+35C

+35C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

O‘zJOKU 8 yoshga to‘ldi

Shu munosabat bilan universitetda xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi.
Jamiyat
227 23:29 | 14.05.2026 23:29

Jurnalistika fakultetining YUNESKO va ixtisoslashgan media kafedrasi mudiri Akbar Nurmatov boshchiligida tashkil etilgan konferentsiyada mahalliy tadqiqotchilar Nozima Muratova, Aʼzamjon Dadaxonov, Firuza Rasmuhammedova bilan birgalikda Malayziya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning taniqli olimlari onlayn chiqishlar bilan ishtirok etdi.




Anjumanni rektor Sherzodxon Qudratxo‘ja ochib berdi. Yurtimizda nafaqat ziyolilar, balki oddiy aholining ham taʼlimga munosabati o‘zgargani, odamlar ilmsiz kelajagini tasavvur qilolmayotgani, katta - katta mablag‘larini aynan farzandlari taʼlimi uchun investitsiya qilayotganini mamnuniyat bilan aytib o‘tdi.




Konferentsiya mavzusi “Raqamli muhitda jurnalistika transformatsiyasi va YUNESKO yondashuvi”. Olimlar mavzuni atroflicha, turli jihatlaridan tahlil qilishdi. Jumladan, qozog‘istonlik Anel Qulahmetova sunʼiy intellekt taʼsirida shablon fikrlar ko‘payib, tahlil, solishtirish, kreativ fikrlash kamayib borayotganini, biroq jamiyatni oldinga tortuvchi kuch bu aynan qoliplardan chiqqan fikr va g‘oyalar bo‘lishini taʼkidlab, vaziyatga nisbatan o‘z taklif va echimlarini berdi. Akbar Nurmatov o‘zbek mediasida so‘nggi yillarda rivojlanayotgan trevel jurnalistikasini tahlil qildi. Sohada 345 foiz o‘sish bo‘lgani taʼkidlandi.





Universitet prorektori Nozima Murotova media savodxonlik masalasiga to‘xtalar ekan, bu tushuncha turli tashkilot va muassasalarda har xil tushunilishi, kimdir uchun media xavfsizlik bilan, kimdir maʼnaviy tarbiya bilan bog‘liq holda anglashini, ularni koordinatsiyalashtirish lozimligini taʼkidladi.
Konferentsiya mazmunli va soha uchun foydali bo‘ldi.


Zebo Namozova,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6479 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat