Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 926.51-9.17

  • EUR

    14 092.48-72.09

  • RUB

    156.00-2.8

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +13 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +24 C

  • 18:00

    +23 C

  • 19:00

    +21 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +18 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 23-March

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +13 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +24 C

  • 18:00

    +23 C

  • 19:00

    +21 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +18 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • Yakshanba, 23

    +15 +20

  • Dushanba, 24

    +15 +20

  • Seshanba, 25

    +11 +20

  • Chorshanba, 26

    +7 +20

  • Payshanba, 27

    +7 +20

  • Juma, 28

    +4 +20

  • Shanba, 29

    +5 +20

  • Yakshanba, 30

    +7 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Burilish nuqtasi: Ukraina taqdiri Kievsiz hal bo'layaptimi?

Siyosat
131 03:35 | 20.03.2025 03:35

Tarix bir joyda to'xtab qolmaydi. U hech qachon qo'ng'iroqni kutmaydi, hech qachon bir davlatning rozi-rizoligiga qarab o'tirmaydi. U o'z yo'lidan borib, ba'zan eng muhim qarorlarni ayni o'sha qarorlar qabul qilinishi kerak bo'lgan manzillardan uzoqda qabul qildirishni xush ko'radi. 18 mart kuni kechqurun tarix aynan shunday holatlarning yana biriga guvoh bo'ldi. Moskva va Vashington o'rtasidagi telefon muloqoti nafaqat diplomatik voqea, balki geosiyosiy o'yinda yangi qoidalar tamal toshi qo'­yilayotganini ko'rsatdi.


Putin va Trampning ikki yarim soatlik muloqoti rasman «konstruktiv» deya baholandi. Ammo shu kunga qadar tarixda «konstruktiv» deb atalgan kim qancha muzokaralar zamirida xalqlar taqdiri hal qilinganini eslasak, bu so'z ortidagi voqealar ancha murakkab ekani ayon bo'ladi. Ukrainaning taqdiri ham aynan ana shu muloqot doirasida muhokama qilindi, ammo bir tafsilot diqqatni tortdi — Kiev u yerda yo'q edi.


Aksariyat siyosatshunoslar ushbu muloqot faqat Ukraina mojarosi atrofida aylanishini taxmin qilgandi. Biroq suhbat chog'ida Qora dengizdagi energetik xavfsizlikdan tortib jahon geosiyosiy arxitekturasi kabi global masalalar ham muhokama qilindi.


Sulhmi yoki taktik tanaffus?


Muloqot sulh masalasini muhokama qilishdan bosh­landi. Donal'd Tramp energetika infratuzilmasiga zarbalarni 30 kunga to'xtatish taklifini ilgari surdi. Vladimir Putin e'tiroz bildirib o'tirmadi va bu borada Rossiya harbiylariga tegishli ko'rsatmalar berdi. Biroq Moskva ham o'z shartlarini qo'ydi: G'arb Ukrainaga ko'rsatayotgan harbiy yordamini, Kiev esa mobilizatsiya jarayonini to'xtatishi kerak. Ushbu talablar sulh tashabbusini deyarli ul'timatumga aylantirdi. Rossiya tomonining fikricha, agar ular bajarilmasa, Ukrainaga bu tanaffus faqat keyingi to'qnashuvlar uchun qo'shimcha kuch yig'ish imkonini beradi, xolos.


Ikki davlat rahbari sulh imkoniyatlarini muhokama qilayotgan bir paytda Rossiya hamda Ukraina qo'shinlari to'qnash kelayotgan hududlarda janglar to'xtagani yo'q. Xususan, Ukraina qo'shinlari hujumlarni davom ettirib, Rossiyaning neft' infratuzilmasiga, jumladan, Krasnodar o'lkasining asosiy neftbazasiga dronlar bilan zarba berdi. Albatta, bu vaqtinchalik sulh imkoniyatini shubha ostiga qo'yishi mumkin. Kiev Tramp taklifiga hozircha rasman javob bergani yo'q. Ammo davom etayotgan harbiy amaliyot diplomatik bayonotdan ko'ra kuchliroq dalil ekanini ko'rsatmoqda.


Asirlar almashinuvi


Muzokaralar natijasida 175 ga 175 formulasi asosida harbiy asirlarni almashish bo'yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, Rossiya og'ir jarohatlangan 23 ukrain harbiysini ham Kievga topshirish tashabbusi bilan chiqdi. Insonparvarlikning yorqin namunasi bo'lib ko'ringan mazkur qaror ortida murakkab siyosiy jarayonlar soyasini sezish mumkin.


Avvalambor, bu jarayon Moskva hamda Kiev o'rtasida uzoq vaqtdan beri olib borilmayotgan muloqotning debochasiga aylanishi mumkin. Qolaversa, Kursk viloyatida qurshovga olingan ukrain harbiylari masalasi hanuz o'z yechimini topmagan. Kreml' ular yo taslim bo'lishi, yo o'lishi kerakligini ochiq-oydin ta'kidlab kelyapti. Ana shunday sharoitda taklif etilayotgan sulh Kiev uchun faqat vaqtdan yutish va kuchlarni qayta joylashtirish imkoni sifatida ko'rilishi mumkin.


Ukraina muzokaralardan chetda qoldimi?


Putin va Tramp o'rtasidagi telefon muloqoti Ukraina va YeIda katta tashvish uyg'otyapti. Zero, Ukraina muzokaralar jarayonidan deyarli chetlatilmoqda. Agar avvallari Kiev AQSh — YeI — Ukraina diplomatik uchburchagining ajralmas qismi sanalgan bo'lsa, endi muhim masalalar uning ishtirokisiz hal etilmoqda. Xususan, 23 mart kuni Jiddada rejalashtirilayotgan muzokaralar Ukrainaning rasmiy ishtirokisiz o'tadigan bo'lyapti.


Tabiiyki, shu o'rinda Ukraina dunyo siyosatidagi mus­taqil sub'ektdan savdo ob'ektiga aylanib qolmayaptimi, degan haqli savol tug'iladi. Vaholanki, voqealar rivoji Vashington hamda Moskva Kiev manfaatlarini inobatga olmagan holda murosa izlayotganini ko'rsatyapti. Trampning o'zi avvalboshdan AQSh Ukraina mojarosini cheksiz moliyalashtira olmasligini bot-bot ta'kidlagan edi. Demak, mantiqan olib qaraganda, uning ma'muriya­­ti Kiev manfaatlarini hisobga olmagan kelishuv variantlarini ko'rib chiqishga haqli. Diplomatik doiralarda mazkur telefon so'zlashuvidan so'ng «Agar siz muzokaralar stolida bo'lmasangiz, demak, taomnomadasiz» degan ibora tobora ko'proq yangrayapti.


Jahon liderlari va tashkilotlari munosabati


Bu muloqotga jahon yetakchilari va xalqaro tashkilotlar turlicha munosabat bildiryapti. AQShda Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff muzokaralarni «uzoq muddatli tinchlikning boshlanishi» deya ta'riflagan bo'lsa, rasmiy Vashington hozircha umidbaxsh bayonotlardan ­tiyilib, bu jarayon faqat energetika ob'ektlariga hujumlarni vaqtincha to'xtatish haqida ekanini ta'kidlamoqda.


Evropadagi qarashlar ikkiga ajralgan: Frantsiya va Germaniya deeskalatsiya bilan bog'liq urinishlarni qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, Buyuk Britaniya hamda Pol'sha mutlaqo teskari pozitsiyani egallab, Ukrainaga harbiy maslahatchilar yuborish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu esa AQSh hamda Rossiya eski qit'a ishtirokisiz kelishuvga erishishi mumkinligidan xavotirga tushib qolgan Yevropa Ittifoqi ichidagi bo'linishni yanada kuchaytiryapti.


BMT rasman muzokaralarni qo'llab-quvvatlagan bo'lsa-da, bu jarayonda Ukrainaning ishtirok etmayotganidan taassufda ekanini bildirdi.


Jahon matbuoti ham bu voqeaga turlicha baho beryapti. The Guardian «Katta savdo boshlangani» haqida yozgan bo'lsa, Sky News (Buyuk Britaniya) Ukrainasiz muzokaralar — uning ortida olib borilayotgan kelishuv ekanini ta'kidlamoqda. Le Parisien (Frantsiya) muloqotni «Rossiya — AQSh munosabatlaridagi yangi sahifa» sifatida baholagan bo'lsa, Corriere della Sera (Italiya) muzokaralarning agressiv ekaniga ishora qilib, «Xokkey diplomatiyasi» degan iborani qo'lladi.


Kiev murosaga tayyorlanmoqdami?


Qat'iy bayonotlariga qaramay, Zelenskiyga aslo havas qilib bo'lmaydi. Bir tomondan, u AQSh qo'llab-quvvatloviga har qachongidan muhtoj, ikkinchi tomondan esa xalqqa vaziyatni nazorat qilayotganini ko'rsatishi kerak. Hozircha uning rasmiy munosabati o'zgarishsiz qolmoqda. Biroq siyosiy kuluarlarda Vashington va Moskva o'rtasidagi muzokaralar Ukrainani muayyan murosalarga majburlashi mumkinligi muhokama qilinmoqda.


Kun tartibida faqat Ukraina emas


Putin va Tramp Ukraina mojarosidan tashqari, dunyo xavfsizligiga ta'sir qiluvchi boshqa masalalarni ham muhokama qilishdi. AQSh Eron masalasida jiddiy xavotirda ekanini bildirib, Tehron «hech qachon yadro quroliga ega bo'lmasligi kerak»ligini ta'kidladi. Biroq Rossiya hozircha bu borada o'zining nuqtai nazarini oshkor etgani yo'q. Muloqot chog'ida Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari ham muhokama qilindi. Moskva va Vashington mintaqada kemalar harakatini barqarorlashtirish bo'yicha choralar yuzasidan fikr almashishdi, bu esa jahon savdosi uchun strategik ahamiyatga ega. Shu bilan birga, diplomatik doiralarda energetika sohasidagi ma'lum bir yonbosishlar evaziga Rossiyaga qarshi sanktsiyalar qisman yumshatilishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar ham paydo bo'ldi.


Tinchlik sari qadammi yoki yangi eskalatsiya oldidan tanaffus?


Mazkur telefon muloqoti ikki davlat rahbari o'rtasidagi oddiy fikr almashinuvidan ko'ra muhimroq ekani tobora ayon bo'lib boryapti. U jahon diplomatiyasida katta o'zgarishlar yuz berayotganidan darak beradi. Vashington uchun bu Ukraina mojarosidan talafotsiz hamda «g'olib» sifatida chiqish imkoniyati deya baholanmoqda. Ammo uning uchun ushbu jarayon AQSh shartlari asosida kechishi juda muhim. Moskva uchun esa bu harbiy muvaffaqiyatlarni siyosiy yutuqlarga aylantirish imkonidir. Yevropa uchun ushbu muloqot xavotirli tus olyapti. Сhunki YeI ushbu kelishuvlardan chetda qolishi ehtimoldan xoli emas. Ukraina uchun esa bu juda og'ir sinovning boshlanishi bo'ladi: u yo yon bosishi, yo G'arb qo'llab-quvvatlovidan umidini uzishi kerak. Lekin hanuz eng asosiy savolga javob yo'q. Haqiqatan ham, ushbu muloqot tinchlik jarayonining ilk qadamiga aylanadimi yoki yangi keskinlik oldidan vaqtinchalik tanaffusmi? Savolning javobi 23 mart kuni Jiddada bo'lib o'tadigan uchrashuvdan so'ng ma'lum bo'lishi mumkin. Biroq hozirdanoq aniqki, Ukraina bu mojarodagi asosiy o'yinchi pozitsiyasini asta-sekin yo'qotyapti. Endi qarorlar Kievda emas, balki boshqa poytaxtlarda qabul qilinmoqda.


Bu orada diplomatik idoralardagi telefon qo'ng'iroqlari tinmayapti. Har biri jahon tarixida yangi burilish nuqtasi bo'lishi mumkin.


Jahongir NAHANOV
«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat