Toshkentdagi Milliy kutubxonaga kechki vaqtda ishlashi uchun mablag' ajratiladi
2022 yil 1 noyabrdan uzluksiz ishlash rejimini tashkil qilgan Milliy kutubxona joriy yilning 20 oktyabridan boshlab 21:00 ga qadar ishlashi haqida ma'lum qilingan edi.
Joriy yilning 20 oktyabridan Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati 24/7 rejimidan odatiy rejimga qaytgani haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 21 noyabr' kuni Parlament Quyi palatasida bo'lib o'tgan majlisda deputatlar 2024 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetida kutubxonaning kechki vaqtda ishlashi uchun talab qilinadigan mablag'ni aks ettirish masalasini ham ko'tardi.
Qayd etilishicha, hujjat loyihasida yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O'zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg'armasi harajatlari uchun qo'shimcha mablag' ajratish ko'zda tutildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “ishonch.uz” kutubxona faoliyati cheklangani masalasiga to'xtalgan va kutubxona foydalanuvchilarining bu boradagi fikrlarini bir joyga to'plagan edi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0