+19C

+19C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish
Sport
270 17:51 | 02.02.2026 17:51

Hamyurtimiz xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqalardan biri – Tata Steel Chess 2026 turnirida chempion bo'lib, tarixiy g'alabani qo'lga kiritdi. Gollandiyaning veyk-an-Zee shahrida bo'lib o'tgan va dunyoning manaman degan 14 nafar shaxmatchisi ishtirok etgan mazkur turnirda Nodirbek 13 imkoniyatdan 9 ochko jamg'arib, musobaqa tarixida o'ziga xos rekord natijani qayd etdi.


Gap shundaki, ushbu nufuzli turnirga tegishli ma'lumotlar bilan tanishish jarayonida qiziq bir holatni «kashf etdim». Ya'ni avvalgi musobaqalarda shohsupaga ko'tarilish uchun 8,5 ochko yetarli bo'lgan. Mana, musobaqada ilk bor qatnashgan o'zimizning yana bir qorako'zimiz - o'zbek o'g'loni Javohir Sindorov birinchi urinishdayoq 8,5 ochko to'plab, turnirda 2-o'rinni egalladi. Agar u shu natijaga oldingi musobaqalarda erishganida bormi, gap-so'zsiz g'olib bo'lardi. Lekin bu safar Nodirbek marra chizig'ini yangilab, «cho'zib qo'ydi-da». Baraka top, barakalla, Nodirbek!


Aytgancha, yana bir qiziq ma'lumot: Javohir Sindorov musobaqada birorta ham mag'lubiyatga uchramagan yagona shaxmatchi bo'ldi – 9 ta durang, 4 ta g'alaba. Hamyurtimiz bu ko'rsatkich bilan Tata Steel Chess tarixida gollandiyalik Anish Giridan so'ng (u 2023 yil musobaqa g'olibi bo'lgan) turnir davomida yengilmagan ikkinchi shaxmatchi bo'ldi va o'ziga xos yangilik yaratdi. E, yashavor, qoyil, Javohir!


Shuni alohida ta'kidlash joizki, Nodirbek Abdusattorov avvalgi yillarda ham chempionlikka juda yaqin kelgan edi: 2023 yil 2-o'rin, 2024 yil 3-o'rin, 2025 yil 3-o'rin.


va nihoyat, bu yil chempion bo'ldi!




Biz Nodirbek Abdusattorovni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
Nufuzli musobaqaning yakuniy jadvaliga qarab, yurak hapriqib ketadi: birinchi va ikkinchi o'rinlarda o'zbek o'g'lonlarining ism-sharifi qayd etilgan va shunga mos ravishda O'zbekiston bayrog'i boshqa davlatlar bayrog'idan eng tepada turibdi! Haqiqatan ham, chiroyli ham hayajonli manzara!


Nima ham derdik, ko'zni quvnatadigan, qalbda g'urur hissini uyg'otadigan zafarlar davomli bo'laversin!


Rahmat, sizga yigitlar! Millatimiz sizlar bilan faxrlanadi!


Dunyo shaxmati, qara, kuzat, qoyilmisan, o'zbeklar kelyapti!


Alijon ABDURAHMONOv
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport
Kayfiyat fasli
0 2583 11:23 | 02.10.2023
Sport
Sport