Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 09-May

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • Juma, 09

    +23 +20

  • Shanba, 10

    +25 +20

  • Yakshanba, 11

    +26 +20

  • Dushanba, 12

    +25 +20

  • Seshanba, 13

    +28 +20

  • Chorshanba, 14

    +30 +20

  • Payshanba, 15

    +30 +20

  • Juma, 16

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

200 ming so'mlik dunyodagi eng katta banknota bo'la oldimi?

So'mimizning eng katta nominal qiymati ma'lum. Xo'sh, 200 ming so'mligimiz “ortidagi nollari soni”, ya'ni nominal qiymati bo'yicha dunyoda nechanchi o'rinda?
O'zgacha rakurs
466 22:26 | 25.04.2025 22:26

Banknotaning inflyatsiyaga ta'siri bor yoki yo'qligi bo'yicha bahslar hamon davom etmoqda. Sohaning yetakchi mutaxassislari fikricha, 200 ming so'mlikning inflyatsiyaga ta'siri yo'q, ammo aholi orasidagi fikrlar buning aksini ko'rsatadi – mutlaq ko'pchilik bunday katta qiymatdagi banknotaning muomalaga kiritilishi oshib borayotgani inflyatsiyaning yaqqol dalili degan fikrda.


Qiziq ma'lumot:


* Muomaladagi eng yirik nominalli valyuta V'etnamda. Bu mamlakatda 500 ming dong hamon ishlatiladi;


* Eng yirik nominalli valyutalar reytingida 200 ming so'mlikka joy yo'q. Bu borada mutlaq rekord 1945-1946 yillarda chop etib, muomalaga kiritilgan Vengriya pengyosi hisoblanadi. Eng yirigi sekstillion (milliard trillion) pengyo edi. Tasavvur qilish uchun 1 raqamidan so'ng 21ta nol' (uzun shkala o'lchovida 36ta nol') bo'ladi. Vengriya hukumati 100 sekstillion pengyo ustida bosh qotira boshlaganda denominatsiya o'tkazilgan va yangi valyuta – forint muomalaga kiritilgan;


* Yangi tarix rekordchisi Zimbabve dollari hisoblanadi. Bu davlatdagi giperinflyatsiya vaqtida 100 trillion Zimbabve dollari muomalada bo'lgan va buncha katta banknotani ham ko'pchilik bir dollarga almashtirishdan bosh tortgan. Ammo keyinchalik bu pullar muomaladan chiqarilganda, suvenir sifatidagi bahosi 100 AQSh dollarigacha chiqib ketgan;


* MDH davlatlari orasida ham o'ziga xos rekordchilar bor. Ukrainada 1991-1996 yillarda muomalada bo'lgan, grivnadan avvalgi valyuta – karbovanetsning 1 000 000(bir mln)lik banknotasi amalda bo'lgan;


* Hozirgi kunda amalda bo'lgan, xarid qiymati eng yuqori banknota 10 000 (o'n ming) AQSh dollaridir. Ko'pchilik bunday valyuta hanuz amalda ekanligini bilmaydi ham. Ammo AQSh hududida bu puldan bemalol foydalanish mumkin, topa olinsa bas;


So'mimiz milliy valyutamiz shakllanishida bir pog'ona bo'lib xizmat qilgan so'm-kuponni ham inflyatsiya bo'yicha bir necha bor ortda qoldirdik.


O'zbekistonda 1993 yil 15 noyabrda haqiqiy so'm-kupon amalga kiritildi. Undan avval rublga bog'liq so'm-kupon kartochkalari bo'lgan va ular shu yilning 22 noyabrida bekor qilindi. So'm-kuponlar 1994 yilning 1 avgustiga qadar amalda bo'ldi va uning eng yirik banknotasi 10 000 (o'n ming) so'm-kupon edi. So'm-kupon umrining oxirgi oylarida biz odatda butun bozorga baho berishda indikator sifatida ishlatuvchi go'shtning qiymati 20-25 ming so'm-kupon, pul denominatsiyasi e'lon qilinganidan (ya'ni hozir amalda bo'lgan so'm chiqishi ma'lum bo'lganidan) keyin 30-33 ming so'm-kuponga chiqqandi (qizig'i, denominatsiya 1000:1 qiymatda o'tkazilgan bo'lsa-da, undan so'ng go'shtning bahosi 25-35 so'm bo'lmay, 12-15 so'mga tushgandi). Shakarning bahosi 3-4 ming so'm-kupon atrofida edi. Lekin avtomobil', uy-joy, kvartiralarning bahosini hozirgi kun bilan solishtirib bo'lmaydi. Сhunki bitta “Jiguli” avtomobilining puliga viloyatlar markazidan ikki-uchta kvartira xarid qilish mumkin edi.


Narxlar ham shu qadar turli-tuman ediki, har bir viloyatning o'zida asosiy iste'mol mahsulotlari turli bozorlarda turlicha sotilardi (odamlar yoppasiga savdo bilan shug'ullanib ketgani bejizga emas).


Milliy valyutamiz – so'mning qiymati dastlab 1 so'mga 1 AQSh dollari bo'lishi rejalashtirilgan esa-da, amalda 1994 yildayoq 6-7 so'mdan kamiga dollar sotib olish imkonsiz edi. Qizig'i, bir kilogramm go'shtning bahosi o'sha paytlarda 10-12 so'mdan boshlangan. O'sha paytda 2 dollarga bir kilogramm go'sht olish mumkin bo'lsa, hozir go'sht bahosi 11-12 dollargacha (kilogrammi 140-150 ming so'm) oshdi. Ya'ni bugungi kunga kelib go'shtning bahosi AQSh dollariga nisbatan ancha tez o'sgan.


So'm-kupon amalda bo'lgan paytda yirik savdolarda qoplab pul ko'tarib yurilardi. So'mning nominali so'm-kupondan ancha ortib ketgan bo'lsa-da, banklararo hisob-kitoblar rivojlanganligi, plastik kartalar yordamida xaridlar va naqd ko'rinishdagi yirik hisob-kitoblar asosan AQSh dollarida amalga oshirilishi tufayli o'sha davrdagidek mashinalarda pul tashib yurish kam kuzatiladi. Ammo hanuz bor!


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs