+33C

+33C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish
Sport
189 17:59 | 23.06.2026 17:59

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki va uning atrofidagi shov-shuvli qo‘llab-quvvatlash bugun faqat sport emas, balki butun mintaqadagi birdamlik ramziga aylanmoqda.


Bugungi kunda O‘zbekistonning har bir yutug‘i nafaqat o‘zbeklar, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,Turkmaniston va butun turkiy dunyo uchun ham umumiy g‘urur va iftixor manbaiga aylanib bormoqda.


AQShning Nyu-York shahrida markaziy osiyoliklar tomonidan o‘tkazilgan birdamlik aktsiyasida qardosh xalqlar — qozoq, qirg‘iz va boshqa vatandoshlar O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishdi. Bu ishtirok faqat O‘zbekistonning yutug‘i emas, butun mintaqaniki shaklida qabud qilinmoqda!



Millionlab futbol muxlislari O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlamoqda! Qo‘shni davlatlar aholisi “Biz qo‘shni emas, qardoshmiz. O‘zbekiston yutsa — biz ham yutamiz.” kabi shiorlar bilan o‘yinlarimizni kuzatmoqda!


Ozarbayjonda O‘zbekiston va Turkiya sharafiga qo‘shiqlar yaratilmoqda.


Turkiyada esa muxlislar va jamoatchilik O‘zbekistonni o‘z jamoasi kabi qo‘llab-quvvatlayapti. Qirg‘iziston O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinini katta ekranlarda tomosha qilish uchun maxsus fan zona tashkil etayotgani biz uchun ham yangilik bo‘ldi. Hatto buning uchun
shahar markazidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilishi ham eʼlon qilindi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar ham alohida eʼtiborga loyiq. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjondan yozilgan ko‘plab izohlarda foydalanuvchilar O‘zbekistonning muvaffaqiyatini butun mintaqaning umumiy yutug‘i sifatida baholadilar.



Ko‘pchilik "Markaziy Osiyo bir oila", "Qardoshlarimiz bilan faxrlanamiz", "Bu faqat O‘zbekistonning emas, barchamizning g‘alabamiz" degan mazmundagi fikrlarni bildirib, terma jamoaga omad tilamoqda.


Bu jarayonlar bir muhim haqiqatni ko‘rsatmoqda: so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida kuzatilayotgan yaqinlashuv va turkiy xalqlar hamjihatligi tobora mustahkamlanib bormoqda. Bir mamlakatning muvaffaqiyati boshqasi uchun ham g‘urur va iftixor manbaiga aylanmoqda.


Bugun Qozog‘istondan kelayotgan samimiy tabriklar, Qirg‘izistondagi muxlislar maydonlari, Ozarbayjonda yaratilayotgan qo‘shiqlar va Turkiyadagi qo‘llab-quvvatlash aktsiyalari bir haqiqatni tasdiqlaydi: biz alohida davlatlar bo‘lishimiz mumkin, ammo tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz va qadriyatlarimiz mushtarakdir.


Shuning uchun ham O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtiroki va erishayotgan natijalari faqat bir millatning emas, balki butun Markaziy Osiyo va turkiy dunyoning umumiy g‘ururiga aylanmoqda.


Qardoshlar, birdamligimiz, ahilligimiz abadiy bo‘lsin!Bizlarni faqat yaxshiliklar birlashtirsin!


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport
Kayfiyat fasli
0 2821 11:23 | 02.10.2023
Sport
Sport