Valyuta UZS
  • USD

    12 831.81-25.54

  • EUR

    14 606.45-66.36

  • RUB

    163.750.3

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 11:00

    +27 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +28 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +29 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 07-June

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 11:00

    +27 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +28 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +29 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +23 C

  • Shanba, 07

    +25 +20

  • Yakshanba, 08

    +29 +20

  • Dushanba, 09

    +32 +20

  • Seshanba, 10

    +28 +20

  • Chorshanba, 11

    +28 +20

  • Payshanba, 12

    +30 +20

  • Juma, 13

    +29 +20

  • Shanba, 14

    +31 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Biznes huquqi — tadbirkorlik faoliyatining barqarorligi va huquqiy himoyasi kafolati

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, erkin bozor iqtisodiyotini mustahkamlash va investitsion muhitni yaxshilash yo'lida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarda biznes huquqi alohida o'rin tutadi. U nafaqat iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, balki tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish va ularning barqaror faoliyat yuritishini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi.
Iqtisod
219 12:43 | 30.04.2025 12:43

Biznes huquqi xususiy huquq tizimining tarkibiy qismi bo'lib, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi. U shartnomalar, mulkiy munosabatlar, majburiyatlar va javobgarlik bilan bog'liq masalalarni qamrab oladi. Shu bilan birga, biznes huquqi davlatning iqtisodiy faoliyatga ruxsat berish, soliq siyosatini amalga oshirish hamda tartibga soluvchi mexanizmlar orqali aralashuvi natijasida yuzaga keladigan ommaviy-huquqiy munosabatlarni ham o'z ichiga oladi.


Tadbirkorlik sub'ektlari – yuridik va jismoniy shaxslar – biznes huquqining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Ular o'zaro munosabatlarni ko'pincha shartnomalar orqali amalga oshiradi. Shartnomaviy munosabatlarning aniqligi, ijro etilish kafolatlari va huquqiy himoya mexanizmlari, aynan biznes huquqining samarali amal qilishi bilan bog'liq.


Huquqiy tizimlar: solishtirma yondashuv


Turli mamlakatlarda biznes huquqining qo'llanishi ularning huquqiy tizimlariga bog'liq. Umumiy huquq tizimida (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya) sud pretsedentlari muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular orqali huquqiy aniqlik va shaffoflik ta'minlanadi. Ammo ba'zida bu yondashuv huquqiy noaniqlik va nomuvofiqlik xavfini ham tug'diradi. Fuqarolik huquqi tizimida (masalan, Germaniya, Frantsiya, O'zbekiston) esa qonunlarning kodifikatsiyasi asosida qat'iylik va barqarorlik ta'minlanadi, bu esa tadbirkorlar uchun qulay va bashoratli huquqiy muhit yaratadi.


Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash choralari


So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini huquqiy jihatdan kafolatlash borasida qator muhim tashabbuslar amalga oshirildi. Jumladan:


• 2017-yilda Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil instituti (Biznes ombudsmani) tashkil etildi.
• 2025-yil yanvaridan boshlab, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tmagan holda faoliyat yuritganlik uchun moliyaviy jarimalar bekor qilindi.
• Aynan shu sanadan, fiskal belgilarni aks ettirish va raqamli markirovkalash tartiblarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik ham yengillashtirildi.
• 2025-yil 1-martdan, sudda tomonlar kelishuvga erishgan taqdirda, to'langan davlat bojining bir qismi qaytarilishi belgilandi.
• Bundan tashqari, Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, sudlar tadbirkorlik faoliyatida insoflilik prinsipiga asoslangan yondashuvni kuchaytirdi. Aldov yoki beparvolik asosida keltirilgan zararlar insofsiz xatti-harakat sifatida baholanadi.


Tashkiliy-huquqiy shakllarni tanlashdagi erkinlik
Biznes huquqi tadbirkorlarga o'z ehtiyojlariga mos tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash imkoniyatini ham taqdim etadi. Bu yakka tartibdagi tadbirkorlikdan tortib, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, aktsiyadorlik jamiyatlari va turli shirkat shakllarigacha bo'lgan keng ko'lamdagi variantlarni qamrab oladi. Bunday erkinlik esa iqtisodiy barqarorlik, raqobatbardoshlik va huquqiy himoya uchun zamin yaratadi.


Xulosa qilib aytganda, biznes huquqi O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyasida markaziy o'rin tutadi. U nafaqat iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi, balki tadbirkorlar uchun huquqiy barqarorlik, ishonchli muhit va investitsion jozibadorlikni ta'minlaydi. Davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar va islohotlar esa ushbu yo'nalishda samarali huquqiy kafolatlarni yaratishga xizmat qilmoqda.


Jaloliddin Asqarov,
Toshkent davlat yuridik universiteti
Biznes huquqi kafedrasi mudiri o'rinbosari


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Iqtisod
Hisobotingiz hayotiy emas
0 1343 11:15 | 26.10.2023