Valyuta UZS
  • USD

    12 413.79-52.65

  • EUR

    14 468.27-48.9

  • RUB

    154.86-0.56

+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+31c

  • Hozir

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 23-August

+31C

  • Hozir

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +34 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Shanba, 23

    +31 +20

  • Yakshanba, 24

    +30 +20

  • Dushanba, 25

    +34 +20

  • Seshanba, 26

    +34 +20

  • Chorshanba, 27

    +35 +20

  • Payshanba, 28

    +36 +20

  • Juma, 29

    +37 +20

  • Shanba, 30

    +36 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Gulmira Jumaeva: “Pul ko'chada yotibdi, uni faqat supurib olish kerak"

Men Gulmira Jumaevaman. Сhiqindilarni qayta ishlash zavodlari tarmog'ini boshqaraman. Jamoamizda 400 dan ortiq kishi ishlaydi. Sevimli mashg'ulotlarimdan biri xodimlarimiz — chiqindi  tashuvchi haydovchilar, saralovchilar va shahar ko'chalarini supuruvchi ayollar bilan birga tushlik qilish. Biz hayot haqida ko'p gaplashamiz. Ularning hikoyalari ko'p jihatdan menikiga o'xshaydi.
Jamiyat
99 12:26 | 23.08.2025 12:26

2008 yilda turmush o'rtog'im bilan Rossiyada ko'cha supurardik. U yerdagi hayot juda og'ir edi: kun bo'yi, har qanday ob-havoda ko'chalarni tozalardik, oddiy buterbrod bilan tushlik qilib, termosdan issiq choy ichardik. Keyinchalik chiqindilarni qayta ishlash zavodiga ishga joylashdim — chiqindilarni saraladim, zavod hududini supurdim.


Avval uskunalar operatori, keyin esa 80 ga yaqin kishiga rahbarlik qiladigan brigadir bo'ldim. Hammasi yaxshi ketayotganga o'xshardi, lekin doim uyimni — O'zbekistonni sog'inardim. Ko'pincha o'zimga-o'zim: “Agar men chet elda og'ir ishlarni bajarayotgan bo'lsam, nega o'z yurtimda ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya olmayman?”derdim. O'zbekistonga qaytib, xuddi shunday zavod qurib, uni boshqarishni orzu qilardim. Erim kulardi, lekin doim qo'llab-quvvatlardi. Bir paytlar qarindoshlarim meni “axlat yig'adi,” deb ta'na qilishgan, ba'zilari hatto barmog'i bilan ko'rsatishgan.



2015 yilda o'z ishlab chiqarishimni yo'lga qo'yish niyatida ona yurtim Samarqand viloyatiga qaytib keldim. Ishni 20 ta eshak-arava bilan boshladim: yollangan ishchilar Kattaqo'rg'on shahri bo'ylab axlat yig'ishtirar, men esa kichkina daftarga yozib borardim. Kunlik daromad atigi 10 dollarga yetardi.


2016 yilda O'zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoevning islohotlari tufayli yangi imkoniyatlar paydo bo'la boshladi. 2018-2019 yillarda Prezidentning tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash dasturi doirasida 4 gektar yerni “nol'” qiymatda olib, zavod qurishni boshladim. Shu tariqa 2008 yildan buyon kutilgan orzuyim ro'yobga chiqdi. Albatta, yo'l oson bo'lmadi. Oilam qiynaldi, lekin biz birga bardosh berdik. Qiyinchiliklarni yengib o'tish kerak, shunda hammasi yaxshi bo'ladi, degan fikr bilan uxlab qolardim va uyg'onardim.



Bilasizmi, chiqindi — bu boylik. Pul aytganlaridek ko'chada yotibdi va uni to'g'ri ishlatishni bilish muhim.


Bugungi kunda Kattaqo'rg'on tumanidagi 3 ta chiqindini qayta ishlash klasteriga rahbarlik qilyapman. 2015 yildan 2025 yilgacha beshta MСhJ tashkil etishga erishdim. Biz plastik qoplar, shisha, metall, plastmassa va boshqa materiallarni qayta ishlaymiz. 2024 yilda zavodlarimiz 7 turdagi xomashyoni qayta ishlagan bo'lsa, hozirda bu ko'rsatkich 13 turga yetdi. Buning uchun sakkiz turdagi uskunadan foydalanmoqdamiz.


Сhiqindilar granulalarga aylantiriladi va yirik korxonalar tomonidan sotib olinadi. 2020 yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2024 yilda 4 million dollarga yetdi. So'nggi besh yilda jami 15 million dollarlik mahsulot ishlab chiqardik.


Korxonalarimizda nogironligi bo'lgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va yoshlar uchun ish o'rinlari yaratilmoqda. O'tgan yili yangi kredit oldik, Xitoydan kelgan investitsiyalar esa uskunalarni yangilash imkonini berdi.


Maqsadimga yetgandek bo'ldim, lekin nimadir yetishmayotgandek tuyuldi — men bundan ham ko'prog'iga qodirman! Bu qanday ishlashini bilmayman, lekin samimiy istaklar har doim amalga oshadi. Ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash dasturi – “Hamroh” kompaniyasidan menga murojaat qilishdi va hozir biz birgalikda yana 1000 ta ish o'rni yaratish rejasini ishlab chiqmoqdamiz! Qoraqalpog'istonda yangi zavod ochib, kelgusida qo'shni davlatlar bozoriga chiqishni rejalashtirganman.



Ayol kishi zavod qurishga va uni boshqarishga qodir. Hammasi oddiy: aytishganidek, pul haqiqatan ham ko'chada yotibdi — uni faqat supurib olish kerak, xolos.


Tadbirkorning fikrlarini Zebo Namozova oqqa ko'chirdi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4826 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat