+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

9 kunda yozilgan “Uyda yolg'iz”

Bilasizmi, har yili Yangi yilda miriqib tomosha qiladigan “Uyda yolg'iz” badiiy filmi 1990 yilda ekran yuzini ko'rgan. Ushbu kinokartina 3 oy davomida prokat reytingida yetakchilik qiladi so'ng 27 yil davomida kassabop filmlar qatorida turadi.
O'zgacha rakurs
894 10:30 | 30.12.2025 10:30


Bu filmni ertak, desa ham bo'laveradi. Jumladan, yosh bola yomonlik bilan kurashadi va g'alaba qozonadi. Qolaversa, Kevin jinoyatchilarni dog'da qoldirish maqsadida yasagan qopqonlar hayotda kinodagidek samara berishi qiyin.


Bundan tashqari, aksar ertaklardagi kabi dastlab bosh qahramonning omadi yurishmaydi, adolatsizliklarni boshidan kechiradi. Ota-onasi unga quloq tutmaydi, aka-opalari tomonidan inkor qilinadi, hatto, chordoqqa qamab qo'yishadi.


Oilada o'rnini topa olmagan bola o'ziga o'xshash odamovilar – qariya Marli yoki kaptarlar bilan o'ralashib yuradigan ayol bilan do'stlashadi. Uyda yolg'iz qolgan bolakay hammasi mumkinlikdan to yaqinlarga javobgarlik hissini anglashgacha bo'lgan jarayonni bosib o'tadi, ruhan ulg'ayadi. Qariya Marlining yaqinlari bilan topishishiga ham sababchi bo'ladi.


Film rejissyori Kris Kolambusning eslashicha, o'sha paytda bolakay Makoley Kalkinning oilasida vaziyat murakkab bo'lgan. Xususan, uning ota-onasini ko'proq o'g'li oladigan gonorar qiziqtirgan. Keyinchalik yosh aktyor oilaning kreditini to'lashiga to'g'ri kelgan.


Yana bir ma'lumot: film ssenariysini rejissyor Djon X'yuz 9 kunda yozib tugatgan. Ammo ekranlashtirishni bolalar bilan oson til topishadigan Kris Kolambusga ishonib topshirgan.


Rejissyor birinchi uchrashuvdayoq bosh rolga Makoleyni tanlaydi. Uning mahorati, qolaversa, Gollivud xush ko'radigan mukammal qiyofadagi bolalardan farq qilishi bilan Kris Kolambusga ma'qul kelgandi.


Ko'plab gangster filmlari qahramonlari sanalmish Djon Peshi mazkur kinokartinada ham jinoyatchi obrazida namoyon bo'ladi. U tasvirga olish jarayonida o'zini ancha noqulay his qilgan. Shunki rejissyor bolalar borligi tufayli so'kinishni taqiqlab qo'ygandi.


Bundan tashqari, Djon Peshi qo'rqinchli qiyofasi bilan Makoley Kalkinni qo'rqitib yubormaslik uchun tasvirga olish davomida uning ko'ziga ko'rinmaslikka harakat qilgan. Yoshlik xotiralarimizdan chuqur joy olgan “Uyda yolg'iz” kinosi haqida bitganlarimiz hozircha shu.





Alijon ABDUSATTOROv


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs