Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 900.00-20.16

  • EUR

    14 595.06-86.12

  • RUB

    157.32-1.29

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 04:00

    +16 C

  • 05:00

    +16 C

  • 06:00

    +15 C

  • 07:00

    +17 C

  • 08:00

    +21 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 03-May

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 04:00

    +16 C

  • 05:00

    +16 C

  • 06:00

    +15 C

  • 07:00

    +17 C

  • 08:00

    +21 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +18 C

  • Shanba, 03

    +16 +20

  • Yakshanba, 04

    +16 +20

  • Dushanba, 05

    +16 +20

  • Seshanba, 06

    +16 +20

  • Chorshanba, 07

    +19 +20

  • Payshanba, 08

    +20 +20

  • Juma, 09

    +21 +20

  • Shanba, 10

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Dunyodagi noodatiy maktablar

Bolalar vaqtlarining katta qismini maktab binosida o'tkazadilar. Ta'lim muassasasining makonini tashkil qilish, binoni ichki va tashqi jihozlanishi juda muhim ekanligini eslatib o'tish ortiqcha.
O'zgacha rakurs
1633 15:26 | 14.08.2024 15:26

Albatta, atrof-muhit bolaning rivojlanishiga ta'sir qiladi va u yoki bu tarzda uning shaxsiyatini shakllantirishda ishtirok etadi. Bugun sizga eng noodatiy va qiziqarli maktablar haqida so'zlamoqchimiz. Men sizga maktab qanday bo'lishi kerakligi haqidagi fikringizni o'zgartira oladigan bir necha ajoyib maktabni taqdim etmoqchiman.


Suv ustidagi maktab. Kompong Luong (Komboja)


Kampong Luong - A floating village in Cambodia

Butun umrini suzish bilan o'tkazish Kombojadagi Indochina yarim orolidagi katta Tonle Sap ko'l suvlarini haydab yuruvchi suzuvchi orolda joylashgan Kompong Luong qishlog'i aholisi uchun haqiqiy istiqboldir. Orol kichik va butunlay avtonom. U yerda aholi punkti, maktab, bir nechta do'konlar va turarjoy binolari mavjud. Kompong Luong ko'plab xorijiy sayyohlarni o'ziga jalb qiladi. Bu orolliklar byudjetini to'ldirishga yordam beradi. Suzuvchi qishloqda ota-onasi baliq ovlash paytida vafot etgan bir qancha yetim bolalar yashaydi va ekskursiya guruhlarini qabul qilishdan olingan daromad oilasiz qolgan bolalarni boqish imkonini beradi.


Umumiy til topish Pusan xalqaro xorijiy maktabi (Janubiy Koreya)


Janubiy Koreyada Pusan xalqaro xorijiy maktabi muhojirlar uchun maktab sifatida yaratilgan. Ota-onasi Koreyaga doimiy ravishda ko'chib kelgan yoki bu yerda muddatli shartnoma asosida ishlayotgan bolalar tezda moslashishlari kerak. Shuning uchun Pusan xalqaro xorijiy maktabidagi dastur juda intensiv. Oddiy koreys maktablarida yangi kelganlar uchun qiyin – mahalliy urf-odatlarni bilmaslik ko'pincha bezorilik uchun sabab bo'ladi. Umumiy tilni izlash maktabi bolalarga koreys jamiyatiga integratsiyalashish va xalqaro ta'lim olish imkonini beradi. Maktab IB xalqaro bakalavr tizimi bo'yicha ishlaydi. Ko'pchilik bolalar bir vaqtning o'zida uchta chet tilini – koreys, ingliz va ispan tillarini o'rganadilar. O'qituvchilar bolalarga qo'shimcha yordam ko'rsatadilar – ko'pchilik fan o'qituvchilari ham psixologik ma'lumotga ega.


Ko'chmanchilar maktabi (Rossiya)



Saxa Respublikasida (Yakutiya) mahalliy aholining katta qismi bug'u boqish bilan shug'ullanadi va ko'chmanchi turmush tarzini olib boradi. Agar yaqin-yaqingacha ko'chmanchilarning bolalari ta'lim olish uchun maktab-internatlarida yashashga majbur bo'lgan bo'lsa, endi vaziyat o'zgardi. Viloyatda 10 dan ziyod ko'chmanchi maktab va ko'chma chodirlar mavjud bo'lib, ular dala sharoitida o'qish uchun zarur bo'lgan barcha narsalar bilan jihozlangan. Kiyik chorvadorlarining bolalari oddiy hayot kechirishlari va ota-onalari bilan qolishlari mumkin. Ko'chmanchilar maktabining jadvali odatdagisidan farq qiladi va bolalar sun'iy yo'ldosh orqali internet yordamida topshiriqlar olishadi.



Watershed School sarguzashtlar maktabi (AQSh)


Amerika suv havzasi maktabi bizni o'rab turgan dunyoni sinf deb hisoblaydi. Aksariyat darslar sinflarda emas, balki, tabiat bag'rida o'tadi. Biologiya darslari yaqin atrofdagi fermada o'tkaziladi va yangi geografiya mavzularini kayak (baydarka)dagi sayohat paytida o'rganish yaxshiroqdir. O'quvchilar ko'plab loyihalarni amalga oshiradilar. Shu orqali ijtimoiy mas'uliyat va ko'ngillilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Maktabda Farm to Table dasturi mavjud bo'lib, unda ishtirok etish dehqonchilik va chorvachilik ko'nikmalarini egallash imkonini beradi. Suv havzasi maktabidagi o'qituvchilar ham g'ayrioddiy, ular nafaqat o'qituvchilar va murabbiylar, balki, birinchi navbatda, siz maktab kontsertiga yoki yillik spektaklga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin bo'lgan yordamchilardir.


Mountain Mahogany Dunyo bilan yoqimli muloqot (AQSh)



Yana bir noodatiy Amerika maktabi. Bu yerda o'qish – aql bovar qilmaydigan muvaffaqiyat. Har holda, maktab rahbariyati shunday deb o'ylaydi. Сhunki Tog'li Mahogany jamoat maktabiga omad kulib boqqanlargina kira oladi. Maktabdan joy olish uchun veb-sayt orqali ariza topshirish kerak bo'ladi. Murojaat qilganlar, omadlilar o'rtasida lotereya o'ynaladi. Tog'li Mahogany maktabida o'qish imkoniyatiga ega bo'lgan baxtli g'oliblar tasodifiy tarzda aniqlanadi. Maktabning asosiy tamoyillari – zavq, xavfsizlik va hissiy rivojlanish. Bu yerda bolalar, eng avvalo, amaliy ko'nikmalar – bog'dorchilik, pazandachilik, hunarmandchilikni o'rganadilar. Matematika yoki ingliz tili kabi umumiy ta'lim fanlari ham dasturga kiritilgan, albatta. Maktabda ijobiy va inklyuziv muhit mavjud.


Orestad Gymnazium ochiq maktab (Daniya)


Kopengagendagi Orestad gimnaziyasi o'ziga xos maktab bo'lib, unda darslar, auditoriyaga bo'linish yo'q. Maktab ochiq maydon printsipi asosida qurilgan. Loyiha va amalga oshirish mashhur 3XN ROLE arxitektura byurosiga tegishli. 2007 yilda gimnaziya binosi Daniyadagi eng yaxshi bino deb topilgan. Сhunki maktab nihoyatda go'zal. Markazdagi tik spiral' shaklidagi zinapoyalar, bolalar va o'qituvchilar yig'iladigan shinam dumaloq orollar, yorqin ranglarda yaratilgan qulay dam olish joylari – maktabdan keyin uyga borishni xohlamaysiz. Orestad Gymnasium o'z ixtisosligi sifatida ommaviy axborot vositalarini tanlagan o'rta maktab o'quvchilariga dars beradi va maktabning dizayni, albatta, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi!


