Bulturgi holat takrorlanmaydimi?
O'tgan yili bahorda kartoshka bilan sodir bo'lgan holat ko'pchilikning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. O'shanda Qozog'iston kartoshka eksportini to'xtatgan, Qirg'iziston cheklov o'rnatgan edi. Buning oqibatida yurtimizda kartoshkaning narxi keskin oshib ketdi. Mas'ullar esa holatni ob-havo noqulay kelgani bois hosil kutilganidan kam bo'lgani bilan izohlashgandi.
Shundan so'ng, ya'ni 2025 yil 8 sentyabrda Prezidentimizning «Respublikada kartoshka yetishtirishni ko'paytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori e'lon qilindi. Unga ko'ra, respublikada kartoshka yetishtirishni ko'paytirish va urug'chiligini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
– 2028 yildan har yili unuvchanlik darajasi 85 foizdan past bo'lmagan kamida 10 million dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish;
– 2030 yilga borib respublikada kartoshkaning o'rtacha hosildorligini 16-17 tonnadan 25-30 tonnaga oshirish;
– Qishloq xo'jaligi vazirligi har yili 1 dekabrgacha keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning «in-vitro» o'simliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari bo'yicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlarga buyurtma berish;
– 2026 yil 1 yanvardan qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sug'urta polisi asosida kreditlar ajratish.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari o'rnatish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 50 million so'mdan ortiq bo'lmagan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Qisqasi, tegishli hujjat bilan kartoshka taqchilligining oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
vazirlikning ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yil hosili uchun 23 ming tonna (shundan 19 ming tonnasi mahalliy) kartoshka urug'ligi hududlarga yetkazib berilgan. Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan kartoshka yetishtiruvchilarga 54 milliard so'm kredit mablag'lari ajratilgan.
Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2025 yilda 54,8 ming gektar, shundanfermerva qishloqxo'jaligikorxonalarida
22,8 minggektar, aholitomorqalarida 32 minggektarmaydongatakroriykartoshkaekilgan. Ushbumaydonlarda 1,1 million tonnakartoshka etishtirib, aholinikartoshkabilankafolatlita'minlashvanarxlarasossizo'sibketishigayo'lqo'ymaslik, umuman, 2025-2026 yillarningqish-bahormavsumiuchun 253,8 ming tonna kartoshka zaxira qilish maqsad qilingan.
Statistik tahlillarga ko'ra, har yili 4,5 million tonna kartoshkaga ehtiyoj sezamiz. Yillik quvvatimiz 3 million 900 ming tonnani tashkil etadi va reja (vazirlikning iddaosicha) 86-87 foiz bajariladi. Demak, 600-700 ming tonna kartoshka import qilinadi.
Qishloq xo'jaligi vazirligiga savolimiz quyidagicha:
Prezidentimiz muammo yechimi uchun o'z vaqtida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga yetarli mablag' ajratish to'g'risida qaror qabul qilib, mas'ullarga vazifalarni ko'rsatib bergan edi.
Xo'sh, o'tgan davrda vazirlik tomonidan mazkur yo'nalishda qanday ishlar amalga oshirildi? Kutilishi mumkin bo'lgan taqchillikning oldini olish borasida qanday chora-tadbirlar ko'rildi?
Qolaversa, ekologik vaziyat o'zgarib borayotgan, xususan, suv tanqisligi yildan-yilga ko'payayotgan bir sharoitda sohada urug'chilikni rivojlantirish hamda zamonaviy, tejamkor texnologiyalardan foydalanish borasida ham amaliy yechimlar ishlab chiqilganmi?
Aniq va lo'nda aytganda, bu yil kartoshka yana taqchil va qimmat bo'lmasligiga kafolat bormi?
«ishonch.uz»



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0