Xokkeychilarimiz jahon chempioni
Gonkongda shaybali xokkey bo‘yicha jahon chempionati III V divizioni yakuniga etdi.
Chempionat O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Xokkeychilarimiz 5 ta uchrashuvda muzga tushib barchasida g‘alaba qozonishdi:
- O‘zbekiston — Mongoliya — 26:1.
- O‘zbekiston — Filippin — 28:3.
- O‘zbekiston — KXDR — 20:3.
- O‘zbekiston — Lyuksemburg — 14:0.
- O‘zbekiston — Gonkong — 9:4.
Shu tariqa, terma jamoamiz 5 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga jami 97 ta shayba kiritdi va III B divizion chempionligini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish kerak, chempion bo‘lgan terma jamoamiz tarkibining asosini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi xokkeychilari tashkil etadi.
Endi kelasi yil O‘zbekiston terma jamoasi xokkeychilari jahon chempionatining III A divizionida ishtirok etishadi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0