+33C

+33C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Cho‘girmani nega otasiz?

Yaqinda Xorazmda VI Pahlavon Mahmud xalqaro bahodirlar o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada polvonlar ikki yo‘nalish – cho‘girma otish va mo‘ynoqlangarini tortish shartlari bo‘yicha bellashdilar.
Sport
328 11:50 | 20.06.2026 11:50

Bu turdagi musobaqalar birinchi marta 2019 yilda o‘tkazilgan va unda bahodirlar milliy naqshli ustunlarni ko‘tarish va ushlab turish, og‘ir toshlarni ustunlarga o‘rnatish, mevalar bilan to‘ldirilgan aravani ko‘tarish, poezd lokomotivini 20 metrga tortish va boshqa shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashganlar. Cho‘girma otish sharti esa 2024 yildan bosh­lab qo‘shilgan.


Xorazm azaldan o‘z qadriyatlari, urf-odatlari va milliy ramzlari bilan yurtimiz madaniy merosida alohida o‘rin tutib keladi. Bu diyorning har bir ashyosi, har bir anʼanasi ortida asrlar davomida shakllangan hayot tarzi, xalq tafakkuri va maʼnaviy dunyosi mujassam. Ana shunday muqaddas ramzlardan biri cho‘girmadir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, cho‘girmani otish nechog‘liq mantiqli? Chunki u oddiy buyum emas, aksincha, Xorazmning iqlimi, aholining xarakteri va asrlar davomida shakllangan turmush tarzining inʼikosi hisoblanadi.


Ushbu bosh kiyim o‘ziga xos tabiiy termos xususiyatiga ega bo‘lib, yozning jaziramasida bosh­­ga salqinlik, qishning ayozli kunlarida esa issiqlik baxsh etadi. Qadimdan cho‘girma kiygan erkak mard, vazmin va oilaning mustahkam ustuni sifatida qadrlangan. Uning erga tushishini or bilishgan. Shunday ekan, milliy bosh ­kiyimning sport bellashuvida otiladigan ashyoga aylantirilishi qanchalik to‘g‘ri?


Xalqimiz tafakkurida polvon deganda, avvalo, or-nomus, g‘urur va yuksak insoniy fazilatlar timsoli gavdalanadi. Ayniqsa, uning nomiga atab, xalqaro musobaqa o‘tkazilayotgan Pahlavon Mahmud hazratlari o‘zining tantiligi, saxovati va yuksak g‘ururi bilan tarixda qolgan shaxsdir. U kishining maʼnaviy merosi ulug‘lanayotgan tadbirda cho‘girma otish adolatdanmi? Yoki polvonlar kuch va mahoratini namoyon qilishlari uchun boshqa bellashuv turlari yo‘qmi?


Milliy qadriyatlar xalqning maʼnaviy tayanchi, uning tarixi va g‘ururidir. Turizmni rivoj­lantirish, mehmonlarni hayratga solish yaxshi, albatta. Ammo har qanday tashabbus, avvalo, xalqning qadriyatlari va milliy iftixoriga tayanishi lozim. Zero, mehmonga yoqish uchun o‘zligimizdan kechishga haqimiz yo‘q.


Sport vazirligi va Turizm qo‘mitasi mazkur masala yuzasidan munosabat berishi zarur.


Muhabbat TO‘RABOEVA


«ISHONCH»



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport
Kayfiyat fasli
0 2821 11:23 | 02.10.2023
Sport
Sport