Markaziy Osiyoda yangi davr: «madaniy kod» katta siyosatda qanday kuchga aylanmoqda?
So'nggi yillarga qadar Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi munosabatlar ko'proq raqobat va o'zaro ishonchsizlik muhitida kechib kelgani ma'lum. Bu holat ayrim masalalarda keskinliklarni keltirib chiqargan, natijada ko'plab mintaqaviy tashabbuslar amalga oshmay qolgan yoki kutilgan samarani bermagan.
Biroq keyingi yillarda mintaqadagi siyosiy muhit sezilarli darajada o'zgardi. Britaniyalik xalqaro munosabatlar bo'yicha mutaxassis Filippo Kosta Buranelli o'zining yangi tahliliy maqolasida ana shu o'zgarishlar sabablarini atroflicha o'rgangan. Ekspert fikricha, Markaziy Osiyoda shakllanayotgan yangi ishonch muhiti bevosita O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan ilgari surilgan tashabbus bilan bog'liq. Ushbu g'oya asosida yo'lga qo'yilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mintaqada hamkorlikning mutlaqo yangi formatini shakllantirdi.
Mazkur muloqot maydoni orqali davlatlar bir-biri bilan raqobat qilish yoki sun'iy birlashishga urinishdan ko'ra, o'zaro manfaatli va amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yishga e'tibor qarata boshladi. Shu orqali ayrim murakkab masalalarni ham muloqot va kelishuv yo'li bilan hal etish imkoni kengaymoqda.
Natijada Markaziy Osiyo bugungi kunda o'zaro raqobatga asoslangan hudud emas, balki ishonch, ochiq muloqot va diplomatiya ustuvor bo'lgan makon sifatida namoyon bo'lmoqda. Davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari esa mintaqadagi dolzarb masalalarni tashqi kuchlar aralashuvisiz, o'zaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishning samarali mexanizmiga aylanib bormoqda.




Mақолага баҳо беринг
0/50
0
0
0
0