Terraset yerosti maktabi (Reston, Virjiniya, AQSh)



Sizningcha, yerosti maktablari faqat ertak olamida mavjudmi? Siz nohaqsiz. Sehrgarlik zamonaviy hayotda ham sodir bo'ladi. Bunga yaqqol misol Virjiniyadagi Terraset maktabidir. Energetika inqirozi davrida, maktablarni isitish masalasi keskinlashganda, Reston shahrida noyob loyiha – yerosti maktabi amalga oshirildi. Qurilishni boshlash uchun bino qurilgan joyda tepalikni tekislash kerak edi. Keyinchalik u yer tuproq bilan to'ldirildi. Buning natijasida issiqlikni uzoq vaqt ushlab turish mumkin edi. Maktab quyosh panellari bilan isitiladi. Terraset haqli ravishda Qo'shma Shtatlardagi energiyani tejash bo'yicha eng tejamkor maktab hisoblanadi va sayyohlik diqqatga sazovor joyi sifatida qiziqish uyg'otadi.


Nanyang Primary School boshlang'ich maktabi (Nanchang, Singapur)



Singapurning Nanchang shahridagi Nanyang Primary School boshlang'ich maktabi o'quvchilari hech qachon zerikmaydilar. Quvonchli rang-barang dizayn ko'zni quvontiradi va xafa bo'lishingizga yo'l qo'ymaydi – maktab ulkan lolipop (xo'rozqand)ga o'xshaydi. O'quvchilar binoning qiyshiq yo'laklari bo'ylab harakatlanishadi. Uning markazida sinflarga kirishni ta'minlaydigan markaziy zinapoya mavjud. Did bilan loyihalashtirilgan landshaft jar ustida sport maydonchalarining joylashuvini aniqlab bergan. Ayvonlar sovuq va yomg'irdan himoya qiladi. Qizig'i shundaki, loyiha muallifining so'zlariga qaraganda, sinflarda inter'erda yorqin ranglar o'rniga tinchlantiruvchi ranglar ustunlik qiladi. Bu esa bolalarning o'qishga diqqatini jamlashiga imkon yaratadi va intizomni yaxshilashga yordam beradi.


Carpe Diem maktabi (Aiken, Janubiy Karolina, AQSh)



Dunyodagi ajoyib maktablar qatorida Amerikaning Janubiy Karolinadagi Carpe Diem maktabi ham bor. Ular har bir bolaga individual yondashuv kerak, deb hisoblashadi. Shuning uchun open space zalida har bir bolaning alohida xonasi bor. Umuman olganda, maktab komp'yuter bilan jihozlangan alohida-alohida 300 ta o'quv xonasidan iborat bo'lgan ulkan ofisga o'xshaydi. Ta'limga bunday nostandart yondashuv o'z samarasini bermoqda. Carpe Diem maktabi ketma-ket bir necha yil davomida mintaqada eng yaxshi akademik natijalarni namoyish etdi. Bundan tashqari, maktab o'quvchilari mamlakatdagi tengdoshlariga qaraganda o'rtacha uch barobar ko'p kitob o'qiydi.


Ko'prik ostidagi maktab (Dehli)



Hindistonda aholining aksariyati litsey va gimnaziyalar haqida faqat orzu qilishi mumkin. Bolalarning ta'lim olishi ko'pincha tilanchilik qobiliyatlari bilan cheklanadi. Ko'ngillilar ko'prik ostida bepul maktab tashkil qilib, ta'limdagi ayanchli vaziyatni yaxshilashga harakat qilishgan. Bu yerda kam ta'minlangan oilalarning bilim olishga intilayotgan farzandlari tahsil oladi. Ular faqat eng asosiy bilimlarni olishlari mumkin. Bu bilan o'rta sinflarga o'ta olishmaydi.


Hozircha “Ko'prik ostidagi maktab”ning mashhur bitiruvchilari yo'q. Lekin kim biladi, balki ular bir kunmas bir kun paydo bo'ladi va, albatta Hindistondagi maktab islohotiga hissa qo'shadi. Ta'lim hamma uchun ochiq bo'lishiga ishonamiz.


Maktablarning mutlaqo ajoyib ro'yxati. Zamonaviy ta'lim qanday g'alati shakllar olmoqda. Asosiysi – o'qib-o'rganish istagi. Maslahatimiz: qaerda bo'lishingizdan va qanday imkoniyatlarga ega bo'lishingizdan qat'i nazar, keng o'ylang va bilimga intiling!


Dilorom Xudoyberganova


tayyorladi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs