Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 948.10-9.04

  • EUR

    14 696.09-6.38

  • RUB

    156.930.37

+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+32c

  • Hozir

    +32 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 29-April

+32C

  • Hozir

    +32 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +19 C

  • Seshanba, 29

    +32 +20

  • Chorshanba, 30

    +26 +20

  • Payshanba, 01

    +28 +20

  • Juma, 02

    +30 +20

  • Shanba, 03

    +33 +20

  • Yakshanba, 04

    +34 +20

  • Dushanba, 05

    +35 +20

  • Seshanba, 06

    +36 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Prezident futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo'lladi

Tabrikda, jumladan, futbolchilarning musbaqadagi muvaffaqiyatli ishtiroki hamda jamoaning “biryo'la final yo'llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritgani” e'tirof etiladi.
Sport
874 10:11 | 30.04.2024 10:11

Prezident Shavkat Mirziyoev Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo'lladi.


Tabrikda, jumladan, futbolchilarning musbaqadagi muvaffaqiyatli ishtiroki hamda jamoaning “biryo'la final yo'llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritgani” e'tirof etiladi.


“Jonajon O'zbekistonimizning futbol tarixida birinchi marta erishilgan bunday yorqin g'alabani, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi barcha sport muxlislari, ko'pmillatli butun xalqimiz cheksiz quvonch va g'urur bilan kutib oldi. Zero, bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi.


Bu orzuni amalga oshirish aynan sizlarga – Yangi O'zbekistonning navqiron farzandlariga nasib etgani bilan har qancha faxrlansangiz, arziydi.


Albatta, sizlar erishgan bu tarixiy g'alaba zamirida keyingi yillarda mamlakatimizda sport sohasini, jumladan, futbolni rivojlantirishga berilayotgan ulkan e'tibor va amalga oshirilayotgan keng ko'lamli amaliy ishlar mujassam, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.


Shu bilan birga, sizdek azmu shijoatli yoshlarimizning tajribali murabbiy va mutaxassislar rahbarligida mazkur musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rib, har bir o'yinda chinakam mahorat, jasorat va matonat namunasini ko'rsatganingiz albatta yuksak tahsinga munosibdir.


Osiyo qit'asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg'in kurashlar ostida bo'lib o'tgan 5 ta o'yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to'p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko'rilmagan natijadir.


Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz.


Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.


Butun O'zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g'alabalar tilaydi, aziz bolalarim!” – deydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport
Kayfiyat fasli
0 1378 11:23 | 02.10.2023
Sport