+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

«O‘zbekiston tasavvurimdan go‘zal mamlakat ekan» – turkiyalik bolalar yurtimizda

Jamiyat
155 14:19 | 11.08.2026 14:19

Shu kunlarda Turkiyaning «Türk Metal» kasaba uyushmasi aʼzolarining bir guruh farzandlari va ularga etakchilik qilib kelgan kasaba uyushmasi xodimlari yurtimizda mehmon bo‘lib turishibdi.




Kecha ular Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda kutib olinib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi va boshqa masʼullar bilan uchrashuvda qatnashishdi.




Mehmonlarimiz Islom tsivilizatsiyasi markazida bo‘lib, tariximiz, madaniyatimiz va xalqimizning bosib o‘tgan yo‘li bilan yaqindan tanishishdi.




– Oldin O‘zbekiston haqida eshitganman, ammo bu erga kelganimda ko‘rdimki, tasavvurimdan ham go‘zal bir mamlakat ekan, – deydi Qutlug‘ Bade. – Insonlari judayam samimiy ekan. Hamma bizni yonimizga kelyapti, gaplashyapti, mehr ko‘rsatayapti. Nima eganimiz, nima ichganimiz bilan qiziqyapti. Bolalar ham, kattalar ham - barchasi bizga judayam iliq munosabatda. Bugun Islom tsivilizatsiyasi markazida butunlay O‘zbekistonni, umumiy turkiy xalqlar tarixini qaytadan kashf etdim. Muzey barchamizda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston hamma joyi top-toza, judayam go‘zal ekan. Imkoniyat tug‘ilsa, bu mamlakatga yana kelgan bo‘lardim.




Mehmonlar bugun Bo‘stonliq tumanidagi «Anor» oromgohiga borishadi. U erda navbatdagi mavsumning yopilish marosimida ishtirok etib, «Sevarsoy» sanatoriysida mehmon bo‘lishadi. Shuningdek, oldinda ularni Samarqand safari ham kutmoqda.


Zebo Namozova,
Jasur Solikov,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 7434 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat