Eron 10 million rial (7,6 dollar) nominaldagi yirik banknotani muomalaga kiritdi
"Yangi banknota AQSh va Isroil bilan mojaro sharoitida naqd pulga bo'lgan talab oshgani fonida muomalaga kiritildi. Uning old tomonida IX asrda qurilgan Yazddagi Jome masjidi tasvirlangan, orqa tomonida esa 2500 yillik Bam qal'asi aks ettirilgan", deya xabar bermoqda Financial Times nashri.
Endilikda bu Eronda muomalada bo'lgan eng yirik nominalli banknota bo'lib, fevral boshida chiqarilgan 5 million rial (3,8 dollar) nominaldagi banknotaning o'rnini egalladi.
AQSh-Isroilning zarbalari fonida Eronda bankomatlar oldida katta navbatlar kuzatilmoqda, elektron tizimlarda uzilishlar bo'lishidan xavotirlar sabab naqd pullar tez tugab qolmoqda. Bunga infratuzilmaga berilgan zarbalar, jumladan Eronning eng yirik davlat banklaridan biri hisoblanuvchi Sepah banki binosiga yetkazilgan zarar ham sabab bo'lgan.
Eron iqtisodiyoti sanktsiyalar, inflyatsiya va milliy valyuta kursining pasayishi bosimi ostida qolmoqda. Yillik inflyatsiya 47,5 foizga yetgan, oziq-ovqat narxlari esa 105 foizdan ortiq oshgan. Rasmiylar naqd pulsiz hisob-kitoblar saqlanib qolishini ta'kidlamoqda.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0