Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 09-May

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • Juma, 09

    +23 +20

  • Shanba, 10

    +25 +20

  • Yakshanba, 11

    +26 +20

  • Dushanba, 12

    +25 +20

  • Seshanba, 13

    +28 +20

  • Chorshanba, 14

    +30 +20

  • Payshanba, 15

    +30 +20

  • Juma, 16

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Yolg'izlik zamon talabi bo'ldimi?

So'nggi o'n yillarda O'zbekistonda oila qurish yoshi sekin-asta yuqoriga ko'tarilmoqda. Ilgari 22–23 yoshdagi yigit, 19–20 yoshdagi qizlar uchun to'y tabiiy jarayon hisoblansa, hozirda ko'p yoshlar 27–30 yoshda ham oila qurishga shoshilmayapti. Ayrimlar esa umuman juft topa olmayotganini ochiqchasiga tan olyapti. Bu kechikishning sababi faqat iqtisodiy sharoitdami? Yoki jamiyat va ruhiyat o'zgarib boryaptimi? 
Jamiyat
446 11:20 | 30.04.2025 11:20

O'zbek yoshlarining bir vakili, qolaversa, ularni ichidan kuzatgan kuzatuvchi sifatida bu boradagi ba'zi mulohazalarimni bo'lishmoqchiman.:


Ta'lim va kar'era birinchi o'rinda


Yoshlar o'rtasida oliy ma'lumot olish va mustahkam ishga ega bo'lishga qiziqish oshib bormoqda. Qizlar magistratura, chet el ta'limi, o'z ishini boshlash kabi maqsadlarni birinchi o'ringa qo'ya boshladi. Bu esa oila qurishni keyinga suryapti.


Masalan, Zamira 27 yoshda. (Maqoladagi yoshlarning ismlar o'zgartirilgan) U nufuzli xalqaro universitetda magistraturani tamomlagan, hozirda xususiy kompaniyada yetakchi mutaxassis. U bu borada shunday deydi:


— Menga turmush qurish uchun emas, hayotda o'z o'rnimni topish uchun vaqt kerak bo'ldi. Endi o'zimni topdim. Albatta, o'zimga munosib inson uchrasa, o'ylab ko'raman. Ungacha oila qurish haqda gap ham bo'lishi mumkin emas.


Balandlab borayotgan talablar


Ko'plab yigitlar uy, ish, barqaror daromad bo'lmas ekan, oila qurishni ma'qul ko'rishmaydi.


Masalan, Shahboz 30 yoshda, u oila qurish haqda shunday deydi:


— Uy yo'q, ishimda daromad yaxshi emas. Hozirgi qizlar esa birinchi navbatda boy va hashamatli hayotni talab qilyapti. Shuning uchun oila qurishim kechikmoqda, deb o'ylayman.


Mustaqillikka intilish


Bugungi o'zbek qizlari ham mustaqillikni xohlashmoqda. Turmush qurganda moliyaviy jihatdan erkakka to'liq bog'liq bo'lishni istamaydi.


Oxirgi yillar global madaniyat ta'siridami yo boshqa sababmi, bu holat tobora kuchaydi. Qizlar orasida “ersiz ham yashayman” yoki “boshqaga bog'liq bo'lmaslik” kabi qarashlar keng.


Ajralishlar sonining ortishi


Yoshlar ajralish holatlarini ko'rib, hayot sharoitiga jiddiy yondashishni boshladi. So'ngi yillarda O'zbekistonda ajrimlar ko'paygani kuzatildi. Atrofdagi, yaqinlari hayotidagi ajrimlar sabab yoshlar orasida juft tanlashda ehtiyotkorlik va shubhalar kuchaydi, bu esa kech qaror qabul qilishga olib kelayotgan bo'lishi mumkin.


Сhet elda o'qish va ishlash tendentsiyasi


Migratsiya sababli ko'p yoshlar chet elda ta'lim olish yoki ishlash maqsadida. Albatta, o'z mamlakatidan olisda yashash, uzoq masofa munosabat o'rnatish va oila qurish imkoniyatini cheklaydi.


“Ideal juft” haqidagi tasavvurlar


Ko'p yoshlar juft tanlashda real emas, fantaziyaviy tasavvurlarga egaday. Yoshlar ko'rayotgan kino-seriallar, global internet tarmog'i, ayniqsa, “instagram”dagi turli juftliklarning sahnaviy lavhalarini tomosha qilish ularning ongida hayotda mavjud bo'lmagan mukammal obrazlarni yaratmoqda. Oqibatda ana shunday juft izlab vaqt ham o'tib ketyapti. Ba'zida ideal erkak yoki ayolni izlash imkoniyatlar bor bo'lsa ham, yoshlar buni chetga surib qo'yayotgani kuzatilmoqda.


Yolg'izlik istagi


Zamonaviy yoshlar shaxsiy erkinlikni juda yuqori qadrlashadi. Hatto, “menga hech kimning keragi yo'q”, “yordamsiz yashayman” kabi qarashlar keng tarqalyapti.


Ruhiy tayyorgarlik


Ba'zilarda bolalikda og'ir oilaviy muhitda o'sgan. Bunday yoshlarda uchun “oila” so'zi o'zining qadr-qimmatini yo'qotgan. Yana bir guruhda esa o'zini boshqalar oldida ocha olmaslik, his-tuyg'uni bayon qilishda muammosi bor.


Internet va muloqot shakli o'zgardi


Bugun yoshlarda yozma muloqot ustunligi bor, bu esa tez tanishish va tez xayrlashish holati mavjud. Bu chuqur munosabat o'rnatishning qiyinlashuviga sabab bo'lmoqda. Odamlarda yuzma-yuz muloqot kamaygan. Oqibatda qisqa muddatli virtual tanishuvlar ta'sirida yoshlar oila qurish vaqtini o'tkazib yubormoqda.


Takliflar


Maktab va universitetlarda “oilaviy hayotga tayyorgarlik” fanlari joriy qilinishi mumkin. Juftlik munosabati nima, qanday quriladi? Bular balki yoshlarga o'rgatilishi kerakdir?


Davlat va jamiyat qo'llab-quvvatlashi:


Yosh oilalar uchun uy-joy yoki subsidiya dasturlarini yanada ko'paytirish;


Ish o'rinlarni ko'paytirish;


Ota-onalar ta'siri


Ko'p hollarda o'zbek jamiyatida ota-onalar to'yni shoshma-shosharlik bilan talab qiladi yoki ortiqcha bosim o'tkazadi. Mazmunli muloqot va farzandning tanloviga hurmat muhim. Xulosa qilib aytganda, yoshlar oila qurishni kechiktirayotgani zamon talabi va global madaniyat ta'siri. Ammo bu jarayonda ular yolg'iz qolmasligi kerak. Jamiyatning, davlatning va oilalarning yoshlarga amaliy yordam berishi kelajakda barqaror va sog'lom oilalarni ta'minlaydi.


Maftuna Karimova


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3959 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat