Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 926.51-9.17

  • EUR

    14 092.48-72.09

  • RUB

    156.00-2.8

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 01:00

    +15 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +13 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +24 C

  • 18:00

    +23 C

  • 19:00

    +21 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +18 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 23-March

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 01:00

    +15 C

  • 02:00

    +15 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +13 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +24 C

  • 16:00

    +24 C

  • 17:00

    +24 C

  • 18:00

    +23 C

  • 19:00

    +21 C

  • 20:00

    +19 C

  • 21:00

    +18 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +17 C

  • Yakshanba, 23

    +15 +20

  • Dushanba, 24

    +16 +20

  • Seshanba, 25

    +12 +20

  • Chorshanba, 26

    +8 +20

  • Payshanba, 27

    +8 +20

  • Juma, 28

    +4 +20

  • Shanba, 29

    +6 +20

  • Yakshanba, 30

    +7 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Yaqin Sharq yana o'zgarishlar arafasida

4 mart kuni Qohirada bo'lib o'tgan Arab davlatlari ligasi sammitida Misrning G'azo sektorini tiklash borasida 53 milliard dollarga baholanayotgan besh yillik rejasi qabul qilindi. Ushbu hujjat tinchlik jarayo¬¬ni uchun muqobil yo'lni taklif qilib, Donal'd Tramp ma'muriyatining avvalgi radikal takliflarini istisno etadi
Siyosat
272 11:45 | 10.03.2025 11:45

AQSh rejasiga ko'ra, falastinliklar boshqa arab davlatlariga ko'chirilishi, G'azo esa qurolsizlantirilib, xalqaro tashkilotlar nazoratidagi «Yaqin Sharq riv'erasi»ga aylantirilishi kerak edi. Reja nafaqat arab davlatlari, balki ba'zi Yevropa va AQSh siyosiy doiralari tomonidan ham keskin tanqidga uchradi. AQSh senatori Kris Myorfi ushbu tashabbusni telbalik deb atagan bo'lsa, yetakchi arab davlatlari majburiy ko'chirishni mintaqaviy xavfsizlikka tahdid sifatida baholadi. Bunga javoban Misr, Saudiya Arabistoni, BAA va Iordaniya aholini ko'chirishni rad etish, ammo G'azoni qayta tiklash uchun keng ko'lamli dasturni amalga oshirish bilan bog'liq yangi yechim taklif qildi. Mazkur dastur arab dunyosida keng qo'llab-quvvatlanayotgan bo'lsa-da, unda G'azo kelajagi, HAMAS maqomi va Isroilning bu tashabbusga munosabati borasidagi ko'plab savollar ochiq qolmoqda. G'azo sektorini tiklash bo'yicha Misr rejasi chora-tadbirlar majmuasigina emas, balki uzoq yillarga mo'ljallangan, puxta o'ylangan strategiyadir.

U nafaqat mintaqani qayta tiklash, balki uning kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratishni maqsad qiladi. Reja uch bosqichdan iborat bo'lib, har bir bosqich keyingisi uchun asos bo'lishi kerak. Olti oyga mo'ljallangan favqulodda barqarorlashtirish bosqichida vayronaga aylangan G'azoda bir vaqtlar gullab-yashnagan shaharning 50 million tonnadan oshiq xarobalari qoldiqlarini tozalash ishlari boshlanadi.

Shundan so'ng vaqtinchalik turarjoylar, minglab boshpanasiz qolgan oilalar uchun mobil uylar o'rnatiladi. Shu bilan birga, o'tish davri ma'muriyati tashkil etiladi. Unga falastinlik mutaxassislar jalb etilib, muhitni boshqarish imkoni yaratiladi. Bu jarayon G'azoda boshqaruv samaradorligini ta'minlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ushbu bosqichning eng dolzarb nuqtasi HAMAS o'z ixtiyoridagi qurol-yarog'larni Misrga topshirishi va bu jarayon xalqaro kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilinishidir. Bu Isroil va G'arb ishonchini qozonish uchun hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Ikki yilga mo'ljallangan o'rta muddatli bosqichda ilk inqiroz bartaraf etilgach, yangi turarjoylar quriladi. 200 mingta yangi uy-joy qurilishi minglab oilalarning tinch hayotga qaytishiga zamin yaratadi. Falastin xavfsizlik kuchlari tashkil etilib, ular Misr hududida tayyorgarlikdan o'tadi. Bu kuchlar kelajakda mintaqada tartibni ta'minlash uchun mas'ul bo'ladi. Shuningdek, yo'llar, elektr tarmoqlari, suv ta'minoti va kanalizatsiya kabi infratuzilmalar tiklanadi. Ayni bosqichda G'azo qayta tiklangan, hayoti odatiy o'zanga tushgan hududga aylantirilishi kerak. 2030 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli rejada esa G'azoni rivojlantirish ko'zda tutilgan. Ushbu bosqichda hududda qo'shimcha yana 200 mingta uy-joy quriladi.

Aeroport va sanoat zonalari barpo etiladi. Turizm infratuzilmasi rivojlantiriladi, G'azo mintaqaning iqtisodiy nuqtai nazardan barqaror hududiga aylanadi. Asosiy maqsad – G'azoni sekin-asta Falastin avtonomiyasi nazoratiga o'tkazish. Bu tinchlik jarayonining hal qiluvchi siyosiy bosqichi hisoblanadi. Arab davlatlari ligasi Falastin masalasiga bag'ishlangan navbatdan tashqari sammiti yakunidagi kommyunikesida G'azo sektorida Falastin hukumati boshchiligida vaqtinchalik ma'muriyat tashkil etish tashabbusini qo'llab-quvvatladi. «ADL Falastinning G'azoda salohiyatli amaldorlardan iborat vaqtinchalik ma'muriyat tuzish hamda uni Falastin hukumati rahbarligida boshqarish qarorini qo'llab-quvvatlaydi. Bu qadam mintaqada Falastin ma'muriyatini tiklash yo'lidagi o'tish davri chorasi sifatida ko'riladi», deyiladi hujjatda. Arab davlatlari yetakchilari G'azo sektorini qayta tiklash bo'yicha Misr rejasini moliyalashtirish uchun maqsadli fond tashkil etish borasida kelishuvga erishdi. Kommyunikeda ushbu loyihani to'liq moliyaviy, moddiy va siyosiy qo'llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi, shuningdek, xalqaro donorlar ham bu jarayonga hissa qo'shishi lozimligi ta'kidlandi.

Arab davlatlari rahbarlari AQSh ma'muriyati va xalqaro sheriklar bilan muloqotni yo'lga qo'yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bu muzokaralar Isroil bosqinini to'xtatish va suveren Falastin davlatini tashkil etish maqsadida olib borilishi kerak. Hujjatda falastinliklarni mamlakat ichida yoki tashqarisiga ko'chirishning har qanday shakli noqonuniy ekani, bunday harakatlar hech qanday bahona yoki asos bilan oqlanmasligi kerakligi alohida urg'ulandi. Shuningdek, o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvning to'liq bajarilishi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarning amalga oshirilishi, Isroil qo'shinlarining G'azo sektoridan to'liq olib chiqilishi talab qilindi. Arab davlatlari yetakchilari BMT Xavfsizlik Kengashini G'arbiy qirg'oq va G'azo sektorida xalqaro tinchlikparvar kuchlarini joylashtirishga, falastinliklar va isroilliklar xavfsizligini ta'minlashga chaqirdilar. Bir qarashda ushbu reja mintaqani qayta tiklash uchun real imkoniyat yaratishi mumkin. Biroq uning amalga oshishi bir nechta jiddiy muammolarga bog'liq. Avvalambor, HAMAS to'liq qurolsizlantirilmas ekan, Isroil G'azoni tiklash va unga yordam berishni rad etishi mumkin. U HAMASning 7 oktyabrdagi hujumlari ochiq qoralanmagani bois ADL sammitidagi rejani qabul qilgani yo'q. Saudiya, Qatar va Misr bunday stsenariyni amalga oshirib bo'lmaydi, deya baholayapti. HAMAS esa ma'muriy nazoratdan voz kechishini, ammo siyosiy sahnadan butunlay ketmasligini ma'lum qilgan. Agar yangi hukumat HAMAS ta'siri ostida qolsa, G'azoni tiklash tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. Ammo Misr rejasi G'azoni qayta tiklash va tinchlik o'rnatish uchun aniq yo'l xaritasini taklif qilyapti. U mintaqani inqirozdan olib chiqib, uzoq muddatli barqarorlik yaratadi. Biroq uning muvaffaqiyati Isroil va HAMAS o'rtasidagi kelishmovchiliklar qanday hal etilishiga bog'liq. Agar reja amalga oshsa, G'azo nizolar o'chog'idan Yaqin Sharqdagi iqtisodiy va siyosiy barqaror hududga aylanishi mumkin. Biroq yengib o'tish dushvor siyosiy ziddiyat va kelishmovchiliklar ushbu rejaning bajarilishini xavf ostida qoldirmoqda. Nima bo'lganda ham, Yaqin Sharqda kuchlar muvozanati o'zgarmoqda. Arab davlatlari (Misr, Saudiya, BAA) ilk bor Vashington va Tel'-Avivga o'z kun tartibini singdirishga muvaffaq bo'ldi. ADL strategik masalalarda birdamlikni namoyon etib, o'zining siyosiy ta'sirini oshirdi. HAMAS esa siyosiy sahnada qolishga muvaffaq bo'ldi, biroq uning kelajagi hanuz noaniq. Isroil murakkab tanlov qarshisida qoldi. U endi yangi voqelikni tan olib, murosa yo'llarini izlashi yoxud mojaroni yanada kuchaytirib, unga battar olov purkashi kerak. Tramp rejasini hech bir yirik arab davlati qo'llab-quvvatlamagani bilan bog'liq diplomatik muvaffaqiyatsizlik esa qaysidir ma'noda Vashingtonning mintaqadagi nufuzini Xitoy va Rossiya foydasiga pasaytirishi mumkin. Yaqin Sharq yana o'zgarishlar arafasida turibdi. Bu siyosiy o'yinga tikilgan dov ancha yuqori. Сhunki uning natijalari nafaqat G'azo, balki butun mintaqaning kelajagini belgilab beradi.

Jahongir NAHANOV


«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat