O'zbekistonni tuzish tashabbusi kimniki edi: jadidlar yo kommunistlarniki?!
Fayzulla Xo'jaevning jiyani bilan suhbat
Dunyo xaritasida O'zbekiston nomli davlat rasman 1924 yil 27 oktyabrda paydo bo'ldi. Shu kuni Buxorodagi Oq uyda Fayzulla Xo'jaev O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganini e'lon qildi. Shu bilan O'zbekiston Respublikasining SSSR tarkibida bo'lsa-da rasmiy tarixiga start berildi. Ushbu siyosiy evrilishlarga bu yil roppa-rosa 100 yil to'lmoqda. Xo'sh, bu 100 yillik bugun biz uchun nimani anglatadi? Ishonch.uz 1924 yildan boshlab, O'zbekiston Sovet Sotsialistik respublikasini 13 yil boshqargan shaxs – Fayzulla Xo'jaevning jiyani Temur Xo'ja o'g'li bilgan ayni mavzuda suhbatlashdi.
Shuningdek, bu yil Turkiston muxtoriyatining 107 yilligi, Buxoro jumhuriyatining 104 yilligi. Bu sanalar ichidan qay biri biz uchun ko'proq muhim?
1924 yildagi hududiy chegaralanish g'alabamidi yo xato? Bu Turkistonni parchalashmi yoxud O'zbekistonni tashkil qilish? O'tgan yili Turkiya davlatining100 yilligi qanday nishonlandi? AQShning Michigan universiteti professori Temur Xo'ja o'g'li shu va boshqa savollarga javob berdi.
Maftuna Karimova, jurnalist
Quvonchbek To'raev, montaj ustasi
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0