+28C

+28C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Agrobank 2025 yilda aholi omonatlari o'sishi bo'yicha yetakchi bank bo'ldi

“Agrobank” ATB Bosh ofisida bank Boshqaruvi, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirda “Agrobank: 2025 yil faoliyati yakunlari va 2026 yil ustuvor vazifalar” mavzusida taqdimot o'tkazildi.
Iqtisod
601 21:06 | 04.02.2026 21:06


Anjumanda bank rahbariyati 2025 yil yakunlari bo'yicha asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarni e'lon qildi. Xususan, Agrobank aktivlari 103,6 trln so'mga yetgan bo'lib, mazkur ko'rsatkich bank tizimida 2-o'rinni ta'minladi. Bu 2024 yilga nisbatan 24,2 trln so'mga yoki 130 foizga o'sganini anglatadi.


Kredit qo'yilmalar hajmi 81,1 trln so'mni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 21,6 trln so'mga yoki 136 foizga oshdi. 2025 yil davomida jami 42,2 trln so'm kredit ajratildi. Shundan 23,1 trln so'mi mikro, kichik va o'rta biznes loyihalariga yo'naltirildi.


Bank mijozlari soni 7,4 million nafarga yetdi va bir yil ichida 1,5 million nafardan ortiq yangi mijoz jalb etildi. Depozitlar hajmi 32,5 trln so'mni tashkil etib, 2024 yilga nisbatan 13,3 trln so'mga o'sdi. Aholi omonatlari esa 15,9 trln so'mga yetdi. Bu esa bankka bo'lgan ishonch darajasi sezilarli darajada oshganini ko'rsatadi. Natijada Agrobank 2025 yilda aholi omonatlari o'sishi bo'yicha bank tizimida yetakchi o'rinni egalladi.


Mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida kredit ajratish jarayonlari tubdan qayta ko'rib chiqildi. Natijada chakana kreditlar bo'yicha qaror qabul qilish muddati 3 kundan 15 daqiqagacha, ipoteka kreditlari bo'yicha esa 1 haftadan 1 kungacha qisqartirildi.



2025 yilda jismoniy shaxslarga 2,5 millionta bank kartasi emissiya qilinib, 12,7 trln so'm chakana kredit ajratildi. Ushbu mablag'larning 2,8 trln so'mi ipoteka kreditlariga to'g'ri keladi. Shakana kredit portfeli 11,1 trln so'mga yetdi. Agrobank jismoniy shaxslarga chakana kreditlar ajratish bo'yicha ham yetakchi bank sifatida e'tirof etildi.


Qishloq xo'jaligi sohasini moliyalashtirish bank faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 2025 yilda mamlakatimizda yetishtirilgan paxta xomashyosining 80 foizi, boshoqli don hosilining 95 foizi Agrobank tomonidan moliyalashtirildi. Paxta va g'alla yetishtirish uchun jami 15 trln so'm imtiyozli kredit mablag'lari ajratildi.


— Bugungi kunda qishloq xo'jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish strategik ahamiyatga ega. Shu bois 2025 yilda ushbu maqsadlarga 2,4 trln so'm yo'naltirildi. Shuningdek, fermer xo'jaliklarida ichki sug'orish nasos agregatlarini quyosh panellari bilan ta'minlash uchun qariyb 1 trln so'm moliyalashtirish amalga oshirildi. Xitoy davlatidan 1 400 tonna yuqori sifatli paxta urug'i olib kelinib, fermerlarga yetkazib berildi. Natijada hosildorlik 40–50 tsentnerga yetdi, — dedi “Agrobank” ATB Boshqaruvi raisi birinchi o'rinbosari Jamshid Turdiev.


“Mahallabay” ishlash tizimi doirasida bankka biriktirilgan 1 759 ta mahallada 5,3 trln so'm kredit ajratilib, 501 ming nafardan ortiq aholining bandligi ta'minlandi. Bankning 170 ta filiali, 38 ta bank xizmatlari markazi va 154 ta smart ofislari orqali aholiga qulay moliyaviy xizmatlar ko'rsatilmoqda.


Agrobank ijtimoiy loyihalar orqali ham o'z nufuzini oshirib bormoqda. Xususan, “Agrobooks” tashabbusi doirasida suvdan oqilona foydalanishga bag'ishlangan 30 ta metodik qo'llanmadan iborat “Suv kitobi” to'plami ishlab chiqilib, 5 mingdan ortiq fermerlarga bepul tarqatildi.


Boshqaruv raisi o'rinbosari Ilyos Amanov kreditlash jarayonlarini raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.


— Bugun vaqt eng qimmatli resursga aylangan. Shu bois avtomatlashtirilgan kredit konveyeri joriy etildi. Natijada jismoniy shaxslar uchun arizadan to kredit ajratishgacha bo'lgan vaqt 10–12 daqiqagacha qisqardi. Barcha kredit hujjatlari elektron tarzda imzolanadi va qaror qabul qilish jarayoni to'liq avtomatlashtirildi, — dedi u.


Shuningdek, yuridik mijozlar uchun “Agrozamin biznes” mobil ilovasi va veb-platforma ishlab chiqilib, joriy etish ishlari boshlangani ma'lum qilindi.



Anjumanda kiberxavfsizlik masalasi ham muhokama qilindi. Ishonch.uz muxbiri bank kartalari bilan bog'liq kiberjinoyatlar ortib borayotgani munosabati bilan Agrobank mijozlar mablag'lari xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qanday mexanizmlar joriy etilgani bilan qiziqdi.


Ma'lum qilinishicha, bank mobil ilovasidan foydalanuvchi har bir jismoniy shaxs mijozning xavfsizligi doimiy nazoratda. Maxsus avtomatik tekshiruv tizimi orqali mijoz qurilmasida zararli dasturlar aniqlansa, darhol ogohlantiruvchi xabar yuboriladi. Agar qurilma xavfsiz deb topilmasa, bank ilovasining ishlashi cheklanadi.


Shuningdek, bankda alohida Axborot xavfsizligi departamenti tashkil etilgan bo'lib, u zamonaviy texnik va dasturiy vositalar bilan jihozlangan. Departament tomonidan shubhali operatsiyalarni barvaqt aniqlash va oldini olish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.


2026 yil uchun rejalarga ko'ra, iqtisodiyot tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida jami 56,2 trln so'm kredit ajratish ko'zda tutilgan. Shundan 23 trln so'mi mikro, kichik va o'rta biznes loyihalariga yo'naltiriladi. Shuningdek, xorijiy banklar va moliya institutlaridan 600 mln AQSh dollari mablag' jalb etish rejalashtirilgan.


Tadbirda jurnalistlar tomonidan bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilish masalasi ham ko'tarildi. Jamshid Turdievning ta'kidlashicha, 2026 yilda oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan 3,6 ming nafar bitiruvchi ish bilan ta'minlanadi.


Feruza Rahimova,
Ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 2287 11:15 | 26.10.2023