O'zbekistonlik og'ir atletikachi o'zi o'rnatgan jahon rekordini yangiladi
Bahraynda yakuniga yetib borayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi o'z ishtirokini tugatdi.
-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchi Ruslan Nuritdinov dast ko'tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o'rinni band etgan bo'lsa ham, siltab ko'tarish dasturida 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o'zi o'rnatgan jahon rekordini yangilashga erishdi. Uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Nuritdinov uchinchi bor ikki kurash bo'yicha jahon chempionligiga erishdi.
Dast ko'tarish yo'nalishida oltin medalga ega chiqqan Sharofiddin Amriddinov esa siltab ko'tarishda 212 kg bilan oltinchi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beshinchi bo'ldi. Shu tariqa, barcha yo'nalishlardagi oltin medallar O'zbekiston terma jamoasi vakillariga nasib etdi.
O'zbekiston terma jamoasi ushbu dunyo birinchiligini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0