvchiga kamida 4 tadan 8 tagacha kitob to‘g‘ri kelishi kerak bo‘lsa, ayrim hududlarda ikki o‘quvchiga bitta ham kitob to‘g‘ri kelmayotgan vaziyatlarning guvohi bo‘ldik. Yana bir jiddiy muammo, boshqaruv organlarini ochiq tanlov asosida shakllantirish tamoyilining joylarda buzilayotganidir. Strategiyada rahbar kadrlar va boshqaruv kompaniyalarini ochiq tanlov orqali tanlash qatʼiy belgilangan. Biroq Paxtachi tumanida bu talabga zid ravishda, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish huquqi hech qanday ochiq tanlovlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman hokimining qarori bilan ayrim kompaniyalarga berib yuborilgan. Bu kabi o‘zboshimchalik holatlari strategiyaning mazmun-mohiyati va ruhiyatiga ham butunlay ziddir.


O‘rganishlarimizda asosiy to‘siqlardan biri vazirlik va idoralarning jamoatchilikka o‘z vaqtida va ochiq axborot bermasligi ham ayon bo‘lmoqda. Qaysidir vazifaning ijro muddati obʼektiv sabablarga ko‘ra kechikishi mumkin. Lekin masʼullar bu haqda xalqqa ochiqchasiga xabar berish o‘rniga, sukut saqlashni afzal ko‘rishmoqda. Natijada jamoatchilik munozaralarida va ommaviy axborot vositalarida kechikishlar keskin tanqid ostida qolmoqda. Biz o‘rganishlar asosidagi xulosa va takliflarimizni, kamchiliklarni ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ymagan holda parlament va hukumat eʼtiboriga etkazib boryapmiz. Zero, har bir raqam ortida insonlarning taqdiri va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi turganini hech qachon unutmasligimiz kerak, – dedi M.Bekmurodov.


Zebo Namozova
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7520 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat