+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Maktab: Ko‘rinayotgan manzaralar ortida ko‘rinmayotgan haqiqatlar qancha?!

So‘ngi yillarda mamlakatimiz taʼlim tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda xususiy maktablar sonining ortishi taʼlim sifatini oshirishga xizmat qilayotgani shubhasiz.
Jamiyat
1001 16:48 | 05.06.2026 16:48

Shu kunlarda maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida yuz berayotgan ziddiyatlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, videoga tushirilgan ayrim holatlar qisqa vaqt ichida keng auditoriyaga tarqalib, jamoatchilikning keskin munosabatiga sabab bo‘lmoqda. Bunday vaziyatlarda ko‘pincha jamiyat voqeaning barcha tafsilotlarini bilmasdan turib o‘qituvchini ayblaydi va unga nisbatan tanqidlar yog‘diradi. Albatta, pedagogning o‘quvchiga nisbatan zo‘ravonlik yoki haqorat ishlatishini oqlab bo‘lmaydi. Biroq har bir mojaroning faqat ko‘rinib turgan qismi emas, uning ortida yotgan sabablarini ham tahlil qilish zarur.


Aslida masala “kim haq, kim nohaq?” degan oddiy savoldan ko‘ra ancha murakkabroq. Chunki bugungi maktablarda yuzaga kelayotgan mojarolar ko‘pincha yillar davomida shakllangan tizimli muammolarning natijasi bo‘lib chiqmoqda.


So‘ngi yillarda mamlakatimiz taʼlim tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda xususiy maktablar sonining ortishi taʼlim sifatini oshirishga xizmat qilayotgani shubhasiz. Biroq bu jarayon umumtaʼlim maktablaridagi muhitga ham maʼlum darajada taʼsir ko‘rsatmoqda.


Gap shundaki, ilgari turli darajadagi o‘quvchilar bir maktab va bir sinf doirasida nisbatan muvozanatli taqsimlangan bo‘lsa, bugungi kunda eng yuqori natija ko‘rsatayotgan, maqsadli va intizomli o‘quvchilarning bir qismi ixtisoslashtirilgan yoki xususiy taʼlim muassasalariga yo‘nalmoqda.


Albatta, bu davlat maktablarida iqtidorli bolalar qolmayapti degani emas. Ko‘plab bilimli va isteʼdodli o‘quvchilar hanuz umumtaʼlim maktablarida tahsil olmoqda. Bunga ko‘p hollarda yashash hududi, qulaylik, oilaviy sharoit yoki davlat maktablarining bepul ekanligi kabi omillar sabab bo‘ladi.


Ammo taʼlim tizimidagi shugina tabaqalashuv ham ayrim maktablarda sinf muhitining o‘zgarishiga olib kelgani ham haqiqat. Natijada o‘qituvchi gardaniga nafaqat bilim beruvchi, balki psixolog, tarbiyachi, nazoratchi va muammolarni hal qiluvchi shaxs vazifasi ham yuklatiladi.


Hozirda ayrim ota-onalar farzandining har qanday xatti-harakatini himoya qilishga moyil. O‘quvchining darsga tayyorgarliksiz kelishi, o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik qilishi yoki sinf intizomini buzishi ko‘pincha eʼtibordan chetda qolmoqda. Bunday holatlarda masʼuliyatning barchasi maktab zimmasiga yuklanadi.


Vaholanki, bola tarbiyasi oila, maktab va jamiyatning uch tomonlama hamkorlik mahsulidir. Ushbu zanjirning bir bo‘g‘ini zaiflashuvi natijasida ham yirik muammolar yuzaga kelmoqda. O‘qituvchi kuniga yuzlab bolalar bilan ishlaydi. Agar o‘quvchi oilada hurmat, masʼuliyat va intizom tamoyillarini etarlicha o‘zlashtirmagan bo‘lsa, pedagogning vazifasi bir necha barobar murakkablashadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, har qanday mojaro uchun faqat o‘qituvchini ayblash muammoni hal qilmaydi. Aksincha, uning asl sabablarini yashirib qo‘yadi.


Bir kunda bir necha sinfga dars o‘tish, hujjatlar bilan ishlash, ota-onalar bilan muloqot qilish, hisobotlar tayyorlash va tarbiyaviy masalalar bilan shug‘ullanish o‘qituvchidan katta ruhiy va jismoniy kuch talab qiladi. Bunday sharoitda uzoq vaqt davomida yig‘ilib kelgan bosim ayrim hollarda keskin vaziyatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu, albatta, pedagogning xato harakatlarini oqlamaydi. Ammo voqealarga baho berishda insoniy omillarni ham unutmaslik kerakligini anglatadi.


Masalaning ikkinchi tomoni ham mavjud. Zamonaviy taʼlim tizimida o‘quvchi shunchaki buyruq bajaruvchi emas, balki mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida ko‘riladi. Shu bois bolalarning shaʼni, qadr-qimmati va huquqlari har qanday vaziyatda himoya qilinishi lozim. Qo‘pollik, kamsitish, jismoniy yoki ruhiy bosim taʼlim jarayonida mutlaqo qabul qilinmaydigan holatlardir. O‘qituvchi qanchalik tajribali bo‘lmasin, o‘quvchi bilan muloqotda pedagogik etikaga amal qilishi kerak.


Demak, masalaga faqat o‘qituvchi yoki faqat o‘quvchi nuqtai nazaridan qarash biryoqlama yondashuv bo‘ladi. Har ikki tomonning huquq va manfaatlari teng darajada muhimdir. Maktablardagi mojarolar sonini kamaytirish uchun avvalo aybdor qidirish emas, sabablarni bartaraf etish zarur. Buning uchun ota-onalar, pedagoglar va taʼlim tizimi vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish kerak.


O‘qituvchilarning mehnatini qadrlash, ularning huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda, o‘quvchilarning shaxsiy daxlsizligi va manfaatlarini ham taʼminlash muhim. Psixologik xizmatlarni rivojlantirish, pedagoglarning kommunikatsiya bo‘yicha malakasini oshirish ham bugungi kun talabidir. Eng muhimi, jamiyatdagi har bir mojaroga xolis tahlil bilan yondashuv kerak.


Dildora DO‘SMATOVA
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6619 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat