2025-yilda qaysi soliq turlari o'zgarishsiz saqlab qolinishi aytildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi e'lon qilgan 2025-2027 yillarga mo'ljallangan Byudjetnomada saqlab qolinadigan soliq stavkalari haqida ma'lumot berildi.
Unga ko'ra, kelgusi yilda qulay tadbirkorlik muhitini ta'minlash maqsadida asosiy soliq turlari – advalor soliq stavkalari saqlab qolinadi.
Jumladan, 2025-yilda foyda solig'ining bazaviy stavkasi 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 12 foiz, ijtimoiy soliq 12 foiz (budjet tashkilotlari uchun 25 foiz), aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi 4 foiz, shuningdek, chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'im hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig'imlar o'zgarishsiz saqlab qolinmoqda.
Shuningdek:
- QQS stavkasi 12 foizda saqlab qolinmoqda;
- qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliq yetishtirish (o'stirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi bo'yicha soliq stavkasi 1 m3 uchun 100 so'm miqdorida saqlab qolinmoqda.
- Bunda, qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinmaganda va sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda suv solig'i stavkasi 1,5 oshiruvchi koeffitsient o'rniga 1,1 koeffitsient qo'llaniladi;
- qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar uchun yer solig'i qishloq xo'jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinmoqda;
- yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foizda saqlab qolinmoqda.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0