+30C

+30C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

O‘zbekiston YaIMi 2030-yilgacha 300 mlrd dollarga etkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida kelgusi o‘n yillik mamlakat uchun milliy yuksalish davri bo‘lishini taʼkidladi.
Jamiyat
255 21:03 | 28.08.2026 21:03

Davlat rahbariga ko‘ra, inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan ettita milliy dastur amalga oshiriladi. Shulardan uchinchi milliy dastur iqtisodiyotni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazishga yo‘naltiriladi.


Uning doirasida kelgusi o‘n yilda O‘zbekistonga 450 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan.


Shuningdek, iqtisodiyotda yuqori o‘sish surʼatlarini saqlab qolgan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmini 300 mlrd dollarga etkazish maqsad qilingan. Sanoat sohasida esa 2 mln yuqori daromadli ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.


Prezident yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda startaplar, venchur investitsiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanishini ham qayd etdi.


Bundan tashqari, kichik biznesning o‘rta biznesga, o‘rta korxonalarning esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizim yaratiladi.


Davlat rahbarining taʼkidlashicha, ushbu choralar hisobiga kelgusi o‘n yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollardan oshishi kutilmoqda.


Mustaqillik bayramidagi nutqda Prezident mamlakat iqtisodiyoti so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarganini ham qayd etdi. Ilgari yiliga 2–3 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40–50 mlrd dollarni tashkil etayotgani aytildi.


Shuningdek, uch yil avval 2030-yilga borib YaIM hajmini 160 mlrd dollarga etkazish rejalashtirilgani, ammo mazkur marra 2026 yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilishi kutilayotgani maʼlum qilindi.



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7566 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat